|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 155/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismKalit so’zlar.
Hisoblash, o’lchash, ko’rgazmali vositalar, abstract, didaktik materiallar,
geometriya elementlari, algebra, arifmetik material, masala, hisoblash malakasi, Dars.
Dars deb dastur bo’yicha belgilangan, aniq jadval asosida, aniq vaqt mobaynida o’qituvchi
rahbarligida o’quvchilarning o’zgarmas soni bilan tashkil etilgan o’quv ishiga aytiladi. Dars
vaqtida o’quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish,
har xil o’lchashlarni bajarishni o’rganadilar, ya’ni darsda hamma o’quv ishlari bajariladi.
Matematika darsining o’ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o’quv predmetining xususiyatlaridan
kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda
algebra va geometriya elementlari ham o’rganiladi. Matematika boshlang’ich kursining boshqa
o’ziga xos tomoni nazariy-amaliy masalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir
darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy o’quv va malakalar singdiriladi. Odatda
darsda bir necha didaktik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni o’tish; o’tilgan
mavzuni mustahkamlash; bilimlarni mustahkamlash; bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish;
mustahkam o’quv va malakalar hosil qilish va hokazo. Matematika darslarining o’ziga xos
yana bir tomoni shundaki, bu - o’quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko’rgazmali
vositalar, o’qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o’quvchilarning faolligi, sinf
o’quvchilarining o’zlashtirish darajasi kabilarga ham bog’liq. Matematika darsida turli-tuman
tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi. O’quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga
tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas’uliyatni va sof vijdonlilikni, to’g’ri va aniq
so’zlashni, hisoblash, o’lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni
yengish xislatlarini tarbiyalaydi. O’quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi
shakllari mavjud: l. Mustaqil uy ishlari. 2. O’quvchilar bilan yakka va guruh mashg’ulotlari.
3. Matematikaga qobiliyatli o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar. 4. Matematikadan
sinfdan tashqari mashg’ulotlar. 5.O’quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiya. Bu
yerda sanab o’tilgan ish shakllari va dars, bir-birini to’ldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir.
Boshlang’ich sinflarda matematika darslar tizimi O’quvchilar bilan har bir darsda bir necha
tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o’zlashtirishi
mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan
olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O’qitish
jarayonida har bir o’quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o’quv materiali o’zidan
keyin o’qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo’ladi. Boshqa tushunchaning
o’zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o’zaro bog’liqli o’qitilishi natijasida
hosil bo’ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o’zida hosil
qilinmasdan, balki o’zaro aloqada bo’lgan bir qancha·darslarni o’tish jarayonida hosil qilinadi.
Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Shuning uchun o’qituvchi mavzuning
mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.
|
| |