|
Korxonalarda sifatni boshqarish tizimini joriy etish orqali mahsulot raqobatbardoshligini oshirish
|
bet | 38/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhatKorxonalarda sifatni boshqarish tizimini joriy etish orqali mahsulot raqobatbardoshligini oshirish.
Bugungi kunda jaxon iktisodiyogining globallashuvi istemolchilarning maxsulot va xizmatlar, menejment usullariga bo‘lgan talablarini ortib borishiga sabab bo‘lmokda. shu bois, sanoatning etakchi tarmoklari korxonalarini modernizatsiya kilish, texnik va texnologik qayta jixozlash bo‘yicha kompleks chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Aholining talab va extiyojlarining keskin o‘sib borishi, shu ningdek, jaxon bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sha roitda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash ma- salalari muxim axamiyat kasb etadi.
Iste’mol bozori talablarining o‘zgaruvchanligi sharoitida sanoat korxonalari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy standartlarga mos keluvchi maxsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda iste’molchilarning extiyojini ta’minlash, maxsulot sotish bozorlarini kengaytirish va maxsulot eksporti xajmini oshirish, texnologik jarayonlarning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash orqali xavfsiz mexnat sharoitlarini yaratish lozim.
Sanoat korxonalarida maxsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan strategik maqsadlarga erishish uchun korxonalarda sifatni boshqarish tizimining xalqaro standartlari talablariga mos ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bozor va iste’molchilar talablarining o‘zgarishiga o‘z vaqtida moslashish maqsadida muntazam ravishda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, ishlab chiqariladigan maxsulotlarning iste’mol xususiyatlarini va sifatini yaxshilashga qaratilgan sifatni boshqarish tizimini joriy etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy va ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishni talab etmoqda.
SHu jixatdan, respublikamiz mintaqalarida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, iste’molchilarga etkazib berilayotgan maxsulotlarning baxosi, sifati va uni kafolatlanishi bo‘yicha talablarini qondirilishini xamda ichki bozorni sifatsiz maxsulotlardan ximoya qilish maqsadida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish muxim masalalaridan biri xisoblanadi.
Mamlakatimizdagi korxonalar chiqaradigan maxsulotlarning xalqaro sifat talablari va xalqaro sandartlarga javob berishi bu korxonalarning jaxon bozorida munosib o‘rinni egallashida muxim rol o‘ynaydi. Korxonalarda sifat boshqaruvi tizimini (SBT)3 joriy etish ishlab chiqarilgan maxsulot va ko‘rsatiladigan xizmatning sifati uchun kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda sertifikatlash xam majburiy va xam ixtiyoriy ko‘rinishda mavjud. Sifat boshqaruvi tizimi bozorida etakchi o‘rinni ISO 9001:2008 egallaydi bozorning 85 foizi uning xissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 19 iyundagi "Respublika korxonalarda xalqaro standartlarga javob beradigan sifat boshqaruvi tizimini joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarorining qabul qilinishi natijasida 2010 yilda sertifikatlangan korxonalar soni 2009 yil bilan solishtirganda ikki baravarga o‘sdi. Bugungi kunda sertifikatlashtirilgan 456 ta
korxonadan 300 tasi ISO xalqaro sertifikatiga ega.
Amalga oshirgan tadqiqotlarimiz natijalariga ko‘ra, aksariyat kompaniyalarda (72 foiz) ISO standartlarini joriy etish daromad, rentabellik va mijozlar bazasining o‘sishi kabi samaradorlik ko‘rsatkichlarida ijobiy natijalarga erishilishiga sabab bo‘lganligi kuzatildi. Qolaversa, ishlab chiqarishda sifatsiz maxsulotlar salmog‘ini
kamaytirish (36 foiz korxonalarda), shuningdek, korxonalar eksport faoliyatini yaxshilash (20 foiz) imkonini berdi, bu esa, o‘z-o‘zidan, raqobatbardoshlikning oshishiga xizmat qildi.
Mahsulot (moddiy yoki nomoddiy qiymat) bozorning faol bo‘lmagan elementi (ikkilamchi komponent) hisoblansa raqobatbardoshlik xossalarini o‘zining mahsulot yoki xizmatlari orqali ifoda etuvchi bozorning faol elementi (birlamchi komponenti) hisoblanadi. SHu bois mazkur iqtisodiy ob’ektlarning raqobatbardoshligining xarakteristikasini aniqlash kvalimetriyada foydalaniladigan, an’anaviy usullardan farq qiladi. Bunda korxonani boshqarish sohasida qo‘llaniladigan makroiqtisodiyot usullarining parametrlarini inobatga olish o‘rinlidir. Ta’kidlash lozimki, mahsulot raqobatbardoshligi mahsulot sifati toifalarini rivojlantirishga bog‘liqdir. Faol iqtisodiy ob’ektlar, korxona, tashkilotlarning raqobatbardoshligi yuqori darajadali samaradorlik toifasidagi parametrlarda aniqlanadi.
Tizimli tahlil nuqtai-nazaridan masalaga shunday yondashish quyidagi tarzda tasvirlanishi mumkin, ya’ni o‘zida qator funksiyalarni ifoda etgan bir jinsli ob’ektlar shuningdek, uning faoliyat natijalarini shakllantiruvchi talablardan, ya’ni, mazkur muammoga doir o‘rni va roli etarli bo‘lgan ob’ektni o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy tizim mavjuddir. Ob’ektlarga qo‘yilgan talablarning shakllanish mexanizmi esa amalda aniq bo‘lmay, mazkur talablarning ob’ektga nisbatan ta’sir kuchi zaif shakldagi ko‘rinishga ega bo‘lib, mavhum ko‘rsatkich sanaladi. Muhit talablari ob’ektlar faoliyatining natijalari singari umumiy holda turli xil iqtisodiy jihatlarni ifodalovchi bir qancha to‘plamlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Har qaysi ob’ektning maqsadi qo‘yilgan talablar doirasidagi faoliyatning natijalariga imkon qadar maksimal darajada erishishdir.
Ob’ektlar to‘plami faoliyat natijalari va muhit to‘siqlari o‘rtasidagi oraliq minumumi mezoni asosida tartiblanadi. Ushbu tartibotning xususiyati turlicha bo‘lishi mumkin. Empirik nuqtai nazaridan, yuqorida takidlangan tartibdagi to‘plamning istalgan 1 dan n-gacha (bu erda n-ko‘rilayotgan vaziyatga nisbatan qatnashayotgan ob’ektlarning maksimal soni ob’ektlarni raqobatga qobil deb hisoblash mumkin). SHunga ko‘ra tartiblangan to‘plamdagi boshqalarga nisbatan eng raqobatga qobil ob’ekt to‘plam mojaranti deb hisoblanadi.
Raqobatbardoshlik – bir qator loyihalash, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol kabi iqtisodiy vaziyatlarni hamda shu faoliyatlarning iqtisodiy natijalarini xarakterlovchi umumlashgan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
Raqobatbardoshlik barcha iqtisodiy tizimlar elementlari uchun taalluqlidir, biroq u bozorni qayta taqsimlash uchun sabab bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlarda mavjud bo‘ladi.
Ko‘rib o‘tilgan raqobatbardoshlik to‘g‘risidagi ta’rifni tahlil etar ekanmiz, unda keltirilgan tadqiqot ob’ektiga e’tibor qaratish o‘rinlidir.
Mahsulot raqobatbardoshligi- bu iste’molchi uchun jalb etuvchanlik o‘lchovidir;
Mahsulotning jalb etuvchanligi keng ko‘lamdagi, ba’zi hollarda qarama-qarshi talablarni qondirish darajasi bilan aniqlanadi.
Qo‘yilayotgan talablarning tarkibi va ulardagi ustuvorlik mahsulot turiga bog‘liq ekanligi kabi iste’molchi tipiga ham bog‘liqdir;
Raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriya sifatida relyativistik tabiatga egadir, chunki u muayyan bozorga va uning muayyan analogga (turdoshga) nisbatan qaraladi;
Raqobatbardoshlik dinamik xarakterga ega shuning uchun uni bozor kon’yunkturasining vaqt o‘tishi mobaynidagi o‘zgarishlarini inobatga olgan holda joriy davrga nisbatan qarash zarur;
Raqobatbardoshlik muammosi muvozanat holatdagi bozorga tegishlidir;
Muayyan mahsulotning raqobatbardoshligi hayotiylik davri bosqichidagi holatiga bog‘liq bo‘ladi;
U yoki bu turdagi mahsulotning raqobatbardoshligi masalasini ko‘rib chiqish uchun mahsulot muayyan bozorda o‘z ulushi va sig‘imiga ega bo‘lgandagina ma’noga ega bo‘ladi;
YUqoridagi keltirilgan izohlarni umumlashtirib, quyidagi tarifni keltirish mumkin: «Raqobatbardoshlik – bu muayyan bozorda o‘zining texnikaviy funksional, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa xususiyatlarining iste’molchilar talabiga moslik darajasini belgilovchi o‘ziga xos ulushga ega bo‘lgan va boshqa ob’ektlar foydasiga bozorni qayta taqsimlanishga to‘siq bo‘ladigan ob’ektning maxsus xossasidir».
Ta’rifdan quyidagi jixatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- to‘la raqobatbardosh bo‘lishi uchun mahsulot muayyan bozor sharoitida sotilgan mahsulotning mos ko‘rsatgichlariga nisbatan qolishmaydigan turli xususiyatlarga ega bo‘lish;
- istalgan turdagi mahsulot uchun uning raqobatbardoshligini baholash zamonaviy marketing usullarini qo‘llagan holda bozorni kompleks o‘rganish asos bo‘lib hisoblanadi.
- iste’molchi mahsulot xarid qilishda turdosh mahsulotlar ichida uning ehtiyojini boshqalardan ko‘ra to‘laroq qondirgan na’muna bo‘yicha to‘xtamga keladi. Har bir ehtiyoj istemol sohasidan ya’ni u ishlab chiqarish yoki shaxsiy ehtiyoj bo‘lishidan qat’iy nazar uning mavjud bo‘lish sohasi va zaruriy foydalilik effekti tafsilotini tasvirlovchi parametrlar yig‘indisini ifodalaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan mahsulot turi mazkur ehtiyojni qondirishga yaroqli hamda xaridorda qiziqish o‘yg‘otishi uchun u bir qator kompleks parametrlarga ham ega bo‘lishi shart. Agarda mahsulotning yalpi parametrlari ehtiyojning parametrlariga mos tushsa, bu hol ideal holat deyiladi. SHu bois, produtsent raqobatbardosh mahsulot yaratish uchun potensial xaridorning ehtiyojlarini aniq prognoz qilishga harakat qilishi zarur.
Xaridorning muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotning xarid narxi ham muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari ilm talab, texnik jihatdan murakkab bo‘lgan (ko‘p parametrli) mahsulotlarning nafaqat xarid narxi bilan, iste’mol qilinish davridagi xarajatlar ham istemolchi uchun muhimdir. Raqobatbardoshlikni tahlil etishda jami xarajatlar summasi (yig‘indisi) «iste’mol narxi» deb ataladi.
Firmaning kelgusidagi bozor ulushi o‘tgan davrdagi ulushiga va mahsulotning shu davrdagi raqobatchilik salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi; yuqori darajadagi bozor salohiyati bozordagi muvozanatning buzulishiga yoki bozorni qayta taqsimlanish jarayonlarining ushbu mahsulot foydasiga hal bo‘lishga olib keladigan qobiliyatga ega bo‘ladi; past darajali salohiyat bozorda yuz beruvchi jarayonlarga ta’sir o‘tkazishga qobil emas.
Hozirgi paytda turizm va mehmondo‘stlik sohasida raqobat muhiti mavjud bo‘lib, bozor munosabatlarining murakkabligiga qaramay, O‘zbekistonda qator turistik firma va mehmonxonalar tashkil etilmoqda, lekin ularning ko‘pchiligi ma’lum vaqtdan so‘ng raqobatga dosh berolmay turizm bozoridan chiqib ketmoqda.
Raqobat atamasi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da basma-baslikka bellashuv, kim o‘zdi ma’nosida berilgan. Bu so‘z iqtisodiyotda esa ko‘proq foyda olish, bozorlarni, xom ashyo manbalarini egallash va shu kabilar uchun o‘zaro kurashish tushunchasini anglatadi.
Raqobat bilim va ko‘nikmalardan yaxshiroq foydalanishga undaydi. Inson qo‘lga kiritgan ko‘pgina boyliklar aynan bellashuv, raqobat orqali erishilgan. Raqobat resurslarning oqilona sarfini rag‘batlantiradi.
Raqobat bozor iqtisodiyotini normal faoliyatini ta’minlovchi zaruriy elementdir. Lekin raqobat ham o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
|
| |