• “ Gistogrammalar” usuli
  • “ Pareto diagrammasi” usuli.
  • Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari




    Download 1,1 Mb.
    bet45/57
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #139259
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
    Bog'liq
    maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

    Qo‘shimcha ma’lumotlar:
    1. NV ishlab chiqishda ushbu varaqani bajaruvchini bevosita jalb qilish tavsiya etiladi.
    2. Blankni yaratishda grafik axbortlar (rasm)dan ko‘proq foydalanishga harakat qilish kerak.
    3. NV ma’lumotlar qayd qilingan joyda bir qatorda saqlanadi.
    Usulning e’tiborliligi uning yaqqolligi, o‘zlashtirish va qo‘llashning osonligidir.
    Usulning kamchiligi esa nazorat varaqalari o‘lchami va shakllari turining ko‘pligidir.
    Kutiladigan natija. Yig‘ilgan ma’lumotlar turli xil statistik usullardan foydalanib jarayonni tahlil qilishda axborot manbalari va va jarayonni yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilida

    Gistogrammalar” usuli


    Usul muallifi Fransiyalik namoyonda A.M. Geri bo‘lib, u 1833 yilda ushbu usulni yaratgan.
    Usulning vazifasi. Mavjud ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini, mahsulot sifatini kuzatish, jarayonlarning barqarorligi va aniqligini tahlil qilish talab qilingan barcha holatlarda qo‘llaniladi. Gistogramma – statistik nazorat qilish vositlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. YAponiya olimlari va muhandislari ittifoqi 1979 yilda sifat nazoratining ettita usuli tarkibiga kiritgan.
    Usulning maqsadi. Birinchi navbatda hal etilishi lozimbo‘lgan muammolarni aniqlash va amaldagi jarayonni nazorat qilish.
    Usulning mohiyati. Tadqiq qilinayogan muammo bo‘yicha ma’lumotlarni sharhlashga yordamlashuvchi keng tarqalgan usullardan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Grafik ko‘rinishida taqdim etish natijasida mavjud miqdoriy axborotlarni murakab farqli jihatlarini raqamli, muammoni baholash va uni hal etish yo‘llarini topishning oddiy jadvali va qonuniyatga asoslanganligini ko‘rish mumkin.
    Harakatlar rejasi.
    1. Amaladagi jarayonning parametrlarini o‘lchash (nazorat qilish) uchun ma’lumotlarni yig‘ish.
    2. Gistogrammani qurish.
    3. Gistogrammani tahlil qilish:
    - ma’lumotlarni taqsimlanish (normal, nosimmetrik va h.k.) turini aniqlash;
    - jarayoning varibelligini aniqlash;
    - zaruriyat bo‘lganda matematik apparatlardan foydalanib normal taqsimlanishning tahlili o‘tkazish.
    4. “Nima uchun taqsimlanish aynan shunday, va bu nima haqida gapirmoqda?” savoliga javob berish.
    Usulning o‘ziga xosligi. Mahsulot, jarayon, ishlab chiqarishning sifat tavsiflarini (statistik ma’lumotlarini) tushuntirish uchun va kuzatilayotgan qiymatlarning o‘zgarish tendensiyasini yaqqol taqdim etishda statistik materiallar ya’ni taqsimlanish gistogrammasining grafik tasviridan foyalaniladi.
    Gistogramma – aniqlangan (oldandan berilgan) oraliqda bo‘lishini takrorlanishi bo‘yicha guruhlash, statistik ma’lumotlarning taqsimlanishini ko‘rib baholash imkonini beruvchi ustunli diagrammalardan biridir.
    Gistogrammani qurish tartibi.
    1. Ma’lumotlar yig‘ish, maksimal va minimal qiymatlarini aniqlashtirish va gistogrammaning diapazoni (yoyilishini) aniqlash.
    2. Hosil qilangan diapazonni oraliqlarga bo‘lib, ularning dastlabki miqdori (odatda, ko‘rsatkichlar miqdorigi bg‘liq holda 5-20 bo‘ladi) aniqlab va oraliqning kengligini aniqlanadi.
    3. Barcha ma’lumotlarni oraliqlar bo‘yicha o‘sib borish tartibida taqsimlar: chap chegaradagi birinchi oraliq mavjud qiymatdan kamaygan tartibda bo‘lishi lozim.
    4. Har bir oraliqning takrorlanishini hisoblash.
    5. Har bir oraliqda ma’lumotlarning bo‘lishini nisbiy takrorlanishini hisoblash.
    6. Olangan ma’lumotlar bo‘yicha gistogrammani qurib – takrorlanishlarga muvofiq ustun yuqoriligi yoki har bir oraliqda ma’lumotlarning bo‘lishi nisbiy takrorlanishi:
    - gorizontal o‘qga mos oraliq qo‘yilib va masshtab tanlanadi;
    - so‘ngra vertikal o‘q quriladi hamda takrorlanishning maksimal qiymatiga mos masshtab tanlanib ustunli diagrammasi yaratiladi.

    Qo‘shimcha ma’lumotlar:
    1. Ma’lumotlari grafik tarzda gistogramma shaklida taqdim etilsa variatsiya tuzilmasini oson ko‘rish mumkin.
    2. Gistogrammani tahlili natijalari bo‘yicha xulosa qilishdan oldin jarayonning mavjud shartlari uchun taqdim qilingan ma’lumotlarga ishonch hosil qilish kerak.
    3. Kichik tanlanmalarga asoslanib xulosa chiqarmang. Qancha tanlanma ko‘p bo‘lsa, ishonchililik shuncha yuqori bo‘ladi va jarayon yoki mahsulotlar guruhi uchun taqdim etilgan gistogrammaning uchta muhim parametri shakli, kengligi va uning markazi ishonchli bo‘ladi.
    4. Har bir variatsiya tuzilmalari (taqsimanig turi) uchun o‘zining sharhlanishlari mavjud.
    5. Gistogrammani sharhlash – bu nazariya ya’ni bunda tahlil qilinayotgan jarayonni bevosita kuzatish va qo‘shimcha tahlillarini tasdiqlash lozim.
    Usulning e’tiborligi uning yaqqolligi, o‘zlashtirish va qo‘llashning osonligi; fikrlar bo‘yicha emas dalillar (fakt) yordamida boshqarish.
    Jarayondagi mavjud variabellikni yaxshi tushunish imkonini yaratadi, muammoni chuqur ko‘rib chiqish va uni ha etish yo‘llariga yaqinlashini osonlashtiradi.
    Usulning kamchiligi esa kichik tanlanmalar bo‘yicha qurilgan gistogrammalarni sharhlashda to‘g‘ri xulosalarni chiqarish imkonini bermaydi.
    Kutiladigan natija. Yig‘ilgan ma’lumotlar turli xil statistik uullardan foydalanib tahlil jarayonida axborot manbalari va jarayonni yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni tanlashga xizmat qiladi.

    Pareto diagrammasi” usuli.


    Usul muallifi Italiyalik namoyonda V.Pareto tomonidan 1897 yilda va AQSHlik namoyonda M.Lorens 1979 yilda yaratishgan
    Usulning vazifasi. Ixtiyoriy soha faoliyatida amaliy qo‘llaniladi.
    Usulning maqsadi. Birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammoni aniqlash.
    Usulning mohiyati. Pareto diagrammasi – muammolarni aniqlsh va tasvirlash, bu muammolarni samarali hal etish maqsadida harakatlarni boshlash va e’tiborlarni taqsimlash bilan asosiy omillarni o‘rnatishga yordam beruvchi vositadir.
    Pareto diagrammasi ikki tur bilan farqlanadi:
    1. Faoliyat natijasi bo‘yicha – faoliyat natijasining hohlanmagan asosiy muammosini aniqlash uchun mo‘ljallangan;
    2. Sabablar bo‘yicha – ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keluvchi muammolarning asosiy sababini aniqlash uchun foydalaniladi.
    Harakatlar rejasi.

    • Hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni aniqlash.

    • Tadqiq qilinayotgan muammoga taaluqli barcha omillarni (alomatlarni) hisobga olish.

    • Ko‘p mashaqqatlar yaratadigan birinchi sababni aniqlash, ularni tartiblash va ularni ma’lumotlari bo‘yicha yig‘ish.

    • Ko‘riga qulay va ish qoidalarini amalda tushunarli xolisona taqdim etib, Pareto diagrammasini qurish.

    • Pareto diagrammasini tahlil qilish.

    Usulning o‘ziga xosligi. Pareto prinsipi (20/80 prinsipi) 20% kuch 80% natija beradi va qolgan 80% kuch - 20%gina natija berishini anglatadi.

    Pareto diagrammasini qurishning umumiy qoidasi:
    1. Qanday muammolar (muammo sabablari) tadqiqot qilinishi zarurligini, qanday ma’lumotlarni yig‘ish va ularni qanday sinflashtirishni hal qilish.
    2. Dastlabki ma’lumotlarni qayd qilish uchun shaklni ishlab chiqish (masalan, nazorat varag‘i).
    3. SHaklni to‘ldirib, ma’lumotlarni yig‘ish va har bir tadqiq etilayotgan omil (ko‘rsatkich, alomat)lar bo‘yicha jamini hisoblab topish.
    4. Pareto diagrammasini qurish uchun alohida tekshirilayotgan omillarning har birining jami uchun unda grafalari jamg‘ariladigan foizlar va umumiy foiz, omillariga muvofiq sonlar yig‘indisi ko‘zda tutilgan blank jadvalini tayyorlash.
    5. Ahamiyatliligin kamayib borish tartibida tekshirilayotgan omillar bo‘yicha olingan ma’lumotlarni joylashtirib jadvalni to‘ldirish.
    6. Diagrammani qurish uchun o‘qlarni (bitta gorizontal va ikkita vertikal chiziqlarni) tayyorlash. CHap tomondagi o‘qga 0 dan to aniqlangan omillarning umumiy yig‘indisi soni oralig‘idagi shkalali odinatasi qo‘yiladi, shuningdek, o‘ng tomondagi o‘qi ordinatiga omillarning foizli o‘lchovini aks ettiruvchi 0 dan 10 gacha oraliqli shkala qo‘yiladi. Tadqiq etilayotgan omillar miqdoriga yoki nisbiy takrorlanishlarga muvofiq abssissa o‘qini oraliqlarga bo‘linadi.
    7. Ustunli diagrammani qurish. Ustunlarning balandligi (chap shkala bo‘yicha joylashtiriladi) mos bo‘lgan omilning hosil bo‘lgan soniga teng. Ustunlar kamayi borish (omillar ahamiyatining kamayishi) tartibida joylashtiriladi. Oxirgi ustun kam ahamiyatli omillar va ularni birlashtirilgan bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan “boshqa omillarni” tavsiflaydi.
    8. Yig‘ilgan summalarni (omillarning miqdoriy yoki foizli o‘lchovini) birlashtiruvchi siniq chiziqli - yig‘ilgan egri chiziqni (Pareto egri chizig‘ini) chizing. Har bir nuqta diagramma ustunlarining mos bo‘lgan ustunlariga va uning o‘ng qismi yuqorisiga qo‘yiladi.
    9. Diagrammaga barcha belgilashlar va yozuvlarni kiriting.
    10. Pareto diagrammasini tahlil qiling. Izoh Pareto diagrammasini qurishning boshqa variantlari ham mavjud.

    Download 1,1 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




    Download 1,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari

    Download 1,1 Mb.