|
Journal of Advanced Research and StabilityJournal of Advanced Research and Stability
02 Issue: 01 | 2022
ISSN: 2181
www.
Shunday qilib, kun davomida bolalar hayotini tashkil etishdagi talablar quyidagicha:
Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shartsharoitlar yaratish.
Har bir yosh guruhida faoliyat turlarini almashtirib borish.
harakat faolligini yetarlicha ta’minlash.
Mashg‘ulot, o‘yin, mehnat, maishiy faoliyat o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish.
Bolalarning olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini mustaqil faoliyatlarida qo‘llay olishga
Bolani faol bo‘lishga, har doim biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lishga o‘rgatish.
Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan ko‘zatib borish va
uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
iyatiga arbiyachining rahbarligi.
Kun tartibiga qatiy rioya qilish.
Mashg‘ulot bolalar bog‘chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulot
tarbiyachining bolalarni kerakli bilim va malakalardan umumiy holda xabardor qilishidir.
chi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini
boyitadi, madaniy, gigiyenik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli
malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni
egallaydi. Mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha
tarbiya yoshidagi hamda bolalar uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun
tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi,
tarbiyachi mashg‘ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan
bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etadi.
O‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak, mashg‘ulot
bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega.
Mashg‘ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar
rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga
birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini
namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar ishiga zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda
hadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish,
yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni
eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashga
jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. Mashg‘ulotda ta’lim
berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta
olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil qilinadi.
Mashg‘ulot paytida bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga
quloq solish , hikoya qilinayotgan voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha
umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Tayyorlov guruhlarida
mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik bilimga qiziquvchanlik, faol
tafakkur, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi.
hg‘ulot jarayonida bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi takomillashtirib boriladi,
ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi. Bolalar bog‘chasida kichkintoylarni
|
| |