• Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari
  • 11-04. Bolaning rivojlanish xaritasi. Yillik hisobot
  • -03. Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/76
    Sana04.02.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #151182
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
    Bog'liq
    99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)

    11-03. Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari:  
      
    Pedagoglar bilan oʻzaro hamkorlik ish rejasi mutaxassislar oʻrtasida oʻzaro yuritilib, bir-birlarini toʻldirishga qaratilgan 
    boʻlib, rejalashtirilgan ishlar hamkorlikda amalga oshiriladi.
    Mazkur xujjatni yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
    qoʻyiladigan davlat talablari, “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar 
    uchun moslashtirilgan o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan yakka 
    tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir.
    Ushbu hujjat pedagoglarning umumiy guruhdagi ishlar va kundalik faoliyatlar (rejim momentlari) boʻyicha hamkorlik 
    rejasi hisoblanadi. Har bir KTIMTT ustavi, kun tartibi, guruh ixtisoslashuvi (tiflo, surdo va boshqalar) asosida hamkorlik 
    ishlarini rejalashtiradi.
    Ushbu hujjat tarbiyachi va defektolog tomonidan toʻldiriladi.
    Tarbiyachining oylik va haftalik taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ish rejasi tuziladi va direktor tomonidan 
    tasdiqlanadi.
    Namuna  
    Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari  
    (defektolog va tarbiyachi tomonidan yuritiladigan hujjat)  


    62 
      
    Oylik ish reja daftari quyidagicha toʻldiriladi:  
    ish rejaning titul varagʻi; tasdiqlangan haftalik 
    mashgʻulotlar jadvali; bir oylik mavzuli reja;
    15 kunga moʻljallangan ertalabki badantarbiya mashqlari; ota-onalar bilan ishlash rejasi;
    rejaning asosiy qismida kundalik faoliyat turlari qayd etib boriladi.
    11-04. Bolaning 
    rivojlanish xaritasi. Yillik hisobot:  
      
    TPPK xulosasi asosida tashkilotga qabul qilingan kunidan аlohida extiyojga ega boʻlgan bola oʻquv yili davomida 
    doimiy ravishda kuzatilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Dastlabki kuzatish oʻquv yili boshida oʻtkaziladi (taxminan sentyabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlangʻich 
    imkoniyatlari (boshlangʻich, ayni damdagi dolzarb rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning shu davrgacha erishgan yutuqlari
    kuchli tomonlari, shuningdek oʻquv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda ularni hal qilish uchun 
    pedagogning yordami talab qilinadi. Pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini toʻldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi 
    (+) bilan belgilaydi. Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari boʻyicha olib boriladi. Agar u yoki bu rivojlanish sohasidagi 
    indikator (kutilayotgan natijalar) “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) “Pedagog izohi” ustunida eslatma yozishi lozim.
    Alohida extiyojga ega boʻlgan bolalarda boshlangʻich imkoniyatlarini, joriy rivojlanish darajasini aniqlab, individual 
    taʻlim yoʻnalishini tuzish hamda ushbu maʻlumotlardan foydalanish uchun 0 yoshdan boshlab belgilanishi maqsadga muvofiq.
    Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -03. Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish