Foydalanilgan adabiyotlar
1. K.Qosimova Ona tili o’qitish metodikasi.
2. K.Abdullayeva Yangi pedagogik texnologiyalar.
3. Yu.K.Babanskiy O’qitish jarayonini optimallashtirish.
147
Май 2021 10-қисм
Тошкент
ILMIY DUNYOQARASH, KADRLARDA MILLIY ONG, MAFKURA VA
DEMOKRATIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH.
Tuliyeva Zarina Xudoyqulovna
Navoiy viloyat Nurota tumani
58 -umumiy o’rta ta’lim maktabining
Ona tili fani o’qituvchisi
Annotatsiya.
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning
ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kelgan. Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda
davrning o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umuminsoniy madaniyatiga
salmoqli hissalarini qo’shganlar.
Kalit so’zlar.
Kant, F. Gegel, L. Feyerbax, A. Shopengauer, al-Kindiy, G’azzoliy, Beruniy,
Xorazmiy, Naqshbandiy, umuminsoniy madaniyat, ilmiy dunyoqarash.
Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi bo’lib hisoblanadi. Bilim olish, albatta, yoshlikdan
boshlanadi. «Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqshdir», - deydi dono xalqimiz. Bilimli
kishi hech qachon tarix sahifalaridan, xalqimizning qalbidan o’chmaydi. Shunday kishilar
qatorida Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al-Kindiy, G’azzoliy, Beruniy, Xorazmiy,
Naqshbandiy, Yassaviylarni, G’arb allomalari I. Kant, F. Gegel, L. Feyerbax, A. Shopengauerlarning
nomlarini tilga olmasdan bo’lmaydi. Eng buyuk allomalaru donishmandlar, o’zlarining noyob
asarlari, ta’limotlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa qo’shganlar. Ular umrlarini ilmu fanga
bag’ishlab, bu yorug’ olamdan ketar chog’i «hayot ilmini chuqur egalladingizmi?», degan savolga
«hech narsa bilmay ketyapman», - degan ekanlar. Ne ajab, hayot ilmi sirli va murakkabki,
anglab yetmoqqa butun insoniyat umri ham etmaydi. Dunyoqarash, uning shakllari. Bilim ilmiy
dunyoqarashning asosi. Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi
boshqa narsa, buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning
olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik
diniy, qarashlari va tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit
umumiylashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida
qancha ko’p ma’lumotlarga, bilimga ega bo‘lsa, ularning dunyoqarashi ham shu darajada
mukammal va puxta bo‘ladi. Avvalo ta’kidlash lozimki ilmiy dunyoqarash turlicha bo‘ladi. Turli
kasb egalari turli xil dunyoqarashga ega bo’ladi. Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit
umumlashtirilgan bilimlar, g’oyalar turkumini hosil qiladigan, ularni muayyan ijtimoiy guruhlar,
sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va
shunga qarab hayotdagi o’z o’rnini, amaliy faoliyat yo’nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga
imkoniyat beradigan ko’p qirrali va sermazmun tushunchadir. Dunyoqarashning ikkita darajasi
mavjuddir. Birinchisi, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati
asosida to’plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli
to’plangan nazariy bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy
bog’langan bo’lib, bir-birini to’ldiradi. Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy
turmush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi. Dunyoqarashning doimo o’zgarib,
rivojlanib turishi uning tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda
kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha fikrlash yo‘sini mustahamlanmasa, milliy istiqlol
g‘oyasi, mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa katta o‘zgarish sodir bo‘lmasligi mumkin.
Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri kishilarning eskicha dunyoqarashini o’zgartirish,
iqtisodiy, siyosiy, madaniy jabhalarda fikrlashni o’rgatish, mustaqillikni mustahkamlashda o‘z
haq-huquqlarini anglab olish va noo’xshov holatlarning hayotga kirib qolmasligiga qarshi
kurashishga undashdan iborat. Milliy ong va mafkurani shakllantirish hozirgi kun talabi ekan,
bu tushunchalar mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur. Milliy ong va mafkura. Ongni arabcha
«aql» so’zidan olingan, deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari o’rtasida
farqlar ham bor. Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan
ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. «Odam onglaydi
(anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy, siyo siy, falsafiy
nuqtayi nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham -majmuyi hisoblanadi».1 Milliy ong -
bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab
|