• Amaliy ish №7 Mavzu: Mahsulot sifati va uni boshqarish. Mahsulot sifati va uni boshqarish haqida ma’lumotlarni o‘rganish.
  • Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari




    Download 1,1 Mb.
    bet40/57
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #139259
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
    Bog'liq
    maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

    Nazorat uchun savollar.
    1. Sifat boshqaruvi haqida gapirib bering.
    2. Sifat boshqaruvining ilmiy asoslar manbai nimalardan iborat?
    3. Standartlashtirish nima?
    4. Standartlashtirish va sifat o‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat? 5.Sifat va ishonchlilik to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
    6. Sifat va raqobatbordoshlik tushunchalarini yoritib bering.

    Amaliy ish №7
    Mavzu: Mahsulot sifati va uni boshqarish. Mahsulot sifati va uni boshqarish haqida ma’lumotlarni o‘rganish.
    Sifat sohasidagi siyosat – yuqori rahbariyat tomonidan rasmiy shakllantirgan, tashkilotning sifat sohasidagi faoliyatiga yo‘naltirilgan va umumiy maqsadlaridir.
    Sifatni boshqarishni asosiy vazifalaridan biri bo‘lib – tashkilot erishish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan va rivojlanayotgan maqsadlarni belgilash hisoblanadi. Masalan, mahsulot sotishni oshirish marketing bo‘limi uchun maqsad hisoblanadi.
    Oldinga qo‘yilgan maqsadlar nafaqat tashkilot xodimlari, balki boshqa manfaatdor tomonlar uchun ham tushunarli bo‘lishi kerak.
    Boshqarishni quyi darajalari uchun maqsadlar, aniq bo‘linmalarda belgilangan ijrochilar tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak bo‘lgan aniq topshiriqlar shaklida belgilanishi kerak.
    Sifat sohasidagi siyosatni ishlab chiqishda yuqori rahbariyat quyidagilarni hisobga olishi kerak:

    • tashkilot zafarlari uchun zarur bo‘lgan kelajakdagi yaxshilashlar imkoniyatlarini;

    • iste’molchilar qoniqishini rejalashtirilayotgan darajasini;

    • tashkilot xodimlarini kasbiy o‘sishlari imkoniyatlarini;

    • barcha manfaatdor (iste’molchilar, tashkilot xodimlari, jamoatchilik, hissadorlar, investorlar) tomonlarning ehtiyojlari va istaklarini;

    • zarur resurslarni;

    • ta’minotchilar va sheriklar hissasini.

    Mahsulot yohud xizmatlarni sifatini doimiy ta’minlash tashkilotni sifat sohasidagi siyosatini asosiy yo‘nalishi bo‘lishi kerak.
    Sifat sohasidagi siyosat korxona rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
    YUqori rahbariyat siyosatni tushunilishi, uni amalga oshirilishi va barcha darajalarda qo‘llab – quvvatlanishini ta’minlashi kerak.
    Sifat sohasidagi hujjatlashtirilgan siyosat korxona barcha xodimlariga etkazilishi kerak.

    Download 1,1 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




    Download 1,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari

    Download 1,1 Mb.