56
Май 2021 10-қисм
Тошкент
Bunday topshiriqlar bolani nafaqat o`ylashga, fikrlashga balki narsa va hodisalarni tasavvaur
qilishga, ularni tushunishga, hayotda qo`llashga yordam beradi.
Bugungi Davlat ta`lim standarti va ta`lim tizimi o`qituvchilar oldiga o`ta mas`uliyatli vazifalar
yuklamoqda. Muallim har bir o`tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg`ulotlarni ilg`or
pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi zarur.
Mashg`ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, o`quvchi har bir dars davomida egallashi lozim
bo`lgan bilimlar hajmini, o`zida hosil qiladigan ko`nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi
lozim. Bu o`z navbatida o`quvchining mashg`ulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo
qiladi. Chunki o`quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish imkoniyatiga
ega bo`lishi zarur. Bu borada darslarda turli xil boshqotirmalar, krossvord va rebuslardan foyalanib,
darsni mustahkamlash, birinchidan bolaning fikrlash qobiliyatini kengaytirsa, ikkinchidan darsning
qiziqarli va “rang-barang” bo`lishiga erishish mumkin.