|
Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
bet | 43/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhat Nazorat uchun savollar.
1. “YUqori rahbariyat” tushunchasiga ta’rif bering?
2. YUqori rahbariyat sift sohasida qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi?
3. Sifat sohasidagi siyosat deganda nima tushuniladi?
4. Tashkilotning sifat sohasidagi siyosati nimaga yo‘naltirilgan?
5. Sifat sohasidagi siyosatdan nima uchun foydalaniladi?
6.Tashkilotning sifat sohasidagi maqsadlari nima uchun belgilanadi?
7. Sifat sohasidagi maqsadlar o‘zida nimalarni qamrab oladi?
8. Tashkilotda qanday maqsadlarda rejalashtirish o‘taziladi?
9. Rahbariyat tomonidan tahlil nima degani?
10. Rahbariyat tomonidan tahlil qaysi jhatlarni qamrab oladi?
Amaliy ish №8
Mavzu: Mahsulot sifatini boshqarish usullari va nazarot turlarini tahlil qilish
“Ettita asosiy sifat nazorati vositalari” usuli. Usulning boshqa nomi “Sifat nazoratining etti vositasi” deyu ham ataladi.
Usul muallifi YAponiya olimlari va muhandislari ittifoqi a’zosi K. Isikava 1979 yilda ishlab chiqqan.
Usulning vazifasi bevosita ishlab chiqarishda va mahsulotning hayotiyssiklidagi turli bosqichlarida qo‘llanishdan iborat.
Usulning maqsadi kelgusida jarayon sifatini yaxshilash uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash olingan ma’lumot (statistik ma’lumot)larni tahlil qilish va amaldagi jarayonni nazorat qilish asosida birinchi o‘rinda turgan muammolarni hal qilishni aniqlash bo‘lib hisoblanadi.
Usulning mohiyati. Sifat nazorati (rejalashtirilgan sifat ko‘rsatkichi bilan uning haqiqiy qiymatini solishtirish) – bu sifatni boshqarish jarayonida asosiy vazifalardan biri bo‘lib, bu jarayonning muhim bosqichi ma’lumotlari yig‘ish, qayta ishlash va dalillarni tahlil qilish hisoblanadi.
Zamonaviy texnik nazoratning ilmiy asosi matematik-statistik usullari hisoblanadi.
Turli xil ixtisoslikdagi mutaxassislarga tushunarli va qo‘lanishi oson bo‘lgan birqancha statistik usullardan faqat ettitasi keng qo‘llash uchun tanlab olingan. Ular muammolarni aniqlash va aks ettirish vaqtida asosiy omillarni ya’ni bu muammolarni samarali hal etish maqsadida haraqatlarni boshlash va e’tiborni taqsimlashga yordam beradi.
Harakatlar rejasi. Jarayonda barcha qatnashuvchilarni ushbu usulni o‘qitishdan boshlab etti usul joriy eitilishi lozim. Usullarning qo‘llanilish ketma-ketligi qo‘yilgan maqsadlarga bohliq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Bu usullar alohida vosita sifati va usullar tizimi sifati qaralishi mumkin. Har bir usul u yoki bu vazifaga bog‘ligi bilan alohida mustaqil ravishda qo‘llanilishi mumkin.
Usulning o‘ziga xos xususiyatlari. Sifat nazoratining ettita asosiy vositalari bu jarayonni yaxshilash, to‘g‘rilash va tahlil qilish uchun turli xildagi dalillarni taqdim etish va jarayondan o‘tuvchi sifat masalalarini engillashtirishga yordam beradigan vositalar to‘plamidir.
1. Nazorat varaqasi – yig‘ilgan axbortlarni kelgusida engillashtirish uchun ma’lumotlari yig‘ish va ularni avtomatik tartiblashtirish uchun vosita.
2. Gistogramma – aniqlangan oraliqda (oldindan berilgan) ma’lumotlarni kelib tushishini takrorlanishi bo‘yicha guruhlash, ma’lumotlarni statistik taqsimlanishini baholashga yordam beruvchi vosita.
3. Pareto diagrammasi – tadqiq etilayotgan muammoga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va xolisona taqdim etish, uning samarali qarori uchun e’tiborni taqsimlash vositasi.
4. Stratifikatsiya usuli (ma’lumotlarni qatlamlashtirish) – aniqlangan alomatlar bo‘yicha ma’lumotlarni guruhlarga bo‘lishga yordam beruvchi vosita.
5. Sochilish diagrammasi (tarqalish) – o‘zgarishlarga muvofiq juftlarning o‘zaro zichligi va turini aniqlashga yordam beradigan vosita.
6. Isikava diagrammasi (sabab-oqibat diagrammasi) – yakuniy natijaga ta’sir qiluvchi eng zarur mavjud omillar (sabablar) aniqlashga yordam beradigan vosita.
7. Nazorat kartalari – jarayonga talablarni ko‘rsatuvchi, uning og‘ishlarini ogohlantiruvchi ta’silari (mos aks aloqa yordamida) va jarayonning borishini kuzatishga yordam beruvchi vosita.
|
| |