162
Май 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARNING BO`SH VAQTLARINI MAZMUNLI
O`TKAZISHNING AHAMIYATI
Yusupova Yulduz Gulimbayevna
Xorazm viloyat Gurlan tuman
17-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Babanova Gavhar Mamatsoliyevna
Xorazm
viloyat Gurlan tuman
17-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilaribo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil
qilish va bu jarayonning ahmiyati aks ettirilgan.
Kalit so`zlar:
tanlov, tadbir, to`garak, musobaqa
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning darsdan
keying vaqtlaridan unumli foydalanish borasida ko`plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Bularga
kun uzaytirilgan guruhlar, fan to`garaklari bundan tashqari muhtaram
yurtboshimiz Shavkat
Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g`oya “Besh tashabbus” to`garaklari ham maktablarda o`z
faoliyatini olib bormoqda. Bu albatta, o`q uvchilarning qiziqishlari, iqtidor va intilishini yanada
oshiradi. O`quvchilar o`zlarini nafaqat bilim borasida, zukkolik va intelekt borasida balki san`at
sohasida, ijod borasida, iqtidor borasida ham namoyon qilish uchun katta imkoniyatlar yaratilgan.
Bu ham bo`lsa, aynan “Besh tashabbus” to`garaklari faoliyatida yaqqol namoyon bo`lib bormoqda.
Maktablarda hozirgi kunga kelib rassomchilik, tikuvchilik, to`quvchilik, oshpazlik, notiqlik, raqs,
musiqa, teatr kabi o`nlab to`garaklar ham fan to`garaklari qatorida o`z faoliyatini olib bormoqda.
Bu to`garak ishlari natijalari esa tadbir, tanlov, musobaqa kabi qizg`in uchrashuvlarda ko`rsatib
berilmoqda. Darslar davomida ham fikrlash doirasini kengaytirish uchun, ularning bo`sh vaqtlaridan
unumli foydalanish uchun
turli xil topshiriqlar, testlar, krossvord, rebus kabi boshqotirmalardan
foydalanish mumkin. Bu borada esa hozirgi kunda hech qanday kamchilik yo`q. Chunki, har
bir sinf va har bir fan kesimida bunday adabiyotlar juda ko`p topiladi. Masalan, birgina birinchi
sinflar kesimida oladigan bo`lsak, matematika deysizmi, o`qish,
ona tili, yoki boshqa fanlar
deysizmi, turli xil topshiriqlarga, boshqotirma-yu testlarga to`la kitoblarni barcha kutubxona-
yu, kitob do`konlaridan topish mumkin. Bunday kitoblardan foydalanish orqali bolaning fikrlash
qobiliyatini rivojlantirib, o`tilganlarni takrorlash orqali olingan bilimlarning
xotirada yaxshi
saqlanishi uchun xizmat qiladi, bundan tashqari, bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishida yordam
beradi, qolaversa, o`quvchining bir xillikdan zerikishining oldi olinadi. O`qituvchi tomonidan
bunday kitoblar ota-onalarga tavsiya qilinishi va bu kitoblar bilan ishlashda o`quvchilarga
bevosita yordam berishi zarur.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarning ta`limga oid saytlarida
ham bu masalaga alohida
e`tabor berilgan. Ayniqsa, 2019-2020 o`quv yilida karantin davrida o`quvchi-yoshlarning bo`sh
vaqtlarini mazmunli o`tkazish borasida ham qator samarali ishlar amalga oshirildi. Masalan,
o`quvchilar o`rtasida har bir bayram yoki buyuk shaxslar tavallud kunlarida rasmlar online-tanlovi,
videoroliklar tanlovi yoki “Kimning xati chiroyli?” tanlovi, yana “Yosh notiq” , tanlovlarini
o`tkazilib, bunda o`quvchilarning o`z bilim va iqtidorini, iste`dodini yuzaga chiqarish uchun
katta imkoniyat bo`ldi deb ayta olamiz. Bu kabi tanlovlarni tashkil qilishda o`qituvchilarning ham
mas`uliyati katta. O`quvchini tanlov va
tadbirlarda, musobaqa-yu bellashuvlarda qatnashishga
undash, uning bu ishni uddalashiga ishontirish albatta, eng avvalo, pedagog-o`qituvchining
birlamchi vazifalaridan biri. Buning uchun o`qituvchilarning o`zi ham sinfda va parallel sinf
o`quvchilari o`rtasida, maktab
miqyosida tadbir va tanlovlar, musobaqa-yu bellashuvlarni,
“Zakovot” o`yinlarini tashkil qilib turishi zarur.
Aslida har bir o`quvchi iqtidor va iste`dod egasi. Faqat buni yuzaga chiqara olmasligi mumkin.
O`qituvchi esa bu iste`dod va iqtidorni vaqtida anglay olishi, ko`ra bilishi va o`quvchini o`zi
qiziqqan soha bo`yicha yetaklashi, fan va san`at to`garaklariga jalb qilishi zarur. erishishi mumkin.