• Anotatsiya.
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    TARIX DARSINI O’QITISHDA INTERFAOL USUL VA TEXNOLOGIYALAR
    Rustamova Nurali Akbar o’g’li
    Navoiy viloyati , Zarafshon shahri 
    13-AFCHO’IM maktabi, tarix fani o’qituvchisi
    Rustamovnurali94@inbox.uz, tel:+9898936633212
    Anotatsiya. 
    Ushbu maqolada tarix fanini o’qitishga doir bir qancha innovatsion metod va 
    texnologiyalardan foydalanish haqida qisqacha ma’lumotlar keltirildi.
    Kalit so’zlar.
    fikr, sabab, misol, umumlashma, poleolit, mezolit, neolit, bronza, temir, insert.
    Bugungi kunda yurtimizda har sohada turli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ta’lim 
    tizimida ham keskin o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bugungi kun o’quvchisi ham ilmga chanqoq, 
    yangilik va izlanishlarga o’ch. Bunday davr o’qituvchiman o’z ustida tinimsiz izlashni,zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanishni, darsni qiziqarli tashkil etish bilan bir qatorda 
    AKT dan foydalana olishni talab etmoqda. Shu boisdan ushbu maqolada tarix darslarini 
    o’qitishning bir necha interfaol usullari va texnologiyalari bilan tanishtiramiz:
    “FSMU”texnologiyasi.Ushbu texnologiya orqali o’quvchining individual fikri aniqlanadi.
    F-Fikr
    S-Sabab
    M-Misol
    U-Umumlashma
    Bunda o’quvchilar mavzuga yoki mavzuning biror muammoli qismiga fikr bildiradilar. 
    So’ngra shu fikrga kelish sabablarini aytib o’tadilar. Fikrini misollar bilan dalillagach o’z fikriga 
    umumlashma yasaydi. Bu texnologiya orqali har bir o’quvchining individual fikri va mavzuni 
    o’zlashtirganlik darajasi aniqlanadi.
    “Fikrla va davom ettir” metodi.Bunda o’qituvchi biror mavzu bo’yicha kalit so’zlarni 
    boshlanishini yozib qo’yadi, o’quvchi esa kalit so’zga mos ta’rifni yozishi lozim bo’ladi. Masalan 
    6-sinfda”Qadimgi dunyo tarixini davrlashtirish”mavzusini o’rgatishda qo’llash mumkin.
    1. Poleolit-bu
    2. Mezolit-bu
    3. Neolit-bu
    4. Eniolit-bu
    5. Bronza-bu
    6. Temir-bu...
    Bu usulni doskada bajartirish yoki kartochkalarga yozib tarqatma holida ham qo’llash mumkin.
    “Insert”jadvali. Bu jadval ham bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. Bunda o’qituvchi o’tilgan 
    mavzu yuzasidan ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tarqatma holida tayyorlaydi. Ma’lumotlar 
    orasida to’g’ri ma’lumotlar bilan bir qatorda noto’gri ma’lumotlar, shuningdek bu mavzuga mos 
    kelmaydigan, hali o’tilmagan ma’lumotlar ham uchraydi. O’quvchi ma’lumotlarni o’qib jadvalga 
    joylashtirishi lozim.
    V
    bilaman
    (-)
    to’g’ri ma’lumot
    (+)
    yangi axborot
    (?)
    tushunmadim
    Yuqoridagi usul va texnologiyalarning barchasi mazmuniga ko’ra yagona maqsad sari 
    yo’naltirilgan, ya’ni o’quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish va o’zlashtirish 
    darajasini aniqlash uchundir. Darslarda bunday usul va texnologiyalardan foydalanish darsni 
    qiziqarli tashkil etish bilan bir qatorda o’quvchilar faolligini oshiradi, individual fikrlashga 
    o’rgatadi hamda mavzuning tez va oson o’rganilishiga yordam beradi.
    «Kelajak-yoshlar qo’lida». Shunday ekan mustaqil fikrlaydigan, bilimli,fikrini erkin bayon 
    eta oladigan yoshlarni tarbiyalash biz o’qituvchilarning vazifamizdir. Har bir o’qituvchi mana 
    shu vazifani yurakdan his qilsa va bunga vijdonan yondoshsa ko’zlangan maqsadga erishiladi.
    Yurtimiz nomini ulug’laydigan yoshlar ko’payaveradi.

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish