|
Amaliy ish №3 Mavzu: Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari o‘rganish
|
bet | 35/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhat Amaliy ish №3 Mavzu: Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari o‘rganish
Mahsulotlarlarni sinash va sinovlar turlari GOST 16 504-81 ga muvofiq sinflarga ajratiladi.
Sinovlar mo‘ljallanganligiga qarab: tadqiqod uchun, nazorat uchun, solishtirish uchun, qiymatini aniqlash uchun amalgam oshirilishi mumkin.
Tadqiqod qilish sinovlari namunaviy buyumni tajribaviy qayta ishlash jarayonida konstruktorlik hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu sinovning maqsadi – ob’ekt xususiyatinig malum xarakteristikalarini (parametrlarini, xususiyatlarini va sifat ko‘rsatkichlarini) o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Sinov ob’ekti sifatida haqiqiy namuna ham ishlatilishi mumkin. SHu sinovlarda material yoki buyum xususiyatlari haqida maьlumot olinadi. Bu ma’lumot aniqlangan xususiyatdan yanada samarali foydalanish uchun zarur hisoblanadi.
Nazorat sinovlari mahsulot sifatini nazorat qilish, ya’ni amalda erishilgan sifat ko‘rsatkichini belgilangan qiymatga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Bu sinovlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida o‘tkaziladi. Bu sinovlar natijasida aniqlangan nomuvofiqlik sabablari aniqlanadi va bartaraf etilib hamda sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqiladi. Bu xil sinovlar faqat haqiqiy namunalarda amalga oshiriladi.
Nazorat sinovlari mahsulot mustahkamligi haqida etarlicha ma’lumot berilmaydi. Mustahkamligini aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda maxsus sinovlar masalan – zahiraviy (uzoq muddatlilik), buzulmasdan ishlash, saqlanuvchanlik va boshqa sinovlardan o‘tkazilishi kerak.
Nazorat sinovlari natijalari mahsulotni yaroqsizliligini aniqlash uchungina emas, balki nazorat sinovining statistik qayta ishlangan natijasi – texnologik jarayonlar sifatini aniqlash va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topish imkonini beradi. Nazorat sinovining har bir parametrlari texnologik jarayoninig maьlum qismi holatini xarakterlaydi.
1.3. Solishtirish sinovlari – xarakteristikalari bo‘yicha o‘xshash yoki bir xil ob’ektlarini ularning xususiyatlarini sinash maqsadida bir xil sharoitda sinash.
1.4. Aniqlash sinovi – obekt xarakteristikasini avval maьlum bo‘lmagan qiymatlarini belgilangan aniqlik va (yoki) ishonchlilik bilan, zarurat bo‘lganda esa tasodifiy kattalik taqsimlanish qonuniy qiymati bilan aniqlash sinovi.
2. Mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari bo‘yicha: - o‘lchamiga etkazish, dastlabki, qabul qilish va topshirish sinovlariga sinflanadi.
2.1. O‘lchamga etkazish sinovlari – mahsulotni ishlab chiqish jarayonida unga kiritilayotgan o‘zgarishlar uni belgilangan sifat ko‘rsatkichi qiymatlariga etishi uchun qanday ta’sir qilganini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovlar.
2.2. Dastlabki sinov – tajribaviy ilk namunalarni va (yoki) ilk partiya mahsulotni qabul qilib olish sinovlariga topshirish mumkinligini aniqlash maqsadida sinashdir.
2.3. Qabul qilish va topshirish sinovlari – ilk namunani mahsulotni seriyali ishlab chiqarishga qo‘yishga va (yoki) mo‘ljallanganligi bo‘yicha qo‘llashga yaroqliligini aniqlash maqsadida sinash.
3. Tayyor mahsulotni sinash quyidagicha sinflanadi.
3.1. Malakaviy sinov – korxonani muayyan mahsulotni belgilangan hajmda ishlab chiqarishga tayyorligini baholash maqsadida mahsulotning birinchi sanoat ishlab chiqarish partiyasini sinash (ya’ni, yangi mahsulot ishlab chiqilgan va u ishlab chiqarishga qo‘yiladimi yo‘qmi shu hal qilinmoqda).
3.2. Taqdim etishdan oldingi sinov – ishlab chiqaruvchi korxona texnik xizmati tomonidan mahsulotni buyurtmachiga, istemolchiga yoki boshqa qabul qilib olish idorasiga taqdim etishdan oldin o‘tkaziladigan sinov.
3.3. Qabul qilish – topshirish sinovni qabul qilib olish sinovida mahsulotning nazorat sinovidir.
3.4. Davriy sinov – me’yoriy texnik hujjatda belgilangan hajm va vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nazorat sinovi, bunda mahsulot sifatining turg‘unligi va uni ishlab chiqarish mumkinligi tekshiriladi.
3.5. Inspeksion sinov – maxsus vakolatki idora tomonidan belgilangan turdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tanlab sinovdan o‘tkazish, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining turg‘unligi nazorat qilinadi.
3.6. Mahsulot turi sinovi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasiga, xususiyatiga, yoki texnologik jarayoniga kiritilgan o‘zgarishni samarali va maqsadga muvofiq bo‘lganligini tekshirish maqsadida sinash.
3.7. Attestasion sinov – mahsulot sifat darajasi bo‘yicha attestasiyadan o‘tayotgan payitdagi sinov.
3.8. Sertifikasiya sinovi.
4. Sinov sharoiti va joyi bo‘yicha:
4.1. Laboratoriya (tajriba xonasi) – laboratoriya sharoitida amalga oshiriluvchi sinov.
4.2. Sinov stendida sinash – sinov qurilmasida o‘tkaziladigan sinash.
4.3. Poligon sinash – ob’ektni sinov poligonida sinash.
4.4. Tabiiy sinov – ob’ektni uni qo‘llanish sharoitiga muvofiq sharoitda sinash, bunda bir vaqtning xarakteristikalari baholanadi yoki nazorat qilinadi.
4.5. Modellar yordamida sinash.
4.6. Ekspluatasion sinov – tayyor mahsulotni ekspluatasiya vaqtida sinash. Bu sinovlar o‘tkazilish maqsadiga ko‘ra tadqiqod olib borish sinovlariga taalluqli bo‘ladi.
Laboratoriya sharoitida mahsulot sinovi qanchalik batafsil rejalashtirilmasin, real ekspluatasiya sharoitidagi tashqi ta’sirlar, rejimlar va sharoitlar turli tuman birikmasini hamda turli qiymatliligini amalga oshirib bo‘lmaydi. SHuning uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi uchun sinalayotgan mahsulotni ekspluatasiya vaqtida kuzatishlar natija sifatida belgilangan ma’lumot juda zarur hisoblanadi. Mahsulotni ekspluatasiya sharoitida ishlashi to‘g‘risida tezkor maьlumot yig‘ish va qayta ishlashni tashkil qilish ishlab chiqaruvchi mahsulotning kelgusi partiyasiga zarur o‘zgartirish kiritishi, texnologik jarayonni takomillashtirilishi va yangi yaxshilangan model ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi.
Biroq ekspluatasiya ma’lumoti bir qator kamchiliklarga ega. Ulardan biri shuki – mahsulotga u yoki bu alohida tashqi faktor – harorat, tezlik, yuklanish va boshqalarni ta’sirini alohida ajratib ko‘rsatish imkoniyati mavjud emas. Tashqi faktor ta’sirini bunday alohida o‘rganish analitik hisoblash usullarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘ladi.
Bu sinovning keyingi kamchiligi – maьlumot olishni juda uzoq vaqt davom etishdir. Nisbatan qimmat va murakkab texnik tizimlar (stanoklar, energetik qurilmalar va boshqalar)ning xizmat muddati bir necha o‘n yilgacha davom etishi mumkin. Bu muddat o‘tkandan so‘ng bu mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilgan bo‘lishi ham mumkin va shu sababli yig‘ilgan ma’lumot qadirsizlanib qoladi.
Mahsulot xususiyatlari xarakteristikalari haqida maьlumot olish vaqtini qisqartirish maqsadida qisqa muddatli yoki tezlashtirilgan sinovlardan foydalaniladi.
5.Sinovni davom etish vaqti bo‘yicha sinovlar uch xil: normal sinov, qisqartirilgan sinov va tezlashtirilgan sinov turlariga ajratiladi.
5.1 Normal sinovni o‘tkazish usuli va sharoiti ob’ekt xususiyatining xarakteristikasi haqida zarur hajmdagi ma’lumotni ekspluatasiya sharoiti nazarda tutilgan vaqt davomida olish imkonini beradi. Mahsulotga tushayotgan yuklanish nominal qiymatga yaqin bo‘lgan hollarda normal sinov amalga oshiriladi. Bu sinov jarayonida mohiyatan mahsulotning ekspluatasiya sharoiti hosil qilinadi. SHuning uchun ham natija juda ishonchli bo‘ladi. Sinovni uzoq vaqt davom etishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Ayniqsa resurs miqdori ko‘p qurilmalar uchun bu usuldan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Ma’lumotni kechikib etib kelishi uni zarurligi darajasini kamaytirib yuboradi va mahsulot sifatini tezkor boshqarishni qiyinlashtiriladi.
5.2. Qisqartirilgan sinov – qisqartirilga dastur bo‘yicha amalga oshiruvchi sinov. Bu sinovlar darajasizlantirish jarayonini tezlantirish qo‘llanilmaydi, balki ishgassikllar orasini qisqartirish yoki vaqt bo‘yicha ekspluatasiya (qayta ishlash) qilish ishlatiladi. Mahsulotni ish vaqtidagi tanaffuslari uni buzilishiga olib boruvchi jarayonlarga ta’sir qilmasa, shunda ishchissikllarni qisqartirishga ruxsat beriladi. Vaqt bo‘yicha ekspluatasiya qilish buzilish modeli asosida amalga oshiriladi. Sinov davomiyligini qisqartirish usullariga:
1. sinovni vaqt bo‘yicha zichlashtirish (turib qolish bo‘sh harakatlarni qisqartirish, mahsulotni to‘liq sutka davomida ishlash va hokazolar);
2. ko‘p sonli mahsulotlarni bir vaqtning o‘zida sinash;
3. eng faol mahsulot – belgilangan sharoitning murakkab holatlarda uzluksiz ishlovchi ma’lumotni sinash. Qisqartirilgan sinovlarni amalga oshirish tamoyillari maьlumot sifatiga va natijaning ishonchliligiga ta’sir qiladi
5.3. Tezlashtirilgan sinovlar – normal sharoitga nisbatan ancha qisqa vaqtda ob’ekt xususiyatlarinig xarakteristikalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotni olishni ta’minlovchi usul va sharoitlarda amalga oshiriladi. Vaqtni qisqartirish usuliga qarab, tezlashtirishning 3 xil yo‘li belgilangan:
1- Mahsulotni ishlash rejimi ekspluatasiya hujjatida belgilangan normal sharoitga muvofiq bo‘ladi va vaqtni qisqartirish statistik modellardan foydalanib amalga oshiriladi.
2- Moddalashtirilgan sinovni amalga oshirib uni normal sharoit uchun qayta hisoblashni anglatadi, vaqtni qisqartirish darajasizlantirish (eskirish) jarayoni intensivligini oshirish orqali erishiladi.
3- Ikkinchi va birinchi yo‘llardan aralashgan holda vaqtni qisqartirish uchun faqat sinovni jadallashtirish yo‘lidan foydalanish zarur.
5.4. Jadallashtirilgan sinov – tezlashtirilgan sinov bo‘lib, buzilishni keltirib chiqaruvchi jarayonlar intensivligini oshirishga asoslangan. Eskirish jarayoni intensivligini oshirish uchun mahsulotga tezlashtiruvchi (jadallashtiruvchi) omillar (ta’sirlar) ta’sir ettiriladi.
Jaddallashtirilgan sinovlar samaradorligi tezlashish koeffitsienti Ky bilan harakatlanadi. Bu koeffitsient sinov rejimida eskirish jarayoni normal rejimda ishlashga nisbatan qancha marotaba tez amalga oshayotganligini bildiradi. , bu erda - mos holda normal ish rejimida va jadallashtirilgan sinovlardagi mahsulot ishonchlilk xarakteristikasi baholanayotgan vaqtlari.
Bunda normal sinov rejimi deganda ning biror bir tashkil etuvchisi texnik hujjatda belgilangan chagaraviy oraliqlardan chiqmaydigan rejim tushuniladi. Jadallashtirish rejimning bir yoki bir necha tashkil etuvchisini qattiqlashtirish orqali amalga oshadi. Bu esa mahsulotni chegaraviy bardosh qiymatiga yaqinlashtiruvchi jarayonni intensivlashishiga olib keladi. Mexanik qurilmalarni sinashda jadallashtirish uchun yuklash yoki atrof-muhit xarakteristikalari qattiqlashtiriladi, yani:
-yuklanish berish chastotasini oshirish;
-bosim kuchlanish va hakozo yuklanishlarni qattiqlashtirish;
- tashqi mexanik va iqlimiy omillar (zarbalar, vibrasiya, harorat va hakozolar)ni qattiqlashtirish;
-ishchi muhit ta’sirini (agrisiv muhitlar, ediriluvchi zarrachalar va hakozo)larni qattiqlashtirish;
-ob’ektning asosiy sifat xarakteristikalariga qattiq (qaxratkich) ta’sir qiluvchi yuklanishlar spektorini hosil qilish amalga oshiriladi.
Jadallashtirilgan sinovlarni rejalashtirishning eng muhim bosqichlaridan biri – sinov rejimini tanlashdir. Jadallashtirilgan rejim mahsulotni normal ekspluatasiya rejimidan farq qilishi kerak, shu bilan birga shu ikkala rejim ma’lum shakilda ham sifat, ham miqdor jihatdan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Buzulish yoki eskirish jarayonini har qanday intensivlanishi mahsulot ishga yaroqsizlanish jarayoninig haqiqiy ko‘rinishini buzilishiga olib keladi. Jadallashtirilgan sinovlarni o‘tkazishning murakkablik tomoni yana shundan iboratki, istalgan ob’ektning ekspluatasiya vaqtida ehtimol tabiatdagi yuklanishlar spektori bilan harakterlanishidir.
Mahsulotni jadallashtirilgan rejimda ishlashi, eskirishi va buzulish jarayonlarida ekspluatasiya sharoitida uchramaydigan holatlarni yuzaga keltirishi va buzulish tasviri sifatini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu holatda esa sifat ko‘rsatkichlarini normal sharoitga o‘tkazish faqat rasmiy harakatga aylanib qolishi va qo‘pol holatliklarga olib kelishi mumkin. Mahsulot materiyalining ma’lum eskirish yoki buzilish qonuni doirasidagina rejimni jadallashtirishga ruxsat beriladi.
Jadallashgan sinovlarni o‘tkazishga o‘xshashlik nazariyasi usullari asos bo‘ladi. Bu nazariyasi asoslari eksperimentni rejalashtirishda, tajriba natijalarini qayta ishlashda qo‘llaniladi va olingan natijani qanday umumlashtirish va boshqa ob’ektlarga ham tadbiq qilish usullarini o‘rgatadi.
Jadallashtirilgan sinovlarda buzulishni yuzaga kelish jarayonini normalga moslashuvchanligini va mahsulotni jadallashtirilgan rejimda ishlashini ta’minlash kerak.
Vaqtning to‘g‘ri chiziqli funksiyasi hisoblangan darajasizlantirish (eskirish) jarayonini amalga oshirish uchun mahsulotni jadallashgan rejimdan ishlash vaqti ishlash vaqti normal rejimdagi vaqtiga quyidagi bog‘liqlik orqali qayta hisoblanadi:
,
Bu erda- - mahsulotninormal va jadallashtirilgan rejimlardagi ish vaqti;
- normal va jadallashgan rejimlarda buzulish tezligi qiymatlari; - sinovni tezlashtirilganlik koeffitsenti (qayta hisoblash koeffitsienti).
Eskirish jarayoninig yarim tasodifiy amalga oshirilishi – to‘g‘ri chiziqli vaqt funksiyasi bo‘lmasa, unda bo‘laklab to‘g‘ri chiziqga keltirish usuli qo‘llaniladi. Mahsulotni jadallashtirilgan rejimdan normal rejimga qayta hisoblash quyidagi ifoda bo‘yicha amalga oshiriladi:
,
bu erda - jadallashtirilgan rejimda to‘g‘ri chiziqga keltirilgan uchastka uzinligi; -i – chi to‘g‘ri chiziqga keltirilgan uchastkaning burchak koeffitsienti.
Jadallashtirilgan sinovlar sinov vaqtini bir necha baravar qisqartirish imkonini beradi, lekin murakkab mahsulotlar uchun natija ishonchliligi kamayadi. Ishonchlilikning kamayishining sababi shuki, mahsulotni jadallashgan rejimdagi ish natijasi (ya’ni kuchaytirilgan yuklanishdagi natijasi) mahsulotni normal ishlash rejimi, ya’ni nominal yuklanish sohasidagi rejimiga qayta hisoblanadi. Bunda mahsulotning turli uzellari uchun qayta hisoblash koeffitsienti turlicha bo‘ladi, chunki aynan bir jadallashtiruvchi omil mahsulotni turli uzellar uchun turlicha ta’sir qiladi va ularni texnik holati o‘zgarish tezligi turlicha bo‘ladi.
6. Ta’sir turi bo‘yicha sinovlar quyidagicha turlarga ajratiladi:
1. Mexanik – mexanik omillar ta’siriga sinovdan o‘tkazish;
2. Iqlimiy – iqlimiy omillar (atmosfera bosimi, harorat, namlik, atmosfera yog‘ingarchiliklari, tuman, quyosh nuri, shamol, chang, qum va hakozolar ta’siriga sinash;
3. Termik - harorat omillari ta’siriga sinash;
4. Radiasion – radiatsiya omillari ta’siriga sinash;
5. Elektr – elektr kuchlanishi, elektr toki va elektr maydoni ta’siriga sinash;
6. Elektromagnit – elektromagnit maydon ta’siriga sinash;
7. Magnitik – magnit maydon ta’siriga sinash;
8. Kimyoviy – maxsus kimyoviy muhitlar ta’siriga sinash;
9. Biologik – biologik omillar ta’siriga sinash.
7. Sinov ta’sirining natijasi bo‘yicha sinovlar quyidagiga ajratiladi:
7.1. Putur etkazmaydigan – putur etkazmaydigan nazorat usullarini qo‘llab sinash. Ob’ektni buzmaydigan yoki shikast etkazmaydigan holda amalga oshiriladigan sinov, materiallar, detallar yoki mahsulotlar xarakteristikalari yoki xususiyatlarini uning ekspluatasiya mustahkamliligiga salbiy ta’sir qilmay (mahsulot sifatini o‘zgartirmay) o‘lchash yoki aniqlashning barcha usullarining o‘zida mujassamlashtirgan. Putur etkazmay sinash orqali mahsulotning mustahkamliligi va uzoq mudatliligi haqida ma’lumot olib bo‘lmaydi.
7.2. Putur etkazuvchi sinov – putur etkazib nazorat qilish usullarini qo‘llab sinash. Putur etkazuvchi sinovlarning afzal tomoni shundaki, u mahsulot xususiyati haqida miqdoriy xarakteristika berish imkonini beradi. Har bir sinovda, odatda faqat bitta xarakteristika (masalan, materiallar uchun chidamlilik chegaraviy qiymati, qattiqlik va hakozo) namunalar, zagatovkalar, detallar, mahsulot, texnik tizim to‘liqligi bu sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Putur etkazuvchi sinovlar mahsulotning mo‘ljallanganlik, mustahkamlik, texnologik ko‘rsatkichlari qiymatini olish imkonini beradi. Putur etkazuvchi sinovda detal mexanik yuklanish ostida buzuladi yoki ichki tomondan o‘rganish uchun qirqib ikkiga bo‘linadi. Mustahkamlik sinovlari ham putur etkazuvchi hisoblanadi, chunki bu sinov natijasida o‘rganilayotgan mahsulotning resursi (to‘liq yoki qisman) sarf bo‘ladi. Kelgusida ishlatiladigan detallar putur etkazuvchi sinovdan o‘tkazilmaydi va putur etkazuvchi sinovdan o‘tkazilgan detallar yoki tizimlar sinovdan so‘ng o‘z mo‘ljallanishi bo‘yicha ishlatishga yaroqsz bo‘ladi. Mahsulotlarning maьlum qismi, tanlash asosida putur etkazuvchi sinovga tadbiq etiladi. Bu holda mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari mos statistik bahodan ajralishi mumkin, chunki tanlash miqdori cheklangan va tanlash tasodifiy amalga oshiriladi. Bu farqni hisobga olish uchun ishonchli ehtimollik tushunchasi kiritiladi. Ishonchli ehtimollik – bu baholanayotgan qiymatning haqiqiy qiymati yoki uni son qiymatli xarakteristikalari ishonchli deb ataluvchi intervalda joylashish ehtimolidir.
7.3. Turg‘unlik sinovlari:
Mustahkamlikka sinov – ob’ekt xususiyati xarakteristika qiymatini belgilangan qiymatdan chiqarib yuboruvchi yoki uni buzib yuboruvchi ta’sirning qiymatini aniqlash uchun o‘tkaziladigan sinov.
CHidamlilik sinovi – mahsulotning unga maьlum omillar ta’sir qilish vaqtida o‘zining funksiyalarini bajarish va parametrlari qiymatini saqlay olish xususiyatini nazorat qilish uchun o‘tkaziluvchi sinov.
8. Aniqlanadigan xarakteristikasi bo‘yicha sinovlar quyidagi turlarga ajratiladi.
8.1. Mustahkamlik sinovi – belgilangan sharoitda ishonchlilik ko‘rsatkichinig aniqlash yoki nazorat qilish uchun o‘tkazuvchi sinov. Mustahkamlik sinovi qiymatni aniqlovchi va nazorat qiluvchi, hamda normal va jadallashtirilgan va hakozo bo‘lishi mumkin.
8.2. Havosizlik sinovi.
8.3. Transportabellik (tashilishga) sinovi belgilangan sharoitlarda transportabellik ko‘rsatkichini aniqlash yoki nazorat qilish uchun o‘tkaziluvchi sinov.
8.4. CHegaraviy sinovlar – ob’ekt parametrlarinig chegaraviy ruxsat etilgan qiymatlari va ekspluatatsiya rejimi orasidagi bog‘liqligni aniqlash maqsadida o‘tkaziluvchi sinov.
8.5. Texnologik sinov – mahsulotni ishlab chikarish jarayonida uning texnologikligini baholash maqsadida o‘tkaziluvchi sinov.
9. Olinadigan ma’lumot bo‘yicha «Tanlanma miqdori bo‘yicha».
9.1. Guruhlar sinash – sifat ko‘rsatkichini guruhlab aniqlash usuli bo‘yicha otkaziluvchi sinov. Sinov natijalari tanlanmaga, partiyaga tegishli bo‘ladi; mustahkamlikning guruhli sinovi matematik statistika usullari bilan qayta ishlanganligi uchun, bu sinov uchun namunalar soni ko‘p bo‘lishi kerak. Natijani aniqligi va ishonchliligi yuqori bo‘lishi uchun har bir mahsulotlar soni ko‘p bo‘lishi kerak.
9.2. Individual sinov – sinov natijasi uzining alohida xususiyatiga ega aynan ma’lum bitta namunaga tegishli bo‘ladi.
10. Sinovni o‘tkazilish darajasi bo‘yicha – davlat sinovlari, mahkamalararo «korxonalararo» sinovlar, mahkamaviy sinovlarga ajratiladi.
10.1 Davlat sinovlari deb – belgilangan muhim mahsulot turlarini shu sinovlarni o‘tkazish huquqiga ega:
- davlat sinovlari bo‘yicha bosh tashkilot yoki
- davlat komissiyasi yoki sinovchi tashkilot tomonidan o‘tkaziluvchi qabul qilish sinovlariga aytiladi.
10.2. «Korxonalar» aro sinovlari – bu bir necha manfatdor vazirlik va «yoki» mahkami vakillaridan iborat komissiya tomonidan bajariluvchi sinov yoki bir necha mahkama birlikda ishlab chiqgan ob’ektning tarkibiy qismlarini qabul qilish uchun balgilangan mahsulot turlarini sinash.
3. Mahkamaviy sinov – manfatdor vazirlik yoki mahkamalar vakillaridan iborat komissiya tomonidan o‘tkaziluvchi sinov.
|
| |