|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI
OSHIRISH
Amanbayeva Adolat Tulibayevna
Xorazm viloyat Gurlan tuman
17-maktab birinchi toifali
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilari matematik savodxonligini
oshirish va 1-sinf o`quvchilariga qo`shish va ayirish mavzusini o`rgatish bo`sh metodikasi aks
ettirilgan.
Kalit so`zlar:
matematika, qo`shish va ayirish, ko`rgazmalilik.
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo‘la-
di. Bolalar bog‘chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o‘qish,
sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo‘ladilar. Ba’zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega
bo‘lmagan bolalar keladilar. Shuning uchun o‘qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning
tayyorgarligini individual aniqlashdir.Bu ish o‘qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq
amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo‘lishi mumkin:
1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?
2. Doiracha, cho‘p, bayroqchalarni sanang-chi?
3. Stolda qancha qalam bo‘lsa, shuncha bayroqcha oling.
4. Qaysi doirachalar ko‘p? Qizillarimi, ko‘klarimi?
5.Тartib bilan qo‘yilgan narsalarni tartib bilan sanang.
6. 5–1, 8–2, 4–3 kabi savollar.
1-sinfga kelgan bolaga eng asosiysi u tanidigan tevarak-atrof , olam va narsalarga doir ko`r-
gazmali masalalar berish ham maqsadga muofiq hisoblanadi.
Bugungi kunning o`qituvchisi ham o`quvchisi ham zamonaviy imidj yarata oldi. O`qituvchi
shaxsi bugungi kun talablariga mos ravishda harakat qilishi, zamonaviy ped-texnologiyalardan,
turli xil metodlardan foydalanib dars o`tishi zamon talabidir. Shunday ekan, har bir darsga alohida
tayyorgarlik va alohida e`tabor bilan qarashi lozim. Ayniqsa, 1-sinf da o`quvchilarga berilga bilim
asosiy poydevor hisoblanadi.Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning matematika
savodxonligini oshirish, boshqa barcha fanlarni o`zlashtirishda muhim hisoblanadi. Aynan,
1-sinfda gi qo`shish va ayirish mavzusi raqamlarni o`rgatishdan keyin kelib, asosiy va birlamchi
mavzu hisoblanadi. Bu mavzuni tushuntirishda turli xil metodlar, kompyuter –texnologiyalari va
ko`rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish maqsadga muofiq hisoblanadi.
O‘quvchi yoshlarning bilimini kеngaytirish zamon talabi darajasiga еtishida fan asoslari bilan
qurollantirish, yangi pеdagogik tеxnologiya yutuqlari asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
|
| |