Sifat menejmenti tizimini rahbariyat tomonidan




Download 1,1 Mb.
bet42/57
Sana17.01.2024
Hajmi1,1 Mb.
#139259
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

Sifat menejmenti tizimini rahbariyat tomonidan

tahlil qilish.


YUqori rahbariyat tashkilotning rejalashtirgan maqsadlariga va boshqa imkoniyatlarga erishish va uning usullarini aniqlaydi. Bunday o‘lchashlar va baholash natijalaridan olingan axborotlarni rabariyat tomonidan tahlil qilish uchun kirish ma’lumotlari sifatida ko‘rib chiqadi.
Rahbariyat tomonidan tahlil – bu rahbariyat tomonidan sifat menejmenti tizimining yaroqliligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qarorlarni, sifat sifat menejmenti tizimining natijaviyligi va samaradorligini baholash jarayonidir. Tahlil natijalarida olingan dastlabki natijalar tashkilotning faoliyatini yaxshilashda qo‘llaniladi.
Rahbariyat tomonidan tahlil qilish sifat tizimini takomillashtirishni samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Tashkilot rahbariyatini tomonidan o‘tkaziladigan sifat tizimini tahlili sifat sohasidagi siyosatni bajarilishi va maqsadlarga erishilishini baholash, sifatni boshqarish tizimini natijaliligini va samaradorligini baholashni, sifatni boshqarish tizimini yaxshilash bo‘yicha imkoniyatlarni baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
Sifatni boshqarish tizimini tahlil qilish davriyligi rahbariyat tomonidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xususiyatlari, bozor kon’yunkturasini o‘zgarishi, korxonada sifat muammolarini mavjudligi, sifat tizimi faoliyat olib borayotgan vaqt va boshqa faktorlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Tahlil davriyligi: chorakda bir marta, yarim yilda bir marta bo‘lishi mumkin, ammo yilda bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Tahlil samarali o‘tkazilishi uchun, tahlil o‘tkazish protsedurasini ishlab chiqish zarur. Tahlilni o‘tkazish uchun korxona bo‘linmalari tomonidan boshlang‘ich ma’lumotlarni tayyorlash ketma – ketligini o‘rnatish tavsiya qilinadi.
Korxonani tahlilda qatnashayotgan va ma’lumot taqdim qilayotgan bo‘linmalari majburiyatlari va javobgarliklari belgilanishi, ushbu bo‘linmalar uchun tahlil bo‘yicha kirish ma’lumotlarini va mahsulot, jarayonlar va sifatni boshqarish tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflarni tarkibi va taqdim qilish shakli o‘rnatilishi kerak.
YUqori rahbariyatga taqdim qilinadigan tahlil materiallarida bo‘lishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • avvalgi tahlillar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni bajarilishi;

  • tekshirishlar, shu jumladan sifat tizimi va mahsulotni tashqi auditorlik tekshirishlari, nazorat qiluvchi idoralar tekshirishlari, shuningdek ichki auditlar natijalari;

  • mahsulotni iste’molchilar tomonidan baholanishi natijalari, ularning istak va ehtiyojlarini qondirilishi, mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha iste’molchilarning takliflari, e’tiroz va reklamatsiyalar mavjudligi;

  • nomuvofiqliklarning paydo bo‘lish hollari dinamikasi, ularni paydo bo‘lish hollarini tahlili, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar, qonunchilik, bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar, qurilmalarni eskirishi va boshqa faktorlar natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni tahlili;

  • tuzatish va oldini olish harakatlarini bajarilishi samaradorligi;

  • shartnomalarda qonunchilikka muvofiq o‘rnatilgan talablarga va me’yoriy hujjatlarning majburiy talablariga, shuningdek korxona hujjatlariga mahsulotni muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • texnologik jarayonlarni faoliyatini baholashni qo‘shgan holda, qo‘shgan holda sifat tizimida ko‘zda tutilgan jarayonlar faoliyatini natijaliligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • sifatni boshqarish tizimlarini o‘zgartirish va yaxshilash zaruriyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rahbariyat tomonidan sifatni boshqarish tizimini tahlili uchun zarur bo‘lgan, ISO 9001:2008 standartida sanab o‘tilgan (5.6.2) kirish ma’lumotlaridan tashqari, tashkilot boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni (raqobatchilarni, ta’minotchilarni baholash, moliyaviy natijalar va boshqalar) belgilashi mumkin.
Raxbariyat tomonidan tahlil qilish natijalari sifatni boshqarish tizimi va jarayonlarni yaxshilash, tashkilot faoliyatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash, iste’molchilar talablariga muvofiq mahsulot sifati darajasini oshirish bo‘yicha qarorlarni o‘z ichiga olishi darkor.
Tahlil qilish natijalari, rahbariyat tomonidan tahlil qay tarzda faoliyatni yaxshilash va sifat sohasidagi yangi maqsadlarni belgilashga olib kelishini namoyish qilish uchun shakllantirilishi kerak.
Qabul qilingan qarorlar zarur moliyaviy, modiy, mehnat resurslarni ajratish bilan mustahkamlanishi kerak. Bu rahbariyat sifat bo‘yicha faoliyatni haqiqatdan ham yaxshilashini tasdig‘i bo‘lib hisoblanadi.
Tahlil jarayoni rahbariyat tomonidan tahlil natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qilish va ularni samaradorligini sifatni boshqarish tizimini keyingi tahlilida baholash tizimini ko‘zda tutishi kerak.

Download 1,1 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Download 1,1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifat menejmenti tizimini rahbariyat tomonidan

Download 1,1 Mb.