|
Sifat menejmenti tizimini rejalashtirish
|
bet | 41/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhat Sifat menejmenti tizimini rejalashtirish.
Sifat sohasidagi siyosat – bu sifat sohasidagi erishiladigan yoki intilayotgan maqsadlaridir.
Qabul qilingan sifat sohasidagi siyosat asosida tashkilotni yuqori rahbariyati aniq maqsadlarni ishlab chiqishi va tashkilot faoliyatini yaxshilashga olib keluvchi maqsadlarga erishish bo‘yicha faoliyatni boshqarishni ta’minlashi kerak.
Tashkilot maqsadlarini ishlab chiqishda yuqori rahbariyat quyidagilarni hisobga olishi kerak:
tashkilotni zamonaviy va kelajakdagi ehtiyojlari va iste’molchilar istaklarini;
tashkilot menedjmenti natijalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni;
mahsulot va jarayonlar sifat ko‘rsatkichlarini;
barcha manfaatdor tomonlarning qoniqishi darajasini;
tashkilot faoliyatini o‘z – o‘zini baholash natijalarini;
raqobatchilarni baholash natijalarini;
faoliyatni baholash uchun nazorat nuqtalarini belgilashni;
mahsulot, jarayonlar, menedjment tizimini yaxshilash imkoniyatlarini;
oldingan qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur resurslarni.
Tashkilotni belgilangan maqsadlariga erishish uchun yuqori rahbariyat, bo‘linmalar uchun va tegishli darajalarda, tashkilot maqsadlari bilan kelishilgan sifat sohasidagi maqsadlarni belgilanishini ta’minlashi kerak. Belgilangan maqsadlarga erishilishi uchun javobgarlik aniq belgilanishi kerak.
Tashkilot maqsadlari o‘lchanadigan bo‘lishi kerak. Bu ular, aniq qiymatlar, yoki son qiymati bilan ulchanadigan, yoki son kiymati bilan ifodalanmaydigan rejalashtirilayotgan samaradorlik bilan tavsiflanishini bildiradi.
Sifat sohasidagi maqsadlar tashkilot sifat dasturlari, sifatni oshirish bo‘yicha tadbirlar, yoxud tashkilot an’anaviy tarzda ishlab chiqadigan, sifatni oshirish, korxonani texnikaviy qayta qurish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish, ta’minotchilar bilan o‘zaro aloqani yaxshilash, iste’molchilar talablarini qondirish bo‘limlari bo‘lgan boshqa dastur hujjatlari ko‘rinishida belgilanishlari mumkin.
YUqori rahbariyat korxonada sifat menejmenti tizimini yaratish bo‘yicha ishlarni rejalashtirishni, korxona sifatni boshqarish tizimiga ISO 9000 seriyali xalqaro standartlari talablariga muvofiq amalga oshirishi kerak (sifatni boshqarish tizimini rivojlantirishni rejalashtirish sifat dasturiga kiritilishi kerak).
Rahbariyat tomonidan sifatni boshqarish tizimini tahlil qilishda tarkibiy tuzilish, tashkilot, jarayonlar faoliyatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda sifat tizimi faoliyatini samaradorligini baholash bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kerak.
Sifatni boshqarish tizimini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar, o‘zgarishlarni joriy qilishda amaldagi tizim, tashkilotni maqsadlari va vazifalari bilan qarama – qarshiliklarni bartaraf qilish yo‘li bilan sifatni boshqarish tizimini butunligi saqlanishini kafolatlashi kerak.
|
| |