7
kengash faoliyatini rivojlantirish, umumtaʼlim maktablarida
fan oyliklarini
oʻtkazish, tayanch maktablari faoliyatini tashkil etish va amalga oshiriladigan
ishlar mazmunini ehtiyojlar asosida takomillashtirib borish.
Taʼlim muassasasidagi metodik faoliyat – roli, ahamiyati, huquqiy asoslari.
Umumiy oʻrta taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash,
oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni
sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning
innovatsion shakllari va usullarini joriy etish. Uzluksiz taʼlim
tizimi mazmunini
sifat jihatidan yangilash, shuningdek, metodistlarning malakasini oshirish, oʻqitish
metodikasini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish boʻyicha normativ-huquqiy
hujjatlarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish va ijrosini taʼminlash, umumiy
oʻrta taʼlim maktablarida oʻqituvchilarga metodik xizmat koʻrsatish tartibi.
Oʻzini oʻzi rivojlantirish va mustaqil kasbiy rivojlanish
uchun shaxsiy reja
tuzish, pedagoglarning oʻzini oʻzi rivojlantirish faoliyati natijalarini baholash,
oʻqituvchilarni
uzluksiz
kasbiy
rivojlantirish
ishlarini
tashkil
etish,
muvofiqlashtirish. Ehtiyojlarga asoslangan tadbirlar, anjumanlar, shuʼba
yigʻilishlari, vebinarlar va debatlarni tashkil etish.
Kollaboratsiya (hamkorlik) maqsadi, mohiyati,
vazifasi, turlari. Metodistlar
va oʻqituvchilarning kompetensiyalari asosida kasbiy ehtiyojlari, oʻzaro tajriba
almashish, faoliyatini ommalashtirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.
Variativ oʻquv rejalari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish. Umumtaʼlim
muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlarni va
ilgʻor xorijiy tajribalarni qoʻllash, oʻquvchilarning
qiziqishlarini inobatga olish,
maktab oʻquvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik
koʻrishlariga keng imkoniyatlar yaratish, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida
variativ oʻquv rejalarini tajriba-sinovdan oʻtkazish, oʻquv dasturi va taqvim-
mavzularni
ishlab chiqish, variativ sinflarni tashkil etishda olib boriladigan ishlar
tartibi. Variativ oʻquv rejalarini amaliyotga tatbiq etishning asosiy yoʻnalishlari
shakl va metodlari.
Variativ taʼlim jarayonida innovatsion yondashuv. Tanlov sinflar
oʻquvchilarining bilimlarini aniqlash yuzasidan nazorat ishlari va monitoringini
olib borish. Variativ oʻquv rejalarini joriy etishning ahamiyati.