• Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi
  • Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyasiga qoʻyiladigan talablar
  • Kursning maqsadi va vazifalari




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/107
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #238906
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   107
    Bog'liq
    3-ILOVA

     
    Kursning maqsadi va vazifalari 
    Kursining maqsadi
    – Pedagogik markazlari metodik xizmat ko'rsatish 
    bo'limi metodistlari uchun tashkil qilinadigan kurs taʼlim-tarbiya jarayoni 
    samaradorligini oshirishga qaratilgan bilim, koʻnikma va malakalarni muntazam 
    yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni 
    maqsad qilgan. 
    Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi: 

    tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
    islohotlar mazmuni va taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-
    meʼyoriy asoslarini oʻrganish; 

    uzluksiz metodik xizmatni tashkil qilishda ilgʻor texnologiyalar va xorijiy 
    tajribalarni oʻrganish; 

    tinglovchilarni taʼlim sifatini oshirishning zamonaviy usullari bilan 
    tanishtirish; 

    kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash 
    malakalarini rivojlantirish; 

    taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash; 

    elektron komyunitilarni yaratish va fanlar boʻyicha kollaboratsiyani yoʻlga 
    qoʻyish; 

    xalq taʼlimi mutaxassislarini malaka talablariga mos holda kasbiy bilim
    koʻnikma va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida 
    uzluksiz rivojlantirish. 
    Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, koʻnikma, malaka va 
    kompetensiyasiga qoʻyiladigan talablar 
    Malaka oshirish kursi oʻquv rejasining “Metodistning kommunikativ 
    koʻnikmalarini rivojlantirish”, “AKT va mediasavodxonlik”, “Oʻzini oʻzi 
    rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish”, “Metodistning masʼuliyati va 
    moslashuvchanligi”, “Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari”, “Taʼlimning 
    normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari” 
    “Fandagi yangiliklar va fanni oʻqitishning dolzarb masalalari”, “Oʻquvchilar 
    kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” modullari boʻyicha kurs 
    qatnashchilarining bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalariga qoʻyiladigan 
    talablar tegishli yoʻnalish boʻyicha metodistlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
    kursi mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga 
    qoʻyiladigan malaka talablari bilan belgilanadi. 



    Kurs hajmi 
    Malaka oshirish kursining davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Malaka 
    oshirish 
    toifasi 
    boʻyicha 
    taʼlim 
    dasturlarini 
    toʻliq 
    oʻzlashtirgan kurs 
    tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Oʻquv modulining har 
    2 soatini oʻzlashtirgani uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi. 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   107




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish