|
Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
bet | 37/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhatAmaliy ish №5.
Mavzu: Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini aniqlash
«Sifat – bu qo‘yilgan va kutilgan talablarni mahsulotning yig‘ilgan tavsiflari orqali qoniktirish» degan xulosa kelib chiqadi.
Iste’molchining kutilayotgan talablarini qoniqtirish, bozorda o‘z mavkeiga ega bo‘lish uchun ishlab chiqaruvchidan kuyidagilarni talab kiladi:
1. YAngi mahsulotlarni,
2. YAngi texnologiyalarni,
3. YAngi boshqaruv usullarini
4. YAngi unsurlarni tatbik etishni.
Bu narsalarni tadbik etish esa ishlab chiqaruvchi kompaniya va firmalar orasida raqobatni yuzaga keltiradi, bu esa uz navbatida tarakkiyotning asosiy omili xisoblanadi.
Sifat tushunchasini anglab etish va uni ishlab chiqarishda ta’minlab berish xar bir tashabbuskor uchun dolzarb vazifadir.
Bozor iktisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda kurinib turibdiki asosiy vosita - sifat orkali:
xamma kurinishdagi resurslar xarajatini muvofiklashtirish;
ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarishni oshirish;
mahsulotga kuyilgan xamma talablarni bajarish;
iste’molchining kutayotgan talabini ruyobga chiqarish;
iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchining orasidagi aloka va munosabatlarni ta’minlash;
ishlab chiqarish boshqaruvini va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini doimo murakkablashtirish;
nafakat ishlab chiqaruvchini, iste’molchining xam talabini tulik kondirish imkoniyatini beradi.
Mahsulot sifati kuyidagilar bilan tariflanadi;
Xizmatga yarokligi;
Ishonchligi (xavfsizligi, uzok muddatda foydalanishligi, saklashligi, ta’mirlashga yarokligi);
Foydalanish tavsifi;
Tashki estetik kurinishi;
Ishlatishdagi kulayligi;
Sotuv oldi va keyingi xizmat ko‘rsatish va boshqalar;
Mahsulot sifati ko‘p sonli va xar-xil texnik, iktisodiy, ijti-moiy-psixologik xususiyatlar omiliga boglik.
SHartli ravishda bu omillar 3 guruxga bulinadi:
- material-texnik (ishlab chiqarish asbob-uskunalari, dastgoxlar ishlab chiqarishni texnik va metrolog ta’minoti, sinov va nazoratning uslub va vositalari, ishlatiladigan materiallar, bino va kurilmalar);
- inson omili (malakasi, professional bilimi, uz ishiga bulgan kizikishi);
- ma’muriy (tashkilotning umumiy ishlab chiqarish faoliyatini va kisman sifat boshqaruvini tashkil etish).
Umuman olganda, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yukori darajada ushlab turish va ta’minlash – kompleks muammodir.
Fakatgina ilmiy asoslangan xolda tizim va kompleksli, bir vaktda va uzaroboglik bulgan texnik, tashkiliy, iktisodiy, xukukiy va ij-timoiy tadbirlar yordamida tez va anik xolatda mahsulot sifati-ni mukammalashtirish mumkin.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga qat’iy talablar qo‘yadi. CHunki xozirgi zamonda har qanday firmaning omon qolishi, uning mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi mustahkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik ikki ko‘rsatkich – baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog‘likdir.
Har qanday ishlab chiqarishni rivojlantirish va yuksak darajaga ko‘tarish uchun uni boshqarish kerak. «Boshqarish» iborasini maxsulot sifatiga qo‘llaganda, maxsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat qilish, uning belgilovchi shartlari va omillarini maqsadga muvofiq ta’sir qildirish yullari bilan maxsulot sifatini loyixalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zaurur darajada o‘rnatilishini, ta’minlanishini va saqlanishini tushunmoq kerak.
Maxsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar kiradi:
- maxsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va loyixalashtirish ishlari xamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;
- ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid tadbirlar;
- xomashyo va materiallar sifatini oshirish bo‘yicha ta’minlovchilarga qo‘yiladigan talablar;
- maxsulot sifatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyixalashtirish yuzasidan ilmiy-tekshirish, loyixalashtirish tashkilotlariga beriladigan topshiriqlar;
- texnikaviy xujjatlarni yaxshilash tadbirlari;
- texnologik intizomga rioya kilishni tekshirish sharoiti, ishlab chiqarishni ulchov asboblari bilan ta’minlash, ularning anik ishlashini
kuzatib turish tadbirlari;
- standartlarni o‘zlashtirish, ularga rioya kilish, buyumlarni unifikatsiyalashtirish, yukori sifatli maxsulot ishlab chiqarish, nuksonlarning oldini olish va iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan noroziliklarni kamaytirish buyicha tadbirlar.
Bu kabi tadbirlar o‘z vaqtida bajarilishini to‘la-to‘kis ta’minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas’ul kishilar, muayyan xarajatlar va ularning iqtisodiy samaradorligi, rakobatbardoshligi xamda boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Ma’lumki, raqobat va raqobatbardoshlik o‘rtasida dialektik aloqadorlik mavjud bulib, biri ikkinchisidan kelib chikadi. Rakobat
korxona (firma)larni rakobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va
xizmatlar ko‘rsatishga undaydi.
Raqobatbardoshlik nisbiy o‘lchov bo‘lib, xususiyati shundan iboratki, uni raqobat predmeti (maxsulot rakobatbardoshligi)ga nisbatan xam qo‘llash mumkin.
Maxsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq extiyojlarini kondirish va uni xarid kilish xamda keyinchalik undan
foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlar darajalari bo‘yicha uni, ya’ni
maxsulot boshqa shunday mahsulotlardan ajralib turadigan tavsiflar yig‘indisi tushuniladi.
Maxsulotning raqobatbardoshligi - biror bir firma tomonidan ishlab chiqarilgan, rakobatchi firmalarning xuddi shunday mahsulotlariga karaganda yaxshirok iste’mol xususiyatlari va texnik-iktisodiy parametrlariga ega bo‘lgan mahsulotlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir.
Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va mahsulotlarning
iste’molchi extiyojlariga muvofik kelishi solishtirib va tekshirib
kuriladi. Ana shunda mahsulotning raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik darajasini ko‘rsatadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda o‘tgan 15-20 yil davomida mahsulot sifatini boshqarish tizimini yaratish,
takomillashtirish va sertifikatlashga e’tibor kuchayotganligi kuzatildi, sifatga nisbatan yangicha boshqaruv tafakkuri shakllandi. Buning asosida yalpi sifat boshqaruvi vujudga keldi. Bunday sifat boshqaruvi nafaqat yirik sanoat korxonalari, balki o‘rta va kichik korxonalarda ham qo‘llanilmoqda.
|
| |