• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • Май 2021 10-қисм Тошкент TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O’RNI. Abduraxmanova Gulshat Iskandarovna
  • Annotatsiya.
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

     
    maqsadli
     
    yo‘lga qo‘ysak,
     
    ta’lim-
    tarbiya va dars sifati samaradorligini oshirishga erishamiz. Farzandlarimiz maktabdan qanchalik 
    bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez 
    rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida davlatimiz 
    taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
    1. https://president.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini 
    yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4884-sonli qarori. 
    2020 yil 6 noyabr.
    2. https://president.uz.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
    O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020 yil 30 
    sentabr.
    3. https://president.uz.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
    O‘zbekiston Oliy Majlisiga va xalqiga murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr 
    4. Turg‘unov S.T., Daniyarov B.X., D.M.Otajonova. O‘qituvchilarning kasbiy 
    kompetentliligini rivojlantirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalari.T. “Sano-
    standart” nashriyoti, 2011.


    51
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O’RNI.
    Abduraxmanova Gulshat Iskandarovna
    Konimex tumani 1-umumiy o‘rta 
    ta’lim maktabi Qozoq tili va adabiyot
    fani o’qituvchisi 
    Annotatsiya.
    Zamonaviy axborot va pedagogik Ta’lim tizimini takomillashtirish borasida 
    amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ta’lim jarayoniga zamonaviy 
    axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog‘liq.
    Kalit so’zi.
    kommunikasion texnologiya axborot texnologiya,video,multimedia, Kompyuter, 
    elektron, zamonaviy axborot, 
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 3-bosqichida barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini 
    kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga 
    keltirish ko‘zda tutilgan edi. Unda “Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlash va 
    kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonlarini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Fan 
    va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar 
    va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi” deb yozilgan. Elektron 
    darslik zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalar yordamida o‘quv uslubini, mustaqil 
    ta’lim olishning samarali usullarini qo‘llash orqali o‘quv materiallari va ilmiy ma’lumotlarni har 
    tomonlama chuqur o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan darslikdir, ya’ni oddiy darslikning raqamli 
    ifodasidir. U oddiy o‘quv darsliklariga o‘xshash o‘quv dasturlarga asoslanib tayyorlanadi. U 
    o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish, ijodiy fikrlash, malaka va ko‘nikmalarini shaklantiradi. 
    O‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri har bir o‘quvchiga rejalashtirilgan o‘quv materiallarini 
    yetkazib berish va uni o‘zlashtirish darajasini oshirishdan iborat.Kompyuter va axborot 
    texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun 
    o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon salohiyatli bo‘lishi kerak. Ta’lim 
    tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan 
    biri ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan 
    bog‘liq. informatikadarslarini loyihalashda zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot 
    texnologiyalaridan foydalanish, unga muvofiq ta’lim vositalarini qo‘llashni taqazo etadiO‘quv 
    fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu 
    o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining 
    asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar 
    amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng 
    tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o‘qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va 
    texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari 
    tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga 
    joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli 
    (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko‘lamdagi 
    ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, 
    sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim 
    oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-
    ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib 
    interfaol darslarni o‘tkazish yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi 
    mazmunini bayon qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni 
    daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, 
    interfaollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki 
    tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv materialining tushunarsiz 
    qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga 
    va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham 
    faollik ko‘rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir 
    o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir - birini o‘qitadi. 
    Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish usullarining 


    52

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish