Transformator turlari va ular bilan tanishish




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana29.11.2023
Hajmi1,12 Mb.
#107428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot 2021
2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, маруза-1, Toxirjon, Адабиётлар, 12, Тўғ.Янги тақдимот 16 декабр (2)11, MUNDARIJA
Transformator turlari va ular bilan tanishish 
 
 
Transformator deb elektr energiyasini bir kuchlanishdan ikkinchi 
kuchlanishga o’zgartirib beruvchi elektr statik aparatga aytiladi. 
Transformatorlar bir fazali yoki uch fazali bo’ladi. Elektr stantsiyalarida 
odatda uch fazali transformatorlardan keng foydalaniladi, chunki bitta uch 
fazali transformatordagi isroflar uchta bir fazali transformatorlardagiga 
qaraganda 12-15%, narxi 20-25% kamroq bo’ladi. Transformatorlarning 
maksimal quvvati, ularning og’irligi, o’lchamlari, transportirovka qilish 
shartlari bilan chegaralanadi. 
Transformatorlarni printsipial sxemalari: a-ikki chulg’amlikniki; b-uch 
chulg’amlikniki; v-past kuchlanish chulg’ami maydalangan. 
Transformatorlar ikki va uch chulg’amli bo’ladi. Bundan tashqari pastki 
kuchlanish chulg’ami ikki va undan ortiq bir-biridan izolyatsiyalangan 
parallel tarmoqlardan iborat bo’lishi ham mumkin. Bunday 
transformatorlar maydalangan chulg’amli transformatorlar 
deb aytiladi. Past kuchlanish chulg’ami maydalangan transformatorlar bir 
necha generatorlarni bitta kuchaytiruvchi transformatorga ulash imkonini 
beradi. 
Transformatorlarning asosiy parametrlariga nominal quvvat, kuchlanish, 
tok, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash va qisqa 
tutashuv isroflari kiradi. 
Transformatorning nominal quvvati deb, uning pasportida ko’rsatilgan 
nominal davr tezlik va kuchlanishdagi o’rnatilgan joyi va sovutish muhiti 


- 15 - 
nominal sharoitlarda bo’lgan xolda uzluksiz yuklash mumkin bo’lgan 
to’la quvvatning qiymatiga aytiladi. 
CHulg’amlarni nominal kuchlanishlari -birlamchi va ikkilamchi 
chulg’amlarni transformatorni salt yurishidagi kuchlanishlari. Uch fazali 
uchun -bu liniya (fazalararo) kuchlanish. Yuklama ostida ishlayatgan 
transformatorda birlamchi chulg’amga nominal kuchlanish keltirilsa, 
ikkilamchi chulg’amdagi kuchlanish nominaldan kuchlanish isroflari 
qiymatiga kichik bo’ladi. 
Transformatorning nominal toklari deb, uning pasportida ko’rsatilgan va 
uzluksiz normal ishlashi mumkin bo’lgan chulg’amlardagi toklar 
qiymatiga aytiladi. Transformatorni har qaysi chulg’amini toki uning 
nominal quvvati va nominal kuchlanishdan topiladi. 
Qisqa tutashuv kuchlanishi bu ikkinchi chulg’am qisqa tutashtirilganda 
transformatorni chulg’amlaridan birida nominalga teng tok oqadigan 
kuchlanish. 
Uch chulg’amli transformatorda q.t. kuchlanishi chulg’amlarni har qaysi 
jufti uchun uzilgan uchinchi chulg’amda topiladi. q.t. kuchlanishi 
transformatordagi kuchlanish tushuvini belgilaydi va chulg’amlarni to’la 
qarshiligini xarakterlaydi. 
O’lchov transformatorlari katta kuchlanish va tok zanjirlariga nazorat-
o’lchov asboblari, rele himoyasi va avtomatika tizimlarini ulash hamda 
o’lchov va himoya zanjirlarini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirlardan 
ajratish uchun xizmat qiladi. Ular o’lchanayotgan tok va kuchlanishlarni 
amaliyotga qulay va havfsiz qiymatlargacha transformatsiyalaydi hamda 
birlamchi yuqori tomon zanjirlarini ikkilamchi kommutatsiya past 
kuchlanish zanjirlaridan izolyatsiyalaydi. Bundan tashqari, o’lchov 


- 16 - 
asboblarini transformatorlar orqali ulash avtomatlashtirish va xodimlar 
uchun ham qulayliklar yaratadi, chunki masofadan o’lchash, nazorat 
qilish va boshqarish uchun imkon yaratiladi. 
O’lchov transformatorlariga talablardan biri birlamchi tok va 
kuchlanishlarni o’lchashda ikkilamchi qiymatlarni qiymat va faza 
bo’yicha proportsional va mos o’zgarishlari tahminlanishi kerak. 
O’lchov transformatorlari kuchlanish va tok transformatorlariga 
bo’linadi. 
Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni standart 100 V gacha 
pasaytirish va o’lchov himoya zanjirlarini yuqori kuchlanishli birlamchi 
zanjirlardan ajratish uchun xizmat qiladi, birlamchi chulg’am bilan 
tarmoqqa parallel ulanadi. 
Ishni havfsizlantirish uchun ikkilamchi chulg’amni bitta qisqichi 
zaminlanadi. 
Konstruktsiya bo’yicha uch fazali va bir fazali transformatorlar bo’ladi. 
Uch fazalilar 18 kV gacha kuchlanishlarda qo’llaniladi, bir fazalilar har 
qanday kuchlanishlarda. Izolyatsiya turiga qarab transformatorlar quruq, 
moyli va quyma izolyatsiyali bo’ladi. 
Kuchlanish transformatorlari NOS, NOSK, NTS, NTSK - 6 kV gacha 
bo’lgan kuchlanishlarda, NOM, ZNOM, NTMK, NTMI - 18 kV gacha 
bo’lgan kuchlanishlarda o’rnatiladigan qilib bajariladi. 
Bu yerda N-kuchlanish transformatori; O-bir fazali; T-uch fazali; S-
quruq; K-kompensatsiyalangan; M-moyli; Z-birlamchi chulg’ami yerga 
ulangan; I-qo’shimcha chulg’amli. 
Tok transformatori birlamchi tokni o’lchov asboblari va relelar uchun 
qulay qiymatlargacha kamaytirish va o’lchov va himoya zanjirlarini 


- 17 - 
yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirlardan ajratish uchun xizmat qiladi, 
birlamchi chulg’am tarmoqqa ketma-ket ulanadi. Ikkilamchi chulg’amda 
zanjir uzunligiga qarab 1 A yoki 5 A bo’ladi. 
Tok transformatorini ulash sxemasi. 
TT konstruktsiya bo’yicha: 
1. Alohida turuvchi. 
2. Joylashtirilgan. 
3. O’tuvchi TT 
4. Ichkariga hamda tashqariga o’rnatiladiganlarga bo’linadi. 
Ichkariga o’rnatiladigan TT tiplari: TKL, TPL, TPOL, TSHLP, TPOF, 
TPF. 
T-tok transformatori; P-o’tuvchi; K-g’altakli; L-quyma izolyatsiyali; F-
chinni izolyatsiyali; O-bir g’altakli. 
Tashqariga o’rnatiladigan: TFN, N-tashqariga o’rnatiladigan 

Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transformator turlari va ular bilan tanishish

Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish