• Mahalliy elektr tasiri
  • Amaliyot o‘tash joyida texnika xavfsizligi qoidalari




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/10
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #107428
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    hisobot 2021
    2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, маруза-1, Toxirjon, Адабиётлар, 12, Тўғ.Янги тақдимот 16 декабр (2)11, MUNDARIJA
    Amaliyot o‘tash joyida texnika xavfsizligi qoidalari 
    Elektr tokining biologik ta'siri - bu tirik organizm uchun xos bo'lgan 
    xususiyat xisoblanadi. Bu ta'sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi 
    tufayli inson organizmidagi tirik xujayralar to'lqinlanadi, bunda asosan 
    organizimdagi bioelektrik jarayon buziladi. Ya'ni inson organizmi asosan 
    bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori 
    kuchlanishdagi elektr tokining ta'siri natijasida biotoklar rejimi buziladi 
    va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya'ni 
    boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba'zi bir 
    funksiyalari boshqarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon 
    aylanish tizimining ishlamay qolishi va x.k.Elektr tokining inson 
    organizmiga ta'sirining xilma xilligidan kelib chiqib, uni ikki guruppaga 
    bo'lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta'siri va tok urish. 
    Mahalliy elektr ta'siri - kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo'lishi, 
    terining metallashib qolishi hollaridir. Elektr ta'qsirida kuyish asosan 
    organizim bilan elektr o'tkazgichi o'rtasida volta yoyi hosil bo'lganda 
    sodir bo'ladi. Elektr o'tkazgichdagi kuchlanishning ta'siriga qarab bunday 
    kuyish turlicha bo'lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig'lanish bilan 
    chegaralanadi, o'rtacha og'irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo'ladi va 
    og'ir kuyishda xujayra va terilar ko'mirga aylanib, og'ir asoratlarga olib 
    kelishi mumkin. Elektr belgilari - bu terining ustki qismida aniq kulrang 
    yoki och sarg'ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo'lishi bilan 
    ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terining metallashib 
    qolishida, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metal teri 


    - 5 - 
    ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo'lganda ro'y beradi. 
    Ma'lum vaqt o'tgandan keyin bu teri ko'chib tushib ketadi va hech qanday 
    asorat qoldirmaydi. 
    Inson organizmining tok ta'siriga ma'lum qarshiligi, shuningdek tokning 
    kuchlanishi ma'lum ta'sir darajasini belgalaydi, chunki inson 
    organizmining qarshiligi o'zgarmagan holda, kuchlanish ko'payishi 
    natijasida organizmdan oqib o'tgan tok mikdori oshib ketadi. Inson 
    organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari 
    yig'indisi sifatida olinadi. 
    Teri, asosan quruq va o'lik xujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil 
    topganliga sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson 
    organizmining qarshiligani ifodalaydi. 
    Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning 
    quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori 
    qarshilikka ega bo'lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiliga 
    405000 Om qarshilikka ega bo'ladi va bu qarshilik inson ichki a'zolari 
    qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytilganlarni hisobga olgan holda umuman 
    texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul 
    qilingan. 

    Download 1,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliyot o‘tash joyida texnika xavfsizligi qoidalari

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish