|
Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
bet | 44/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhatQo‘shimcha ma’lumotlar: Ettita sodda statistik usullar boshqarish uchun emas bilish vositasidir. Statistik muhimlik nuqtai nazaridan holatlarni qarash yo‘lidir. Xorijiy ilg‘or firmalarning barcha ishchilari ettita sodda statsitik usullarni bilishi lozim bo‘lgan. Ma’lumotlarni kelgusida qayta ishlashni engillashtirish sifatida yig‘ish lozim. Qaysi maqsadlarda ma’lumotlarni yig‘ilayotganligi va qayta ishlaishini tushinish lozim.
Odatda, sifat nazorati jarayonida ma’lumotlarni yig‘ishdan maqsad quyidagicha bo‘ladi:
jarayonni nazorat qilish va rostlash;
o‘rnatilgan talablardan og‘ishlarni tahlil qilish;
jarayonning chiqish natijalarini nazorat qilish.
Usulning e’tiborliligi uning yaqqolligi, o‘zlashtirish va qo‘llashning qulayligi bo‘lib hisoblanadi.
Usulning kamchiligi esa murakkab jarayonlarni tahlilini o‘tkazishda past samara berishidir.
Kutiladigan natija ishlab chiqarishda yuzaga keladiga muammolar 95%gacha hal etiladi.
“Nazorat varag‘i” usuli
Usulning vazifasi. Ishlab chiqarishda va mahsulot hayotiyssiklining turli bosqichlarida uning sifati bo‘yicha nazorati va miqdoriy alomatlari bo‘yicha nazoratida qo‘llaniladi.
Usulning maqsadi. Yig‘ilgan axbortlardan kelgusida foydalanishni engillashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish va ularni avtomatik tartiblashtirish.
Usulning mohiyati. Nazorat varaqasi – bu belgilash yoki qandaydir simvollar yordamida mos ravishda zaruriy ma’lumotlarni kiritish, uning nazorat parametrlarini oldidan qog‘oz blanka ko‘rinishida ma’lumotlarni qayd etish vositasidir.
Bu vosita jarayonni tahlil qilish, to‘g‘rilash va yaxshilash uchun turli xildagi dalillarni taqdim etadi va jarayondan o‘tuvchi nazorat masalalarini engillashtirishga yordam beradi.
Harakatlar rejasi. Hammasidan oldin ma’lumotlarni yig‘ishni boshlash, ular qanday maqsadlarda yig‘ilishi va qayta ishlanishi, ular bilan keyinchalik nimani hal etish kerakligini aniqlash lozim.
Odatda, sifat nazorati jarayonida ma’lumotlarni yig‘ishdan maqsad quyidagicha bo‘ladi:
jarayonni nazorat qilish va rostlash;
o‘rnatilgan talablardan og‘ishlarni tahlil qilish;
jarayonning chiqish natijalarini nazorat qilish.
Ma’lumotlarni yig‘ish maqsadi ya’ni yig‘ish zaruriyat belgilangandagina ma’lumotlar turini aniqlash uchun asos yaratiladi. Yig‘ish jarayonida ma’lumotlar sinchkovlik bilan tartiblashtirilsa keyinchalik ularni qayta ishlash engilashadi. Buning uchun quyidagilar zarur:
ma’lumotlar manbini ro‘yxatga olish (vaqt, qurilma va h.k.);
ma’lumotlardan oson foydalanish uchun ularni qayd etish.
Usulning o‘ziga xosligi. Barcha statsitik usullar ishonchli ma’lumotlarni asoslanadi. Vazifa qanday bo‘lmasin tizimdan oldin emas ketma-ket birlashtiruvchi statistik usullarni qo‘llash barchasidan oldin birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlab, keyin esa u yoki bu vosita qo‘llaniladi.
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishda nazorat varaqalari (NV)dan foydalaniladi. YUzlab turdagi NV turlari mavjuddir, aslida har bir maqsad uchun o‘z varaqlarini ishlab chiqish mumkin. Maslan, jarayon davomida o‘lchanayotgan parametrlarning taqsimlanishini qayd etish uchun NV; nuqsonlar sababi NV; asbobda rad etuvchi detallarning qayd etish uchun NV; nuqsonlarning turlarini ro‘xatga olish NV va h.k. Biroq, ularning shakli o‘zgarmasdan qoladi.
Nazorat varaqalarini tuzish qoidalari.
1. Qanday ma’lumotlar yig‘ilishini hal qilish, axbortlarni yig‘ish ketma-ketligini aniqlash.
2. Vaqt davomiyligini aniqlash, ya’ni fancha vaqt davomida axbortlar yig‘iladi.
3. Yig‘ilayotgan ma’lumotlarning turini aks ettiruvchi nomni shakllantirish.
4. Ma’lumot manbalarini ko‘rsatish.
5. Nazorat qilinadigan tavsiflar ro‘yxatini tuzish.
6. Qabul qilingan qoidalarga muvofiq to‘ldirish uchun maksimal qulay bo‘lgan, ma’lumotlarni qayd etishning standart shakli - blankasini ishlab chiqish.
Ixtiyoriy NVda manzil qismi ya’ni uning nomi, o‘lchanadigan parametri, detalning nomi va raqami,ssex, uchastka, stanok, smena, operator, material, qayta ishlash tartibi ishlab chiqarish mehnatiyoki mahsulotning sifatini oshirish yo‘llarini tahlil qilish uchun qiziqish o‘yg‘otuvchi boshqa ma’lumotlar bo‘lishi lozim. To‘ldirilgan sanasi, varaqga imzo chekuvchi va uni bevosita to‘ldiruvchi shaxs agarda bunda hisob natijalari kiritilsa bu hisoblarni bajaruvchi shaxs ko‘rsatiladi.
|
| |