Elektr toki ta'siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana29.11.2023
Hajmi1,12 Mb.
#107428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot 2021
2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, маруза-1, Toxirjon, Адабиётлар, 12, Тўғ.Янги тақдимот 16 декабр (2)11, MUNDARIJA
Elektr toki ta'siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam 
ko'rsatish 
Elektr toki ta'siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar 
ko'rsatiladigan yordamni ikki qismga bo'lib qaraladi: tok ta'siridan 
qutqazish va birinchi yordam ko'rsatish. 


- 6 - 
Tok ta'siridan qutqazish o'z navbatida bir necha xil bo'lishi mumkin. eng 
oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o'sha qismiga kelayotgan 
tokni o'chirishdir. 
Agar buning iloji bo'lmasa (masalan, o'chirish qurilmasi uzoqda bo'lsa), 
unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko'p bo'lmagan elektr qurilmalarida 
elektr simlarini sopi yog'ochli bo'lgan boltalar bilan kesish yoki 
zararlangan kishining kiyimi quruq bo'lsa, uning kiyimidan tortib tok ta's 
iridai qutqazib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V 
dan ortiq bo'lsa, unda dielektrik qo'lqop va elektr izolyatsiyasi mustahkam 
bo'lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak. 
Elektr ta'siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko'rsatish, uning holatiga 
qarab belgilanadi. Agar ta's irlangan kishi hushini yo'qotmagan bo'lsa, 
uning tinchlantirib, vrach kelishini kutish yoki uni tezda davolash 
muassasasiga olib borish zarur. 
Agar tok ta'sirida xushini yo'qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi 
ishlayotgan bo'lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va 
yoqasini bo'shatish va sof havo kelishni ta'minlash zarur. Nashatir spirti 
hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo'llarini ishqalash yaxshi natija 
beradi. 
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati 
bo'lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo'lsa, unda bu kishiga 
sun'iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur. 
Klinik o'lim holati yuz bergan taqdirda sun'iy nafas berish bilan bir 
qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak. 
Sun'iy nafas berish jarohatlangan kishini tok ta'siridan qutqazib olish, 
uning holatini anikdash bilanoq boshlanishi kerak. Sun'iy nafas berish 


- 7 - 
"og'izdan og'izga" deb ataluvchi usul bilan, ya'ni yordam ko'rsatuvchi 
kishi o'z o'pkasini havoga to'ldirib, jarohatlangan kishi og'zi orqali uning 
o'pkasiga bu havoni haydaydi. Odam o'pkasidan chiqqan havo, ikkinchi 
odam o'pkasi ishlashi uchun yetarli midorda kislorodga ega bo'lishi 
aniklangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og'zini 
ochib begona narsalardan tozalanadi. havo o'tish yo'lini ochish uchun 
boshini bir yo'li bilan peshona aralash ko'tariladi, ikkinchi yo'l bilan 
dahanidan tortib, dahanini bo'yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi . 
Shundan keyin ko'krak qafasini to'ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni 
jarohatlangan kishi og'zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko'rsatayotgan 
kishi og'zi bilan, jarohatlangan kishining og'zini butunlay berkitishi va 
yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak. 
Shundan keyin yordam ko'rsatuvchi boshini ko'tarib yana o'pkasini 
havoga to'ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas 
chiqazadi. Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro'mol 
va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil 
nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun'iy nafas oldirishni uning nafas 
olishiga bemor o'ziga kelguncha davom ettiriladi. 
Balandlikda bajariladigan ishlar - montaj moslamalaridan yoki bevosita 
konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlardan turib yer, 
bostirma yoki ishchi to‘shama yuzasidan 3 metr va undan yuqori 
balandlikda bajariladigan ishlar. Bunda ish jarayonining barcha 
bosqichida va joydan-joyga o‘tishda ishchini balandlikdan yiqilishdan 
asraydigan yagona vosita bo‘lib himoya kamari xizmat qiladi

Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr toki ta'siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam

Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish