K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti harakatlari kam yoki  umuman namoyon qilmaydi). B –




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/76
Sana04.02.2024
Hajmi1,69 Mb.
#151182
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)

K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti harakatlari kam yoki 
umuman namoyon qilmaydi).
B – baʼzida kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki maʼlum vaziyatlarda).
T – tez-tez kuzatiladi (bola asosiy koʻnikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D – doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xattiharakatlari talab darajasida, mustaqil 
tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish shu tartibga binoan oʻtkaziladi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim yillik oxiri (dekabr, yanvar)da 
oʻtkaziladi. Bunday kuzatishni oʻtkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning toʻgʻriligini aniqlash, rivojlanish 
dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish natijalariga koʻra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat 
tugʻilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Oʻquv yili oxirida (odatda may oyida) pedagog yakuniy kuzatishni oʻtkazadi. Mazkur kuzatish asosida yil boshida 
qoʻyilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda 
keyingi pedagogik jarayondan koʻzda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatishni oʻtkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
• 
kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish kamida ikki hafta (yoki bir oy) mobaynida olib 
boriladi.
• 
pedagog bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar 
jarayonida olishi mumkin.
• 
pedagog bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga eʼtibor 
qaratishi lozim.
Bolalarni kuzatish natijalariga ko'ra, ushbu bolaning rivojlanish sohalarida rivojlanishida kutilayotgan yangi natijalarni 
hisobga olgan holda, keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari aniqlanadi. 6-7 yoshli bolalarning yakuniy kuzatuvidan so'ng 
bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to'ldiriladi. 

Download 1,69 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti harakatlari kam yoki  umuman namoyon qilmaydi). B –

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish