160
Май 2021 10-қисм
Тошкент
O`QUVCHILARNI KASB TANLASHGA TO`GRI YO‘NALTIRISHDA
O‘QITUVCHINING O`RNI MUHIM
O`rinboyev Hurmatbek Davronbekovich
Urganch shaxar 7-sonli umumiy o‘rta
ta’lim maktabining Texnalogiya fani o’qituvchisi
Телефон:+998972115149
Elektron pochta: avtohurmat@mail.ru
Annotatsiya:
Maqolada o`quvchilarni kasb tanlashga to`gri yo`naltirishda o`qituvchining
o`rni borasida fikr yuritilgan. Yangicha innovatsion usullardan foydalanib kasb tanlashni tog`ri
tashkil qilish haqida yoritilgan.
Kalit so`zlar:
Kasb haqiagi orzular, har bir o`quvchini kasb tanlashida psixologik jarayonlari,
kasb-hunarga oid tushunchlasrni shakllantirish.
Inson hayotida albatta ma`lum bir chizg`ilar qoldiradi.Bolalardagi tasavvur va orzular
kelajakda tanlaydigan kasblari bilan bog`liq bo`ladi. Demak kasb haqidagi orzular o`quvchilarda
shakllanayotgan ekan, o`qituvchi ularni kasbga yo`naltirishi uchun nimalar qilshi kerak?
O`quvchilarning shaxsiy psixologik xususiyatlarini o`rganish, ularning har tomonlama kamol
topishi, ma`naviy-axloqi va aqliy rivolanishi kelajakda o`ziga munosib biror kasb tanlashida
o`qituvchining hissasi kata.Shuning uchun o`qituvchi har bir o`quvchining kasb tanlash jarayonida
muhim ta`sir ko`rsatadigan shaxs hisoblanadi. Kasbga, mehnatga, jismoniy, psixologik, aqliy
va tibbiy tayyorgarlikni takomillashtirish orqali o`quvchilarning ma`naviy-aqliy fazilatlari,
intizomlilik, uyushqoqlik va kasblarga ongli munosabatda bo`lish tuyg`ulari shakllanadi.
O`qituvchidan ushbu jarayon har bir oq`uvchiga individual yondashishni talab qiladi. Oqi`tuvchi
har bir o`quvchining kasb tanlash maqsadidagi psixologik jarayonlarni, holat-xususiyatlarini
shunchaki bilibgina qolmay, balki ularni pedagogic jihatdan to`g`ri yo`naltirishi lozim.
Shu bois, bu jarayonda turli omillar muhim o`rin tutadi. Ular sirasiga o`quvchining shaxsiy hayot
tarsi, qobiliyati, orzu-istak mayllari, his0tuyg`ulari, o`y-xayollari, ehtiyojlari, moslashuvchanligi,
ta`lim-tarbiya muhiti kabilar kiradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida kasbga oid tushunchalarni
quyidagi usullar bilan shakllantirish mumkin:
- dars mashg`ulotlari mobaynida o`quvchilarga kasbga oid hikoyalar, ertaklar, she`rlar o`qib
berish, maqol va topishmoqlar aytish, kasblar haqida tushuncha berish;
- ta`lim-tarbiya jarayonida kasblarga xos suratlar, plakatlar, slaydlar, videomultfilmlardan
foydalanish;
- o`quv mashg`ulotlarini kasbga oid o`yin texnologiasi asosida tashkil etish;
- darsdan tasgqari qo`shimcha mashg`ulotlarga o`quvchilarni jalb qilish orqali kasbiy sifatlarini
shakllantirish.
Kasb haqidagi tushunchalarni shakllantirih bo`yicha quyidagi tajribalardan foydalanish
mumkin:
- Inson hayotini bezaydigan, baxt-saodat keltiradigan, faravonlik baxsh etadigan yagona
narsa bu mehnardir. Bobomiz Bahouddin Naqshbandning “Kongling Ollohda, qo`ling mehnatda
bo`lsin” degan hikmatli so`zlari bor. “Avestoda” esa: “Mehnat qilmaydigan kishi, sen haqiqatdan
ham tilanchilar qatorida o`tirasan” deya dangasa ishyoqmaslar qoralanadi.
O`quvchilarda darsdan tashqari mashg`ulotlarda , turli xil ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, davra
suhbatlari o`tkazish, sayohatlar uyushtirish orqali ham kasb-hunarga oid tushunchalar shakllantirib
boriladi. Har bir kasbning o`ziga yarasha afzalliklari va qiyinchilklari haqida tushunchlar beriladi.
Buning natijasi o`laroq o`quvchilarimiz maktabni bitirish arafasida ikkilanmasdan kasb hunar
yo`nalishlarini to`gri tanlash imkoniyatiga ega bo`lishadi.Va bir umr tanlagan korining shirin
nonidan ma`mnun bo`lib halovat topadi.