48
Май 2021 10-қисм
Тошкент
BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH SHAKLLARINING UMUMIY TAVSIFI
Abdulhakimova Latofat Matnazarovna
Urganch shahar 21- son IDUM
biologiya fani o’qituvchisi
+99891 429 02 22
Annotatsiya:
ushbu maqolada biologiya fanini o’qitish shakllarining umumiy tavsifi berilgan
va ular tahlil etilgan.
Kalit so’zlar
: o’quvchi, biologiya, DTS, talab, dastur, bilim, dars, o’qitish
O‘quvchilar tomonidan biologiya o‘quv fani dasturlari va DTS bilan me’yorlangan muayyan
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni
o‘qitishning turli shakllaridan foydalanishni taqozo etadi. Biologiya o‘qitish metodikasida o‘qitish
jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan
o‘qitishning asosiy shakli bo‘lgan dars, unga bog‘liq holda ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan
tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar kiradi.
Mazkur o‘qitish shakllari birgalikda biologiya o‘qitish shakllari tizimini tashkil etadi.
O‘qitishning asosiy shakli bo‘lgan – dars, ularni bog‘lovchi vazifasini bajaradi va o‘qitishda
etakchi o‘rinni egallaydi.
Dars, ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
birgalikda biologiyani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan umumiy o‘quv maqsadlariga erishishni
ta’minlaydi, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qil-
ishga xizmat qiladi.
O‘qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo‘lgan dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan
tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning har biri biologik ta’lim oldiga qo‘yilgan
umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida o‘z ulushi mavjud. Mazkur
ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin.
O‘qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga
bog‘liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi.
Shu sababli o‘qituvchi tomonidan o‘qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni
ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’limtarbiya jarayonida tutgan o‘rni,
ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga olinishi lozim. Masalan, o‘rganiladigan mavzu
kattalashtiruvchi asboblar yoki laboratoriya jihozlari bilan bog‘liq, shuningdek, anatomik mazmun,
fiziologik jarayonlar, nazariya, g‘oya, tushunchalar, qonunlar, masala echish o‘rganiladigan bo‘lsa,
unda albatta o‘qitishning asosiy shakli bo‘lgan darsni tanlash zarur. Agar ta’lim mazmuni o‘simlik
yoki hayvonot dunyosining xilma-xilligi, turli ekologik muhit sharoitiga moslashishini o‘rganishni
talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi yoki videofilьmlar namoyish qilish maqsadga
muvofiq.
Ekologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda dars bilan bir qatorda, darsdan va
sinfdan tashqari ishlar ham muhim o‘rin tutadi. Kuzatish o‘tkazish va tajriba qo‘yishda uy ishlari,
darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, biologiyani o‘qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar
va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular o‘quvchilarda belgilangan
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan
ongli munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va o‘qitish samaradorligini
orttirishga xizmat qiladi.
Botanika va zoologiya o‘quv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar muayyan tizimga ega
bo‘lishi lozim, chunki uning natijalaridan kelgusida ko‘rgazma materiallari shaklida foydalanish
ko‘zda tutiladi.
Biologiyani o‘qitishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutadi.
Mazkur o‘qitish shakli ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning biologiya o‘quv faniga bo‘lgan
qiziqishi, olamni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.