• Май 2021 10-қисм Тошкент TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
  • Kalit so‘zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Adabiyotlar;
    1. G’ofurov A.T., Tolipova J.O. va b. Biologiya o’qitish metodikasi. Oliy o’quv yurtlari uchun 
    darslik.Toshkent, 2013. 
    2. Tolipova J.O., Umaraliyeva M.T. Botanika darslari (O’qituvchi kitobi) Umumiy o’rta ta’lim 
    maktablarining biologiya o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma. “Tafakkur” nashriyoti. (5-sinf) 
    Toshkent, 2016


    49
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT 
    KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
    Abdurahmonov Otabek Qahramonovich
     
    Navoiy shahar 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada
     
    ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot 
    kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish masalalari o‘rganilgan. Bu jarayon bevosita 
    pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kreativ yondashish orqali amalga oshirilishi 
    kerakligi ochib berilgan. Shuningdek pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirish tizimini 
    yanada takomillashtirishga doir fikrlar berilgan.
    Kalit so‘zlar: 
    ta’lim-tarbiya tizimi, pedagog, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, axborot 
    kommunikatsion texnologiyalari, Uchinchi renesans, islohot, modernizatsiya, kasbiy kompetentlik, 
    ijodiy yondashuv, novator pedagog, professional pedagog, uzluksiz malaka oshirish.
    Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida juda katta islohotlar amalga 
    oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan bu islohotlardan asosiy maqsad mamlakatimizda Uchinchi 
    Renessans poydevorini barpo etishdir. Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “... biz 
    oldimizga bu ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, 
    Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni 
    yaratishimiz kerak”-degan edi.
    Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi 
    va shu asosda bosqichma-bosqich ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasi 
    yanada rivojlantirilmoqda. Davlatimiz ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or pedagogik va axborot 
    kommunikatsiya
     
    texnologiyalari bilan ta’minlash yuzasidan malakali kadrlar tayyorlash bilan 
    bog‘liq ijtimoiy taraqqiyotini takomillashtirishga erishmoqda. 
    Ta’lim tizimining moderinizatsiya qilinishi, ta’lim muassasalarida shart-sharoitlar, yuqori 
    malakali mutaxasssilarga bo‘lgan ehtiyoj va talabning o‘sib borishi o‘qituvchilarning innovatsion 
    faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishni talab qiladi. Bugun har bir o‘qituvchi va 
    tarbiyachi, oliygoh domlasi ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi ijobiy yangiliklarni o‘quv 
    jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so‘z bilan aytganda, 
    zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lishlari kerak.
    Bu o‘z navbatida pedagoglarning kasbiy kompitentligini rivojlantirish jarayonlariga ijodiy 
    yondashuvni talab qiladi. Ya’ni, pedagoglarning bilim, ko‘nikma va malakalari, tajribasi, mahorati, 
    omilkorligi asosida pedagogik jarayonlar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashi, 
    pedagogik jarayon sub’ektlari (pedagog va talabalar) faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlaridagi 
    qarorlarni qabul qilishda mavjud vaziyatlarni, sub’ektlarning moyilligi, ehtiyoji va qiziqishini 
    o‘rganishi lozim.
    Pedagoglarning kasbiy kompitentligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan 
    biri sifatida ta’lim muassasasida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish 
    zarurligini keltirish mumkin. Ilmiy asosida tashkil etilgan uzluksiz malaka oshirish jarayonlarining 
    ilmiyligi-yangiliklarni izlash, o‘rganish va ularga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlardan 
    foydalanish zarur. Zamonaviy pedagog (kompetentli) ta’lim jarayonida ma’lumotlar tarqatuvchi, 
    yo‘naltiruvchi, o‘quv jarayonini boshqaruvchi bo‘lishi bilan birga u tajribali do‘st, maslahatchi, 
    psixolog, novator, tadqiqotchi ham bo‘lishi lozim. Chunki, o‘quvchilar ehtiyojining o‘sib 
    borishi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi, zamonaviy pedagogik va axborot-
    kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi, ta’lim sohasidagi tajribalar, eng asosiysi jamiyat 
    ehtiyoji hamda ta’limga talabning ortishi pedagog kompetentliliga ta’sir etuvchi eng asosiy 
    omillardan biri hisoblanadi. Buning uchun pedagogdagi mahorat, ijodkorlik, yuqori darajadagi 
    tajriba (professionalizm), optimallik va o‘z ishining samaradorligi talab qilinadi.
    Pedagog professional darajaga etishi uchun quyidagi bosqichlarni bosib o‘tadi:
    –Stajyor-pedagog (shogird)
    –Pedagog 
    –Ustoz-shogird
    –Novator pedagog
    –Professional pedagog


    50

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish