Malakaviy amaliyot




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana29.11.2023
Hajmi1,12 Mb.
#107428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot 2021
2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, маруза-1, Toxirjon, Адабиётлар, 12, Тўғ.Янги тақдимот 16 декабр (2)11, MUNDARIJA
 
 
 
 
 


- 22 - 
 
Elektr tokidan ximoyalanish uchun qo‘shimcha vositalar 
Elektr tokidan ximoyalanishni asosiy va qo‘shimcha vositalari mavjud. 
Elektrdan himoyalash vositalari deb elektr uskunalarida ishlaydigan 
ishchi xodimlarni elektr tokidan shikastlanishdan, elektr ѐyidan 
kuyishdan, mexanikshikastlanishdan, yuqoridan yiqilishdan, elektr 
maydonning ta’siridan va hokazolardan himoyalash uchun xizmat 
qiluvchi priborlar, apparatlar, moslamalar va qurilmalarga aytiladi. 
Elektr uskunalarida qulanniladiga ximoya vositalari ikki turga bo‘linadi. 
1 Asosiy ximoya vositalari. 
2 Qo‘shimcha ximoya vositalari. 
Asosiy ximoya vositalari deb, izolyatsiyasi elektr ustanovkalarning ish 
kuchlanishlariga ishonchli chiday oladigan va ular ѐrdamida kuchlanish 
ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlariga tegish mumkin bo‘lgan ximoya 
vositalariga aytiladi. Shuning uchun ushbu ximoya vositalari elektr 
uskunaning ishchi kuchlanishiga mos kuchlanish ostida sinaladi. 
Sinalayotgan ushbu kuchlanish ishchi kuchlanishdan kamida uch baravar 
katta bo‘lishi lozim. Binobarin ximoya vositalarining ishchi izolyatsiya 
qismi elektr uskunalarda o‘ta yuklanish, avariya holatlari sodir bo‘lganda 
hamda kuchlanishni belgilangan meѐrdan oshib ketish hollari yuz 
berganda ishchi xodim xavfsizligini to‘la ta’minlashi lozim. 
Asosiy ximoya vositalari dielektrik xarakteristikasi turg‘un bo‘lgan 
materiallardan jumladan plastmassalar, chinni, ebonet, tez quriydigan 
yog‘och moyi shimdirilgan yog‘och qatlamli plastiklardan tayyorlanadi. 


- 23 - 
1000 V gacha asosiy ximoya vositalari: izolyatsiyalovchi shtangalar, 
izolyatsiyalovchi va elektr o‘lchov omburlari, dielektrik qo‘lqop, 
izolyatsiyalangan dastali asbob, kuchlanish ko‘rsatuvchi asboblar. 
1000 V gacha qo‘shimcha ximoya vositalari: dielektrik kalishlar
dielektrik rezina gilamchalar, izolyatsiyalovchi ostqo‘ymalar. 
1000 V dan yuqori kuchlanishda asosiy ximoya vositalari: operativ va 
o‘lchash shtangalari, izolyatsiyalovchi va tok o‘lchash omburlari, 
kuchlanish 
ko‘rsatkichlari, 
remont 
ishlari 
uchun 
izolyatsiyalanganqurilma va moslamalar, izolyatsiyalovchi narvonlar, 
maydonchalar, tortqilar. 
1000 V dan yuqori kuchlanishda qo‘shimcha ximoya vositalari: dielektrik 
qo‘lqoplar, botilar, dielektrik rezina gilamchalar, izolyatsiyalovchi 
ostqo‘ymalar. 
Qo‘shimcha ximoya vositalari deb, berilgan kuchlanishda tok bilan 
shikastlanishdan mustaqil holda himoya qila olmaydigan vositalarga 
aytiladi. 
Ular kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismga behos tegib 
ketishdan, 
elektr yoyidan va uning yonish maxsulotlari ta’siridan, kuyishdan ximoya 
qiluvchi yordamchi vosita xisoblanadi. Qo‘shimcha ximoya vositalari 
ishchi kuchlanishga bog‘liq bo‘lmagan kuchlanishda sinaladi. 
Elektr tokidan ximoyalash vositalarini quruq xavoda ishlatish lozim. 
Yomg‘ir, qor yog‘ayotganda, tuman, qirov tushganda ulardan 
foydalanishga ruxsat berilmaydi. 
Buning uchun maxsus kuchaytirilgan ximoya vositalaridan foydalaniladi. 
Ximoya vositalari belgilangan vaqtda sinovdan o‘tkaziladi. 


- 24 - 
Jumladan YUKK (UVN), indikator (0.4kV), dastasi izolyatsilangan 
chilangarlik asboblari bir yilda bir marta, dielektrik qo‘lqoplar olti oyda 
bir marta sinovdan 
o‘tkaziladi. Qolgan ximoya vositalari xam xuddi shunday belgilangan 
tartibda sinovdan o‘tkaziladi. Qolgan vaqtlarda esa ximoya vositvlarini 
qo‘llashdan oldin ularni ko‘zdan tashqi qobiqlari butligini ko‘zdan 
kechirish lozim. Dielektrik qo‘lqoplar esa ichiga xavo to‘ldirib, siqib 
ko‘rish yo‘li bilan ularda mayda teshiklar xosil bo‘lmaganligiga ishonch 
xosil qilinadi. 

Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish