|
Oʻquvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalariBog'liq 3-ILOVA8. Oʻquvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
Oʻquvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari.
Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash
usullari.
Baholash orqali oʻquvchilar bilan qayta aloqa oʻrnatish. Oʻquvchilarning
oʻquv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini baholashning turli usul va vositalari.
Oʻquvchilarning oʻzlarini baholashi, oʻquvchilarning boshqa oʻquvchilarni
baholashi va oʻqituvchining baholash yondashuvlari, ulardan samarali foydalanish.
Oʻquvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish.
Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga oʻzgartirishlar kiritish.
Ota-onalarni oʻquvchilarning oʻzlashtirish natijalari bilan tanishtirish.
Dasturning axborot-metodik taʼminoti
Modullarni oʻqitish jarayonida ishlab chiqilgan oʻquv-metodik majmualar,
ilmiy jurnallar, internet resurslari, multimedia mahsulotlari hamda boshqa elektron
va qogʻoz variantdagi manbalardan foydalaniladi.
Kurs mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Kurs mashg‘ulotlarini tashkil etishda quyidagi innovatsion texnologiyalar va
metodlarlardan foydalanish tavsiya etiladi: trening, konkret ta’limiy vaziyatlar
tahlili (keyslar), loyiha ishi, kichik tatqiqot, muammoli dars, mahorat darslari,
mikrodars, ish (rolli) o'yinlari, ijodiy topshiriqlar, faol (interfaol) ma’ruza,
videoma’ruza,
diskussiya,
videokonferensiyalar,
“tajriba”+”reflektsiya”=
“rivojlanish” formulasi asosida boshqa o‘qituvchilarning tajribalari va o‘z
faoliyatini refleksiv kuzatish, o’rganish yordamida takomillashtirish, faollashtirish
asosida yangi ko’nikmalarni o’zlashtirish.
Modullarni o‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualar
materiallaridan tashqari ilmiy jurnallar, Internet resurslari, onlayn kurslar, sun’iy
intelekt manbalari, mobil ilovalar, Virtual reallik (VR) texnologiyalari, multimedia
mahsulotlari hamda boshqa elektron va qog‘oz manbalaridan foydalaniladi. Bunda
smartdoska imkoniyatlaridan to’laroq foydalanib mashg’ulotlarni o’tish tavsiya
etiladi.
|
| |