• Ergasheva Mahliyo Samandarovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 12 – maktab kimyo fani o’qituvchisi Annotatsiya
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
    1. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahor


    35
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    PEDAGOGIK MAHORAT VA PEDAGOGIK MUOMALA METODI
    To’xtamurodova Gulhayo Faxriddin qizi
    Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
    5 – maktab kimyo fani o’qituvchisi
    Ergasheva Mahliyo Samandarovna 
    Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
    12 – maktab kimyo fani o’qituvchisi
    Annotatsiya: 
    ushbu maqolada o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik muomala 
    metodlari haqida yoritilgan. 
    Kalit so’zlar: 
    pedagogik mahorat, pedagogic muomala metodi. 
    O’zbekiston maktablarida ta‘lim – tarbiya ishlari, pedagogik faoliyatning samaradorligi, 
    ta‘sirchanligi o’qituvchilar, ota – onalar jamoasi, oilada shakllangan axloqiy munosabatlarga, 
    muomala odobiga bog’liq. Muallim ta‘lim –tarbiya ishlari jarayonida o’quvchilar, kasbdoshlari, 
    ota-onalar bilan muomalada bo’ladi. Barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan o’quvchilar, kasb-
    doshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini inson sifatida kuzatib boradi, his 
    etadi, axloqiy jihatdan baholaydi, qabul qiladi yoki rad etadi. Xullas, ta‘lim-tarbiya ishlari-ning 
    natijasi, o’qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muo-mala 
    odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruhiy holati, kayfiyatiga bog’liqdir. 
    Pedagog bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala. Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida 
    o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala munosabatlar katta o’rin egallaydi. Bu jarayonda 
    bola insoniyat asrlar davomida to’plagan bilimlarni, axloqiy tajribani egallab oladi. Muallim 
    pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi 
    yuklatilgan. Shuning uchun ham o’qituvchiga, uning axloqiy sifatlari, xulqiga, o’quvchilar 
    bilan muomalasiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo’yiladi. Muallim hayotga endigina kirib 
    kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda 
    bo’ladi. Bolalar ta‘lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini (mezonlarini) 
    o’zlashtiradi. O’quvchi muomala metodini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladi. Sevimli 
    muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qolishi ham mumkin. 
    Respublikamiz o’qituvchilari orasida o’z ishining ustasi, Xalq o’qituvchisi, Xizmat ko’rsatgan 
    o’qituvchi deb tan olingan, ota – onalar, yoshlar e‘zozlab Ustoz deb ataydigan mo’‘tabar 
    insonlar ko’plab topiladi.Ular pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak 
    darajada bajarib, bolalarga bilim berib o’lar qalbiga halolik, guzallik, metod axloq nurini singdira 
    loganliklari, xushmomila bo’lganlari uchun ham bunday obro’ va hurmatga erishganlar. 


    36

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish