Malakaviy amaliyot




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana29.11.2023
Hajmi1,12 Mb.
#107428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot 2021
2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, маруза-1, Toxirjon, Адабиётлар, 12, Тўғ.Янги тақдимот 16 декабр (2)11, MUNDARIJA
 
 
 
 
 
 
 
 
 


- 20 - 
Yangi zamonaviy kabel uzatish liniyalarini qurish ishlarida 
qatnashish. 
Bizga ma’lumki, Respublikamizda elektr energiyasini transportirovka 
qilishda havo liniyalaridan keng foydalaniladi. Iste’molchmlarga elektr 
energiyasini yetkazib berishda past kuchlanishli havo liniyalaridan 
foydalanamiz. Amaliyot davomida shuni bildimki,
-havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini va ustunlarini ajratib buzish, 
hamda ustun elementlarini almashtirish ish rahbari ishtirokida texnologik 
karta yoki ish bajarish loyihasi asosida bajarilishi zarur. Faqat ustunning 
mahkam va chidamli ekanligiga ishonch hosil qilingandagina, ustunga 
chiqish va uning ustida ishlashga ruxsat etilishi; 
-ustunlarni mustahkam turganiga shubha tug‘ilgan taqdirda (ustunlarni 
yerga mo‘ljaldan kam chuqurlikda ko‘milganligi, tuproqni yumshoq va 
maydaligi, yog‘ochlarni chiriganligi, betondagi darzlar va hokazolar), 
ularni mahkamlash zaruriyatini va yo‘llarini ish rahbari yoki muhandis ish 
joyida belgilashi
-ustunlarni tortqichlar yordamida mahkamlash ishlari ustun ustiga 
chiqmasdan turib, ya’ni teleskopik minora yoki boshqa odamlarni 
ko‘tarishga mo‘ljallangan mexanizmlarni bevosita ustun yoniga o‘rnatib, 
yoki bu ishlarni ustunlarga ko‘tarilmasdan o‘rnatiladigan maxsus 
mustahkamlash qurilmalaridan foydalanib amalga oshirilishi kerakligini; 


- 21 - 
-ustun mustahkamlanganidan so‘ng, unga ko‘tarilishga ruxsat etilshi 
kerakligi; 
-Simlarni bir tomonlama tortishilishiga mo‘ljallanmagan ustunlar,hamda 
vaqtincha shunday tortilish paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirda
ularni ag‘darilib tushmasligi uchun oldindan mahkamlangan bo‘lishi 
shartligini; 
-simlarni butunligini buzish va sim bog‘ichlarini bo‘shatish, man qilinshi, 
Quyidagi brigada a’zolarini ustunga chiqishiga ruxsat etiladi: 
- III guruhga — barcha turdagi ishlarni bajarish uchun ustunning 
yuqorisigacha chiqish; 
- II guruhga — uzib qo‘yilgan elektr uzatish tarmog‘ini barcha ustunlarini 
yuqorisigacha chiqib bajariladigan ishlarga, uzilmagan elektr uzatish 
tarmog‘ida esa, ustundagi eng pastki simdan ishlayotgan ishchining 
boshigacha bo‘lgan masofa 2 m qolguncha, ustunni tok o‘tkazmaydigan 
qismida bajariladigan barcha ishlarga (ustunlarni bo‘yash bilan bog‘liq 
ishlar bundan mustasno); shu kabi ishlar past kuchlanishli havo uzatish 
liniyasida amalga oshirilishini va o‘sha ishlarda qatnashib ish mukammal 
bajarilishi ta’millanadi. 

Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish