153
Май 2021 10-қисм
Тошкент
BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA IJODIY
FAOLIYATNI TARKIB TOPTIRISH
Urazova Salomatjon Ergashovna
Xorazm viloyati Gurlan tumani
17-umumiy o’rta ta’lim maktabi
biologiya o’qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada biologiya fanini o’qitishda o’quvchilarda mustaqil va ijodiy
faoliyatni tarkib toptirishning usullari va ahamiyati tahlil etilgan.
Kalit so’zlar
: biologiya, o’qitish, ta’lim,biologik ob’yekt, ijodiy fikr.
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun o‘qituvchi, avvalo: o‘quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun
o‘quv topshiriqlarini tanlashi (zarur hollarda tuzishi), biologik ob’ektlar, tabiatdagi mavsumiy
o‘zgarishlarni o‘rganish maqsadida tajriba va kuzatish o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar
tayyorlashi; o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi uchun
qo‘shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim; o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy
fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim
texnologiyasini qo‘llash zarur.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi o‘quvchilarni har tomonlama
rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: o‘quvchilarni o‘z bilish
faoliyatining sub’ektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi;
o‘quvchilarning bilish faoliyati empirik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o‘qitish
jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o‘rganish ustuvor bo‘ladi; o‘qitish jarayonining asosini
o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat
tashkil etadi; o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy
fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini
to‘ldiradi va taqozo etadi.
Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga
keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur
faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog‘ishtirish). O‘quvchilarda tahliliy
fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun biologiya o‘qituvchisi har bir darsda avval
o‘rganilayotgan ob’ektlar bilan o‘rganilgan ob’ekt o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydigan
topshiriqlarni berishi kerak. O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni rivojlantirish uchun o‘qituvchi
har bir mavzuni o‘rganishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va o‘quvchilarning bilish
faoliyatini muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo‘llashi lozim. Masalan, «Loladoshlar oilasi»
mavzusini o‘rganishda muammoli vaziyat vujudga keltirilib, o‘quvchilarning ikki urug‘pallalilar
sinfi oilalarini o‘rganishda o‘zlashtirgan bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashga imkon
yaratishi lozim. Mantiqiy fikr yuritish muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga
olgan holda mantiqan dalillash, usullarning mantiqan ketma-ketligini aniqlashdir. Tizimli fikr
yuritish o‘rganilgan ob’ektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va
tavsiflash ko‘nikmasidir. Tizimli fikr yuritish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan ob’ektni qismlarga
ajratish, uning yaxlitligi, o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
asoslanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarda tizimli fikr yuritishni rivojlantirish uchun muayyan
mavzularda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi va tegishli o‘quv topshiriqlarini
tanlashi yoki zarur hollarda tuzishi lozim. Jumladan, 9-sinfda
“Endoplazmatik to‘r, ribosoma, Golji majmuasi, lizosoma, mitoxondriya, hujayra markazi”
mavzusida o‘quvchilarga quyidagi o‘quv topshirig‘ini tavsiya etishi maqsadga muvofiq.