Malakaviy amaliyot




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana29.11.2023
Hajmi1,12 Mb.
#107428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot 2021
2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, маруза-1, Toxirjon, Адабиётлар, 12, Тўғ.Янги тақдимот 16 декабр (2)11, MUNDARIJA
ta’mirlovchi xodimlar – elektr stansiyalar, podstansiyalar, havo liniyasi, 
kabel liniyasi, AHL, aloqa kabel liniyasi (keyingi o‘rinlarda - AKL), rele 
himoyasi, avtomatika, o‘lchash vositalari, izolyatsiya va yashindan 
himoya vositalari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalarida 
ekspluatatsion ta’mirlash va sozlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi 
muhandislar, texniklar, ustalar, ishchilar, elektr laboratoriyalar xodimlari; 
tezkor ta’mirlovchi xodimlar – o‘ziga tasdiqlangan hajmda biriktirilgan 
elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida tayyorlangan, 
maxsus o‘rgatilgan, ta’mirlovchi xodimlar toifasiga kiruvchi 
xizmatchilar; 
tok o‘tkazmaydigan qism – ishning avariya rejimlarida kuchlanish ostida 
bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmaning qismi, masalan, elektr 
mashina korpusi; 
tok o‘tkazuvchi qism – elektr qurilmaning normal holatda kuchlanish 
ostida bo‘ladigan qismi; 
ulanish – elektr stansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida 
joylashgan va taqsimlovchi qurilma (keyingi o‘rinlarda - TQ), generator, 
shchit, yig‘malarning shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi 
bir bo‘lgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar). Bitta kuch 
transformatorining (o‘ramlarining sonidan qat’i nazar), ikkita tezlikda 


- 11 - 
ishlovchi elektr dvigatelning har xil kuchlanishli elektr zanjirlari bir 
ulanish hisoblanadi. Ko‘p burchakli, bir yarimtalik va shunga o‘xshash 
sxemalarda liniya, transformator ulanishsiga ushbu liniya yoki 
transformator TQga bevosita ulangan barcha kommutatsion apparatlar va 
shinalar tegishli bo‘ladi; 
farmoyish – ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, 
vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo‘lgan taqdirda) bajarish 
topshirilgan shaxslarni belgilovchi og‘zaki topshiriq; 
xavfli ta’sir – biror-bir narsaning qandaydir obyektga (organizmga, 
uskunaga) salbiy ta’siri xavfi; 
"shart", "zarur", "kerak" – Qoidalarning ushbu talablarini bajarish 
majburiyligini bildiradi; 
ekranlash zonasi – elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan 
ortmaydigan, elektr maydonida bo‘lgan bino va inshootlar, shuningdek, 
yerga 
ulangan 
metal 
konstruksiyalar, 
uskuna 
poydevorlari, 
transformatorlar va yirik gabaritli obyektlar yaqinidagi fazo; 
elektr maydonining ta’sir zonasi – elektr maydonining kuchlanganligi 5 
kV/m dan ortiq bo‘lgan ochiq fazo; 
elektr uzatish kabel liniyasi – bir yoki bir necha kabellardan tashkil 
topgan, bevosita yerga, kabel kanallariga, quvurlariga va kabel 
konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish liniyasi; 
elektr uzatish kabel liniyalari va aloqa kabel liniyalarining muhofaza 
zonasi – yer ostida joylashgan KLning eng chetdagi kabelidan ikki 
tomonga vertikal sirtlar bilan: KL uchun 1 m, AKL uchun 2 m masofada 
chegaralangan yer uchastkasi. Suv havzasining suv osti KL va AKL 


- 12 - 
bo‘ylab eng chetdagi kabelidan ikki tomonga 100 m masofada vertikal 
sirtlar bilan chegaralangan suv sirtidan tubigacha bo‘lgan qism; 
elektr uzatish havo liniyasi – ochiq havoda joylashgan, izolyator va 
armaturalar yordamida tayanchlarga yoki muhandislik inshootlari 
(ko‘priklar, ko‘prik yo‘llari va hokazolar) kronshteynlariga hamda 
ustunlariga mahkamlangan simlar orqali elektr energiyasini uzatish uchun 
tuzilma. Elektr uzatish havo liniyasining boshlanishi va oxiri deb liniya 
portallari yoki TQ, shoshobchalar uchun esa - shoxobchaga ajralgan 
yerdagi tayanch va liniya portallari yoki taqsimlovchi qurilmaga kiruvchi 
qismi qabul qilinadi. Bunda HL tomonida liniya portallariga o‘rnatilgan 
tortuvchi izolyatsiyalovchi osmalar hamda HL simlarida mahkamlangan 
barcha qisqichlar, HLga qarashlidir. Liniya portallari, podstansiya 
tomonidan tortuvchi izolyatsiyalovchi osmalari bilan ushbu portallardagi 
halqa, HL simlaridan har xil 
uskunalarga (o‘chirish-yoqish apparatlariga, razryadlagichlarga, aloqa 
kondensatorlariga va hokazolarga) tushgan simlar hamda yuqori 
chastotali to‘sgichlar havo elektr uzatish liniyasiga kirmaydi; 
Elektr uzatish havo liniyalari va aloqa havo liniyalarining muhofaza 
zonasi 
HL bo‘ylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning og‘ishmagan 
holatida: 
1 kVgacha kuchlanishda bo‘lgan HL va AHL uchun - 2 m; 
1 - 10 kV HL uchun - 10 m; 
35 kV HL uchun - 15 m; 
110 kV HL uchun - 20 m; 
220 kV HL uchun - 25 m; 


- 13 - 
500 kV HL uchun - 30 m masofada, liniyaning ikkala tomoni bo‘ylab, 
vertikal sirtlar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo bo‘shlig‘i 
ko‘rinishidagi zona. 
Kemalar qatnovchi suv havzalari (daryolar, kanallar, ko‘llar va hokazolar) 
ustidan o‘tgan HL bo‘ylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning 
og‘ishmagan holatida liniyaning ikkala tomonida vertikal sirtlar bilan 100 
m masofada, kemalar qatnamaydigan suv havzalari uchun esa 
quruqlikdan o‘tadigan HL muhofaza zonasini belgilash uchun nazarda 
tutilgan masofadagi chegaralangan havo bo‘shlig‘i ko‘rinishidagi zona; 
elektr energetika – elektr energiyasini hosil qilish (ishlab chiqarish), 
uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi; 
elektr qurilmasi – elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya 
qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga 
aylantirish uchun 
mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va 
yordamchi uskunalar yig‘indisi (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar 
bilan birgalikda); 
elektr himoya vositalari – elektr qurilmalarida ishlayotgan odamlarni 
elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoy va elektromagnit maydoni 
ta’siridan himoya qilish uchun xizmat qiladigan, holda o‘zi bilan va 
transportda olib yuriladigan vositalar; 
yuk ko‘tarish mashinalari – yuk ko‘tarish uchun barcha turdagi kranlar, 
kran-ekskavatorlar (po‘lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida ish 
bajaradigan ekskavatorlar), tallar va chig‘irlar; 
qayta ishga qo‘yish – ushbu naryad bo‘yicha avval bajarilayotgan ishga 
qayta ishga qo‘yish; 


- 14 - 

Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish