26
-amaliy koʻnikma
Ma lumot kiritish
Foydalanuvchi
Scratchga
maʼlumot kirita oladi. Bu
ma’lumot orqali muayyan
amallarni bajarish,
foydalanish,
masalan, Spraytga nom berish
yoki nechta raund oʻynamoqchi
ekanini bildirish mumkin.
Maʼlumotlarni olish
Ask and wait bloki
Sensing
menyusida joylashgan.
Bu kod
Ismingiz xabarini
chiqaradi va foydalanuvchining
biror ma’lumot kiritishini kutadi.
Foydalanuvchi kiritadigan
maʼlumotlar gʻoyib boʻladi.
Ularni saqlash yoki keyinroq
foydalanish uchun ma’lumotni
o‘zgaruvchida saqlash
maqsadga muvofiq.
Sensing
menyusida
answer bloki
joylashgan.
Bu blok Ask buyrug‘i
ostidagi oʻzgaruvchiga
joylanadi. Blokning toʻgʻriligini
tekshirish uchun u saqlangan
oʻzgaruvchining nomi
oʻzgartiriladi.
Strelkani bosib,
ixtiyoriy nom kiritiladi.
Javobdan keyinchalik ham foydalanish mumkin. Masalan, quyidagi misolda kiruvchi
ma’lumot sifatida ism belgilangan.