63
Май 2021 10-қисм
Тошкент
MATEMATIKADAN SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNI
AHAMIYATI
Aripova Nigora Mirdjon qizi
Namangan viloyati Uychida tumanidagi
7 umumiy o’rta ta’lim maktabining
matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya;
ushbu maqolada matematika fanida sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning
o’rni va uning turlari berilgan.
Kalit so’zlar:
matematika, o’quvchi, bilim, sinf, maktab.
O`quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilishda, o`qituvchi ta’lim samarasi
past bo`lgan metodlarga nisbatan, ya’ni o`quvchi passiv tinglovchi, esda saqlab qoluvchi va
takrorlovchi emas, ongli ishtirokchi bo`lishini ta’minlashdan iborat bo`ladi. SHubhasizki, bunday
darslarga tayyorlanish va o`tkazishda o`ziga xos qiyinchilik va murakkablik o`qituvchi zimmasida
bo`ladi.
Buning evaziga o`qituvchi o`quvchilarning puxta, aniq tassavurga ega bilim olishiga, matematik
tafakkuri rivojlanishga, o`zi qiziqan ixtisosni egallashiga maqsadli yondoshishga yo`naltira oladi.
Isbotlashlar va masalalar yechishning turlari, ularning kelib chiqish tarixi bilan tanishishning
darsda imkoniyati bo`lmaganligi uchun sinfdan tashqari vaqtda o`rganishi maqsadga muvofiqdir.
Matematikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlarida o`quvchilarda alohida qiziqish tug`diradigan
masalalar, mavzularga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir.
Buning samarasi sifatida o`quvchilar mashg`ulotlarda yangi va qiziq qiziqarli narsalarni bilib
oladilar va ular o`qituvchining birinchi yordamchisi bo`lib qoladilar, o`quvchilarning matematik
qobiliyatlari rivojlanadi va shu bilan birga o`qituvchining o`z malakasi ham oshib boradi.
Matematika o`qituvchisi talabalarni faqat darsda o`qitish bilan cheklanib qololmaydi. Yaxshi
o`qituvchi va tarbiyachi ma’lum matematik bilimlar yig`indisini talabalarga singdirish bilan birga,
ularda aktiv ijodiy fikrlashni uyg`otishi va foydali mehnat malakalarini tarbiyalashi lozim.
Matematika fanidan sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlarning quyuidagi turlarini
keltirish mumkin: 1) matematika to`garaklari, 2) matematika kechalari, 3) matematik olimlar
bilan uchrashuvlar, 4) matematika musobaqalari, 5) olimpiadalar, 6) “Bilimlar bellashuvi”
tanlovi, 7) matematika viktorinalari, 8) matematik eskursiyalar, 9) matematik insholar, 10) maktab
matematika matbuotini tashkil qilish, 11) matematika tarixi 12) mashhur matematik olimlarning
ijodiga bag`ishlangan kechalar.
Fanga o`quvchilarning qiziqishini oshirish uchun ularning konstruktorlik qobiliyatlarini
revojlantirishga – ba’zi masalalarning modellarini yasashga, masalalar yechilishini tanlashga,
topishmoq va sofizmlarga alohida e’tibor beriladi. Yasalgan buyum yoki narsaning sifati, qimmati,
u oddiy loydan yasalgan sopol kosami, murakkab mashinami yoki san’at asarimi, barcha hollarda
uni yasashda foydalanilgan xomashyoning sifatiga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi.
Shuning uchun olimpiadachi o`quvchini to`g`ri tanlash uni olimpiadaga tayyorlash jarayonini
osonlashtiradi va muvaffaqiyatga erishishda katta ahamiyatga ega.
Olimpiadachi nomzodni bir-biriga bog`liq bo`lgan mezonlar asosida tanlanadi va 2-3 nafar
nomzod o`quvchilar bilan olimpiadalarga tayyorlanishni boshlash mumkin.
Tanlangan nomzod bilan ishlashda «oddiydan murakkabgacha, osondan qiyinga» printsipiga
amal qilish kerak. O`quvchining matematik qobiliyatini rivojlantirish, fikrlash darajasini o`stirib
borish uchun matematikani quyidagi qismlarga bo`lib o`rganish mumkin. Olimpiadachi o`quvchi
o`zining matematik bilimlarini tinimsiz ravishda oshirib borishi uning atrofida matematik
muhitning yaratilishiga bog`liq. Bunda matematika darslari va to`garak mashg`ulotlaridan tashqari
informatika va hisoblash texnikasi asoslari, fizika, kimyo hamda astronomiya darslaridan ham
foydalanish maqsadga muvofiq, shuning uchun olimpiadaga nomzodlar tanlangach, yuqorida tilga
olingan fan o`qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borish kerak.