Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Blank, 1994 y. “Markaziy Osiyoning Sovet qayta tiklanishi”, Markaziy Osiyoda: uning
strategik ahamiyati va kelajakdagi istiqbollari, tahrir Malik, H., Sent-Martin matbuoti, Nyu-York.
2. Fierman, W. 2009, O’rta Osiyoda o’ziga xoslik, simvolizm va til siyosati ‘, Evropa-Osiyo
tadqiqotlari , jild. 61, № 7, 1207-1228.
3. Glenn, J. 1999, The Soviet Legacy in Central Asia, Palgrave, New York.
38
Май 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHILAR IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY
SAN’ATNING AMALIY AHAMIYATI
Xabibullayeva Go‘zalxon Xabibullayevna,
Saidova Nargiza Baxromovna
Xorazm viloyati Urganch shahar
16-son umumta’lim maktabining
tasviriy san’at fani o‘qituvchilari
E-mail: Guzalxon@mail.ru
Saidovanargiza637@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlari, xususan rasomchilik faoliyatini
rivojlantirishda tasviriy san’atning o‘rni hamda tasviriy san’at fanini maktablarda o‘qitilishi
borasida mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘tishning o‘ziga
xosligi borasida ta’kidlangan holda o‘qitish metodlari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
tasviriy san’at, ijodiy fan, boshlang‘ich ta’lim, metod, qobiliyat.
Bugungi kundagi ta’lim jarayonlari asosini o‘quvchilarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirgan holda ularni ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom qilib tarbiyalash tashkil etadi. Bu
jarayonda birinchi navbatda o‘quvchila ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi fanlar, xususan,
tasviriy san’at fanining ham o‘ziga xos tarzda o‘rni mavjuddir. Tasviriy san’at o‘quv fani umumiy
o‘rta ta’lim fanlari ichida ma’naviy sog‘lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng
imkoniyatlarga ega. Tasviriy san’at darslarida san’at va san’atkor olami, san’atning ijtimoiy
vazifasi va o‘ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini o‘rganib borish orqali
o‘quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san’at va me’morchilikdagi go’zalliklarni ko‘ra bilish,
qadrlash va muhofaza qilishni o‘rganib boradilar. Umumta’lim maktablarida ushbu fanning bosh
maqsadi: o‘quvchilarda estetik madaniyatni va badiiy tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy
savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir.
Tasviriy san’at fanlarini boshlang‘ich sinflardan rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratish
muhimdir. Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalo
bu sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va
psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda layoqatlariga qarab belgilanadi.
Pedagogikadan ma’lumki, bola yozishdan ko‘ra ko‘proq rasm chizishga harakat qiladi. Rasm
chizishga bo‘lgan qobiliyat juda erta 3-4 yoshdan boshlab shakllana boshlaydi. Bunda rasmlar
mazmun jihatidan mukammal bo‘lmasa-da, bolaning ijodiy qobiliyatlari rivojlanishi uchun
muhimdir. Tasviriy san’at metodikasiga oid mavjud darsliklarda boshlang‘ich sinflarda tasviriy
san’at darslarini o‘tkazish metodikasining to‘rt turi qayd qilinadi:
1. Borliqni idrok etish;
2. San’atni idrok etish;
3. Naturaga qarab tasvirlash;
4. Kompozitsiya [1. –b.57].
Ushbu turlar aynan bir- birlari bilan bog‘liq holda rivojlantirilgan holda yaxlit natijaga erish
mumkin bo‘ladi. Borliqni idrok etish mashg’ulotlari 1-4-sinf dasturida aks etgan bo‘lib, uning
maqsadi bola borliq haqida, ulardagi narsa va hodisalaming tuzilishi, shakli, rangi, o‘chamlari,
o‘cham nisbatlari haqida tasavvur hosil qilishdir. Chunki, bolalar tevarak-atrofni, ya’ni tabiat,
qushlar, transport vositalari barcha-barchasini yaxshi tushungani, anglagani uchun ularni rasmlarda
yaxshi tasvirlay oladi. Borliqni idrok etish mashg‘ulotlarining muhim ahamiyatlaridan biri shudaji,
bola rasmlar orqali ijtimoiy olamni yana bir karra anglay boshlaydi. Bunday dars mashg‘ulotlariga
4-sinf “Tasiriy san’at” darsligiga kirtilgan “Kuzgi gullar” mavzusida rasm ishlash, “Qish keldi”
mavzusida rasm ishlash kabi mavzular mos hisoblanadi [2. –b.52]. Bu mavzularda bola tevarak
muhitni o‘rganish asosida, sinchkov nigohi bilan ko‘z oldida jonlangan manzaralarni qog‘ozlarda
aks ettiradi.
Bolaning rassomlik qobiliyatini rivojlantirish uni dars jarayoniga qiziqtira olishda albatta,
pedagog muhim vazifani bajaradi. O‘qituvchi avvalo, dars jaroyida ko‘rgazmalilikka e’tibor
qaratish muhimdir. Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda
qatiylik, faollik, o‘z kuchiga ishonch hosil qilinadi, shuningdek, ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish
|