154
Май 2021 10-қисм
Тошкент
DARSLARDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH
Xakimova Muborakxon Jo’rabekovna
Marg’ilon shahar 20-maktab o’qituvchisi
Sattorova Sarvinozxon Maxammadjonovna
Marg’ilon shahar 1-IDUM o’qituvchisi
Annotatsiya
: Maqolada darslarda o’yinli texnologiyalardan qanday foydalanish misollar
yordamida keltirilgan. Yangi pedagogik texnologiyalarda o’yinli texnologiyalarni qo’llash
qanchalik foydali ekanligi tushuntirib berilgan.
Kalit so’zlar
: innovatsiya, yangi pedagogik texnologiya, didiktik topshiriq, kim tezroq o’yini,
o’yinli texnologiyalar, pedagogik mahorat
Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasidir. U bolalikning eng buyuk, eng go’zal orzularga
makon bo’lgan dargoh. O’quvchilar hayotida о’yin katta rol o’ynaydi. O’yin bolalarning ongi va
qalbiga singib ketgan faoliyatdir.
Ularning bu faoliyati о’yin turlariga qarab ob’yektiv voqe’likni,
hayotni muayyan darajada o’zida aks ettiradi. O’yin sinfda o’tilgan o’quv faoliyatining ma’lum
darajada mustahkamlashidir. Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin kichik maktab yoshidagi
o’quvchi bolalarning zarur ehtiyojidir. O’yin bolalar uchun ovitish, xursandchilik, rohatlanish,
hordiq chiqarish kabilarni beradi. O’yin muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuvchi, ya’ni o’tilgan
o’quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan boladi.
“Kim tezroq” o’yini
Bu o’yinda o’quvchilar maydoncha va zalning bir tomonida turadilar. Ular beshtadan guruhlarga
bo’linib, bir-birlarining qo’llarini ushlab turadilar. Bular jamoalardir. Jamoalar turgan joy dan
8-10 metr narida chiziq chizilgan bo’ladi. O’qituvchining ishorasidan keyin jamoalar bir oyoqda
chiziqqacha sakrab boradilar. Birinchi bo’lib borgan jamoa g’olib hisoblanadi. So’ngra jamoalar
orqaga burilib, sakrashni teskari tomonga qarab davom ettiradilar. О’yin yaxshi o’zlashtirib
olingandan keyin uni murakkablashtirish mumkin. Masalan: bir oyoqni ushlab ikkinchi oyoqda
sakrash vazifasini berish mumkin. Jamoa o’yinchilaridan biri oyog’ini yerga tegizsa, unda shu
jamoa o’yinda mag’lub hisoblanadi.
Bu о’yin ham o’quvchilarni chaqqonlikka, jamoa bo’lib harakat qilishga, chidamlilikka va
o’quvchilami g’alabaga bo’lgan ishtiyoqini oshirishga yordam beradi. Bolalar bu-o’yinlarda “Bir
kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun” degan shior asosida birga o’ynashga o’rganadilar.
Shunda ularda o’zlari bilan birga o’ynayotgan o’rtoqlari uchun javobgarlik hissi uyg’onadi. Jamoa
o’yinlari bolalardan yetarli darajada chaqqon, hozirjavob, farosatli va baquvvat bo’lishni talab
etadi.
Yuqorida keltirilgan o’yinlarni qanday tashkil qilish, o’tkazish, o’quvchilami unga qiziqtirish
har bir jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki murabbiyning pedagogik tajribasiga bog’liqdir. Barka-
mol avlod tarbiyasida ana shunday milliy o’yinlarning alohida о’rni bor.
Bolalarga tabiiy bilimlar yoshligidanoq berilar ekan tabiiy ranglar, asosiy ranglar, qo’shim-
cha ranglar, iliq ranglar, sovuq ranglar to’g’risidagi tushunchalarni boshlang’ich sinfning hamma
darslarida bolalar ongiga singdirish imkoniyatlaridan to’liq foydalanish mumkin. Misol uchun:
Matematik xatcho’p.
Bolalarni yoshligidanoq o’yin orqali bilimlar ummoniga yetaklash zarur. Ayniqsa, maktabga
tayyorlov guruhlari va boshlang’ich sinf o’quvchilarining xususiyatini hisobga olib, ularga o’yin
orqali bilim berish tez samarasini ko’rsatadi. ta’limiy o’yinlar o’quvchilarning darsda faolligini
oshirishi bilan birga bilimlarini o’zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlashga
xizmat qiladi.