• Annotatsiya : ushbu maqolada o’quvchilarga orfografiya o’qitishdagi qilinadigan ijodiy ishlar va ularning ta’lim jarayonidagi o’rni muhokama qilingan. Kalit so’zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet157/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
    1. Bahouddin Naqshbandiy “Al-Avrod Bahoiyya” kitobi
    2. “Avesto” kitobi………….


    161
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    ORFOGRAFIYA O’QITISHDA IJODIY ISHLAR
    Yo’ldosheva Dilfuza
    Xorazm viloyati Xonqa tuman 
    2 - son umumiy o’ta ta’lim maktabining 
    boshlang’ich sinf o’qituvchisi
    +998995046680
    Annotatsiya
    : ushbu maqolada o’quvchilarga orfografiya o’qitishdagi qilinadigan ijodiy ishlar 
    va ularning ta’lim jarayonidagi o’rni muhokama qilingan.
    Kalit so’zlar
    : orfografiya, imlo, lug’at daftar, misollar, bayon, insho.
    Orfografiya o’qitishda imlo lug’ati daftari ham katta ahamiyat kasb etadi. Lug’atga 
    o’quvchilarning o’z yozma ishlarida xato yozgan so’zlari hamda darslik, qo’llanma, badiiy asar 
    va boshqa manbalarda uchragan imlosi qiyin so’zlar kiritiladi. Lug’at daftar 4-sinfdan boshlangan 
    bo’lsa, 10-sinfgacha saqlanadi.
    O’rganilgan qoidaga misollar toptirish o’quvchilarning orfografiyaga oid bilimlarini 
    mustahkamlaydi. Masalan, qo’shma so’zlarning yozilishi o’tilganda, uni mustahkamlash uchun 
    qo’shilib hamda ayrim yoziladigan qo’shma so’zlar toptiriladi. Ba’zan bularni gap ichida keltirish 
    qo’shimcha vazifa qilib beriladi. O’quvchilarning individual stilini silliqlash, aqliy faoliyatini, 
    tafakkurini o’stirishda bayon va inshoning roli kattadir. Bayon. Bayon o’tkazish uchun o’qituvchi 
    3-4 kun oldin tayyorgarlik ko’radi: bu haqida o’quvchilarni 1-2 kun oldin ogohlantiriladi, tegishli 
    qoidalar o’qib kelishni topshiradi. Bayon quyidagicha o’tkaziladi; o’qituvchi matnni bir marta 
    o’qib, planni doskaga yozadi. O’quvchilar ko’chirib yozgandan so’ng, 1-2 o’quvchiga mazmuni 
    so’zlatiladi. Mustahkamlanishi lozim bo’lgan orfogramma ajratiladi, uning imlosi izohlanadi. 
    Ajratilgan orfogramma bayonda saqlanishi shart. O’quvchi tekst mazmunini so’zlayotganda, 
    uning talaffuziga ham e’tibor beriladi. Keyin o’qituvchi tekst mazmunini reja asosida so’zlab 
    beradi. Imlosi qiyin so’zlarni doskaga yozib quyishi ham mumkin. Insho. Ona tili darslarida 
    o’tkaziladigan insho o’quvchi nutqini o’stirish, savodxonligini oshirish bilan bog’liq holda olib 
    boriladi. Maktablarda ko’proq ekskursiya, kino va sayohatdagi kuzatishlar asosida insho yoziladi. 
    Bular uchun quyidagicha reja tuzish mumkin:
    1. Qachon ekskursiyaga borildi?
    2. Ob-havo qanday edi? 
    3. Gullarning qanday turlarini ko’rdingiz?
    4. Ularning qaysi biri sizga ko’proq yoqdi?
    5. Bog’da qanday daraxtlar bor ekan? 
    Orfografiya o’qitishda maxsus tuzilgan kartochkalardan ham foydalaniladi. Har qaysi 
    kartochkada imlosi mustahkamlanadigan orfogrammali so’z, so’z birikmasi yoki gap yozilgan 
    bo’ladi. O’quvchilar topshiriqni mustaqil bajaradilar. Namunalar. 1. Tushirilgan harf o’rniga qavs 
    ichidagi harflardan mosini qo’ying: javo(p-b), ozo(t-d), far(k-q), ingli(s-z) 2. Tushirilgan harflarni 
    qo’ying: ...ayvand, da..tar, vazi.a, a..zab Mustahkamlanayotgan orfogramma xarakteriga qarab, 
    kartochkalardan topshiriqlar har xil bo’ladi. Kartochkalar bilan ishlash individual xarakterda 
    bo’lishi ham mumkin: qaysi o’quvchi kartochka tayyorlaydi. Orfografik xatolarning vujudga 
    kelishi umumiy xarakterdagi sababiga ko’ra quyidagilar kiradi:
    a) yagona-orfografik-punktuasion rejimning joriy qilinmaganligi, joriy qilingan bo’lsa ham, 
    undan keng foydalanmaslik; 
    b) savodxonligi yetarli bo’lmagan o’quvchilarni yuqori sinfga ko’chirish;
    v) sinf o’quvchilarining savodxonlik darajasi har xil bo’lishi;
    g) o’quvchilarni turli fanlar bo’yicha topshiriqlar bo’yicha band qilib qo’yish; 
    d) orfografiya sistemasi bilan bog’liq bo’lgan sabablar;
    Ma’lumki, o’zbek orfografiyasi fonetik, morfologik, grammatik, tarixiy-tradision prinsiplar 
    asosida tuzilgan. O’quvchilar bu prinsiplarni ba’zan aralashtirib yuboradilar. Masalan, ayrim 
    so’zlarni talaffuzga ko’ra yozadilar (kelibdi-kelipti).
    Demak, xulosa qilib aytsak, orfografiya o’qitish metodikasi o’quvchilarni to’g’ri yozish, lug’at 
    ustida ishlash, savodxonligini o’stirishda katta ahamiyatga ega ekan. 

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish