• Май 2021 10-қисм Тошкент MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI TA’LIM Yusupova Xavojon
  • Annotatsiya: ushbu maqolada matematika darslarida muammoli ta’limning ahamiyati va uni amalga oshirish yo’llari misollar yordamida ifodalangan. Kalit so’zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.A. J. Jo`rayev “ Tarbiyaviy darslarni o`tish” // Sinf rahbarlari uchun qo`llanma. T.: Sharq 
    1997, 7-bet
    2.”Ilm sarchashmalari” jurnal 7-son, Urganch-2017


    163
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI TA’LIM
    Yusupova Xavojon
    Xorazm viloyati Urganch shahar 
    11-sonli umumiy o’rta ta’lim 
    maktabining matematika fani o’qtuvchisi 
    +998 937460708
    Annotatsiya:
    ushbu maqolada matematika darslarida muammoli ta’limning ahamiyati va uni 
    amalga oshirish yo’llari misollar yordamida ifodalangan.
    Kalit so’zlar
    : matematika, muammoli ta’lim, misol, masala, metod.
    Umumta’lim maktablari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi muhim 
    o’zgarishlarga hamisha o‘z munosabatini bildirib keldi.
    Jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun ta’lim nazariyasi rivojining ma’lum bir mazmuni 
    mos keladi. Boshqacha aytganda, jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichiga mos ravishda o’qitish 
    dasturlarining mazmuni, tarbiya prinsiplari, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning forma va 
    metodlari hamda ta’lim muddatlari mos keladi. Pedagogika kursidan ma’lumki, ta’lim metodini 
    aniqlashtirish jarayoni o‘quvchi bilan o‘qituvchining o’zaro munosabatlari prinsipidan kelib 
    chiqadi, bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarni bayon qilishi, ana shu bilimlarga erishishdagi 
    o‘quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini uyushtirishi hamda tushuntiriladigan mavzu materialini 
    o‘qituvchining o‘zi qanday bayon qilish nuqtayi nazaridan yondashiladi.
    Og‘zaki ko‘rsatmalik ta’lim jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchining tushuntirishi orqali bilimlarni 
    ongli ravishda o‘zlashtiradilar hamda ularni amalda qoilash malakalari hosil bo‘ladi.
    Asta-sekin umumta’lim maktablarining mazmuni tubdan o‘zgartirildi, ya’ni ta’limni maktabning 
    maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha takomillashgan izohli-illyustrativ metodi 
    vujudga keltirildi.
    Izohli-illyustrativ ta’limda o‘rganilayotgan obyekt mohiyati izohlanadi, hayotiy dalillar bilan 
    bog‘lanadi hamda o‘qituvchining ana shu o ‘rganilayotgan obyektga nisbatan ko’rsatadigan misol 
    va xilma-xil ko‘rgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi bilan yakunlanadi.
    Maktab matematika kursida o‘rganiladigan nazariy mavzu materiallari masala va misollarni 
    ularning mazmuniga ko‘ra muammoli hamda muammoli bo’lmagan turlarga ajratish mumkin.
    Agar o‘rganilayotgan mavzu materialidagi masala va misollarni yechish jarayoni o’quvchilar 
    uchun yangi matematik tushuncha, dalil va qoidalarni o‘z ichiga olgan bo’lib, awalgi usul bilan 
    yechish mumkin bo’lmasayu, yechishning yangi usullari talab etilsa, u holda bunday masala yoki 
    misol mazmunan muammolidir, aksincha, shunday masala yoki misollar o ‘qituvchi tom onidan 
    o‘quvchilarga yechish uchun berilishi mumkinki, bunday masala va misollar o’quvchilar uchun 
    muammoli bo‘lmay qoladi, chunki ular masala va misol yechilishining yangi usullarini mustaqil 
    izlanmasdan, o’qituvchining tushuntirishiga qarab o’zlashtirib oladilar, berilgan masala yoki misol 
    faqatgina koeffitsientlari bilan avvalgilaridan farq qiladigan darajada bo’ladi.
    Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilariga quyidagi misollarni berish mumkin: 
    6+2*3=24 6+2*3=12 mazmuniga ko’ra bu masala muammoli bo’ladi, chunki bir xil 
    toifadagi ikkita misol har xil natijaga ega bo’lyapti. Bas, shunday ekan, misollarni yechish usullari 
    ham har xil bo’lishi kerak. O‘quvchilarga esa faqatgina bitta ketma-ket hisoblash usuli ma’lum, 
    xolos. Ikkinchi usuli esa ular uchun noma’lumdir. Mana shu yerda muammoli vaziyat hosil bo‘ladi. 
    Yuqoridagi qo‘yilgan misollarning ikkinchi sinfdagi yuqori o‘zlashtiruvchi o’quvchilar tomonidan 
    yechilishi mumkin. Agar o’qituvchi dastlab o’quvchilarga bir xil miqdorlardan tuzilgan misollarni 
    turlicha usullar bilan yechish namunalarin ko‘rsatgan bo’lsa edi, ular bu misollarni namunadan 
    foydalanib yecha oladilar, natijada bu misollarni yechish jarayoni hech qanday muammoli 
    vaziyatni hosil qilmaydi.

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish