• Nazorat uchun savollar.
  • Amaliy ish №6 Mavzu: Mahsulot sifati va raqobat tushunchalarini tahlil qilish. Mahsulotning raqobatbardoshlik parametrlarini aniqlash.
  • Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari




    Download 1,1 Mb.
    bet39/57
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #139259
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
    Bog'liq
    maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

    Ijobiy tomonlari:
    - resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi;
    - o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitlariga tez moslashish zaruratini talab qiladi;
    - yangi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqishda ilmiy-texnik yutuqlardan optimal foydalanish sharoitini yaratadi;
    - iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar harakati va tanlovi erkinligini ta’minlaydi;
    - ishlab chiqaruvchilarni mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish va iste’molchilarning turli xil ehtiyojlarini qondirishga chorlaydi.
    Salbiy tomonlari:
    - qayta tiklanmaydigan resurslarni(hayvonot, foydali qazilmalar, o‘rmon, suv va sh.k.) tejashga chorlamaydi;
    - atrof-muhit ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
    -ommaviy foydalanadigan mahsulot va xizmatlarning(yo‘llar, jamoa transporti va sh.k.) ishlab chiqarilishini ta’minlamaydi;
    - fundamental fanlar, ta’lim tizimi, shahar xo‘jaligining ko‘pgina elementlari rivojiga sharoit yaratmaydi;
    - mehnat, daromad, dam olishga bo‘lgan huquqni kafolatlamaydi;
    - jamiyatni boylar va kambag‘allar qatlamiga ajralishi, ijtimoiy nohaqliklarga qarshi mexanizmlarga ega emas.
    Umuman olganda, ushbu iqtisodiy munosabat ko‘proq ijobiy holatlarni vujudga keltiradi. Raqobatning mazmun, mohiyatini chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini keltiramiz:
    Nazorat uchun savollar.
    1. Sifat boshqaruvi haqida gapirib bering.
    2. Sifat boshqaruvining ilmiy asoslar manbai nimalardan iborat?
    3. Standartlashtirish nima?
    4. Standartlashtirish va sifat o‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat? 5.Sifat va ishonchlilik to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
    6. Sifat va raqobatbordoshlik tushunchalarini yoritib bering.

    Amaliy ish №6
    Mavzu: Mahsulot sifati va raqobat tushunchalarini tahlil qilish. Mahsulotning raqobatbardoshlik parametrlarini aniqlash.
    Raqobatbardoshlik raqobatning natijaviy mahsuli. Raqobatni o‘rganish bozorda o‘tkaziladigan tadqiqotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblandi. CHunki bu tadqiqotlar turizm tashkilotlarida raqobatbardoshlikni boshqarishni tashkil etishda asos bo‘ladigan strategiya va taktikani ishlab chiqish, texnik daraja va sifatni oshirishda to‘g‘ri yo‘l tanlash masalalarini hal qilishga yordam beradi.
    Raqobatbardoshlik raqobatning natijaviy mahsuli bo‘lib, iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda turizmda tezda, qisqa muddatlarda yuzaga chiqadi. SHuning uchun ham turizm sohasida raqobatdan cho‘chimaslik, ikkilanmaslik talab qilinadi. CHunki, turizm bozoridagi raqobat natijalari bo‘yicha qisqa vaqtda bo‘lajak rejaning maqsadi va vazifasini belgilab olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, turizmdagi mahsulotlar va xizmatlar sifatini iqtisodiyotning mahsulotlar ishlab chiqarish sohalariga tenglashtirganda qisqa vaqtda yaxshilash, oshirish mumkin. SHuningdek, yangi mahsulotlar va xizmatlarning reklamasini ham tezlikda turizm bozoriga taklif qilish imkoniyatlari ham mavjud bo‘ladi.
    Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy muvaffaqiyati ularning qanchalik raqobat qonuni va uning ko‘rinishlarini o‘rganganlari, raqobat kurashiga tayyor ekanliklariga bog‘liqdir. Hozirda «raqobatbardoshlik» termini ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, tadbirkorlar orasida kam ishlatilmoqda. Bu ichki bozorda raqobat darajasining pastligidan va xizmat ko‘rsatishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ulushi kamligini bildiradi. O‘zbekistonnning jahon iqtisodiyotida bosqichma-bosqich integrallashuvi tashkilotlar raqobatbardoshligini oshirish muammosining dolzarbligini belgilamoqda.
    A.YU. YUdanovning fikricha, raqobatbardoshlik- bu real xaridni amalga oshirayotgan iste’molchi uchun ushbu mahsulotning maftunkorlik, jozibadorlik darajasidir. Raqobatbardoshlik mahsulotning farq qiluvchi jihatlari bilan emas, balki xaridni amalga oshirayotgan mijozlar uchun uning jozibadorligi bilan bog‘liq. Bu erda sotuvlarning ommaviyligi va mahsulotning raqobatbardoshligi o‘rtasida tenglik belgisini qo‘ymaslik kerak- bular garchi bog‘liq bo‘lsa ham, har xil tushunchalardir. Raqobatbardoshlik mahsulotning bozorda taqdim etilgan boshqa o‘xshash mahsulotlar bilan solishtirganda, raqobatli bozor va xaridorlar talablariga javob bera olish qobiliyati bilan aniqlanadi.
    Tashkilot faoliyat olib borayotgan mahsulot va xizmatlar bozorida raqobatning mavjudligi tashkilotdan aniq raqobatbardoshlikni talab qiladi, aks holda uni bozordan «siqib» chiqarishadi. Boshqacha qilib aytganda, raqobat xususiyati raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.
    SHuni ta’kidlash joizki, turistik hudud yagona turistik mahsulot ya’ni raqobatbardosh birlik hisoblanib, yagona strategik tijorat birligi sifatida boshqarilishi zarur. Turistik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi turistik hudud sifati ular o‘z xizmatlarini qanchalik darajada buyurtmachilar ehtiyojiga moslashtira olishi bilan o‘lchanishi lozim. Bozordan etarlicha qadriyatlar yig‘indisini olgan turistik hududgina raqobatbardosh bo‘la oladi.
    YAgona raqobatbardosh birlik sifatida umumiy hududning strategik maqsadi- raqobatbardoshlikni uzoq muddat ta’minlashdir. Turistik kompleks elementlari (mehmonxona, transport tashkilotlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari va sh.k.), ularning bozorlari, aholi, atrof-muhitning o‘zaro harakati hududning raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi.
    Turistik kompleks mamlakat va uning alohida hududlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ushbu sektor raqobatbardoshligini rivojlantirish zaruriyatini paydo qiladi. Turistik komplekslar xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish muammolarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

    • bozor sharoitida turistik kompleksni boshqarish tamoyillarini shakllantirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;

    • menejment va boshqaruv qarorlarini ko‘rib chiqishda asosiy ilmiy yondashuvlarni qo‘llash(tizimli, marketing, funksional, me’yoriy va sh.k.);

    • turistik kompleks tashkilotlarining rivojini innovatsion rivojlantirishga yo‘naltirish va sh.k.

    «Turizm xizmatlari raqobatbardoshligi» tushunchasining mazmunini tahlil qilish natijasida quyidagi asosiy xulosalar qilindi:

    1. Raqobatbardoshlik- bu bozor xo‘jaligini yuritish tizimining elementidir. Bunda bir turizm xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar boshqa ishlab chiqaruvchilardan turizm bozori ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish xususiyatiga ega bo‘ladilar va shu bilan bozorda barqaror o‘ringa ega bo‘ladilar.

    2. Turizm xizmatlari raqobatbardoshligi nisbiy tushunchadir, chunki u qaysi ishlab chiqaruvchi bilan, qaysi bozorda solishtirish ro‘y berayotganligiga bog‘liq. SHu bilan birga, turizm xizmatlarini ishlab chiqaruvchi yoki turistik mahsulot qaysi bozorda taqdim etilishidan qat’iy nazar, shubhasiz raqobat ustunligiga ega bo‘lishi ham mumkin.

    3. Raqobatbardoshlik ichki ierarxiyaga ega, ya’ni har xil lokalizatsiya darajalarining o‘zaro munosabatlari orqali namoyon bo‘ladi- alohida turistik mahsulot(xizmat) darajasidan to hududiy va milliy turistik kompleks darajasigacha. Ierarxiya darajalari o‘rtasidagi bog‘liqliqlar dialektik xarakterga ega: bir tomondan ularga o‘zaro majburiyatlar xos bo‘lsa, ikkinchi tomondan, har biri o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan aniq sifat tavsiflariga ega bo‘lishi mumkin.

    4. Turistik komplekslar raqobatbardoshligini ma’lum bir darajada ta’minlovchi muhim elementlardan biri sifatida, hududning turistik mahsulot ishlab chiqarish omillariga egaligi, uning sifati, narxi va ulardan foydalanish darajasini ko‘rsatish mumkin.

    5. Raqobat ustunligining ahamiyati vaqt bilan chegeralangan. Erishilgan raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolish uchun ustunliklarni shakllantirish jarayoni uzluksiz olib borish kerak. Demak, raqobatbardoshlik nafaqat iqtisodiy holat, balki mahsulotni, uni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonini takomillashtiruvchi innovatsiyalarni uzluksiz izlash jarayonidir.

    6. Raqobatbardoshlik turistik tashkilot samaradorligini umumlashtiruvchi mezondir, chunki turizm tashkilotning «yashab» qolishi va rivojlanishi imkoniyatlari uning erishgan raqobatbardoshlik darajasiga bog‘liq. SHu bilan birga, u turizm tashkilotini iqtisodiy tizim sifatida shakllantiradigan elementlar, jarayonlar va o‘zaro aloqalar soni, sifati va rivojlanishi sur’atiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

    SHunday qilib, raqobatbardoshlik har bir iqtisodiy tizim mo‘ljal olib shakllanishi, takomillashishi zarur bo‘lgan, muhim tizim yaratuvchi belgi sifatida ko‘rib chiqilishi kerak ekan.
    Ma’lumki ba’zi adabiyotlarda raqobatbardoshlik mahsulot sifatining sinonimii sifatida qaraladi. YUqorida takidlangan tavsilotlar bunday konsepsiyani inkor etadi.
    Birinchidan istalgan mahsulotning raqobatbardoshligi iste’molchi ehtiyojini qondira oladigan va uning manfaatlariga mos kelgan xossalari jamlamasi sifatida e’tirof etilsa, mahsulotning boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari iste’molchida qiziqish o‘yg‘otmaydi, ko‘p hollarda uning manfaatlari doirasidan tashqarida bo‘ladi. YA’ni umumiy tarzda mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish va mahsulotni bozorga kiritulguncha bo‘lgan barcha shart-sharoitlar iste’mol xossalari doirasida iste’molchi uchun qiymatni e’tirof etadi xolos. Masalan: ishlab chiqaruvchining mahsulotning muayyan bir bo‘g‘inida material va mehnat tejamkorligiga erishish evaziga sifatini oshirish, agar u buyumning narxining kamayishiga ta’sir etmasa, istemolchi uchun mahsulotning jalb etuvchanligi o‘zgarmaydi.
    Ikkinchidan, mahsulotning sifat darajasini aniqlashning muhim elementi bo‘lib bazaviy (namuna) mahsulot bilan taqqoslash hisoblanadi. Taqqoslash uchun namuna tanlash masalasi muammolardan biridir. Agar raqobatbardoshlik to‘g‘risida gap borsa, uni baholash uchun tahlil etilayotgan buyumning raqib mahsulotga nisbatan iste’molchilarning istak va talablar asosida tan olingan parametrlari taqqoslanadi va shu asosda ularning sifat ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslanadi.
    Uchunchidan, sifat pozitsiyasi bo‘yicha bir jinsli ob’ektlarni nafaqat iste’mol va qo‘llanish sohasiga nisbatan balki, konstruksion va texnologik xususiyatlariga nisbatan ham taqqoslash zarur bo‘ladi. Raqobatbardoshlik pozitsiyasiga ko‘ra esa baza sifatida muayyan ehtiyojning qondirilishi hisoblanadi. Bunda taqqoslash jarayonida bir jinsli bo‘lmagan namunalar – ya’ni, funksional sohasi yaratilish texnologiyasi prinsipini e’tirof etuvchi elementar bazasi bir-biridan farq qiluvchi, biroq, ma’lum bir ehtiyojni turli xil yo‘llar (usullar) orqali qondiradigan ob’ektlar taqqoslanadi. Masalan texnikaviy buyumning bozor qurilmasining fizikaviy tuzilish va uning samarasi emas, balki buyumning texnikaviy xarakteristikasi, narxi va shu kabi ko‘rsatkichlar taqqoslanadi.
    To‘rtinchidan, maxsus meyoriy xujjatlarga muvofiq tayyorlangan maqsulotning sifatining tahlili mahsulot raqobatbardoshligi bozorda ya’ni xaridorning unga nisbatan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari asosida baholanadi. Iste’molchilarning xaridorlik tahlili modelini quyidagi munosabatda aks ettirish mumkin.
    Mahsulotning sifati uning ob’ektiv mavjudligini bildiruvchi xarakteristikasi bo‘lsada, iste’molchining xarid to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun etarli emas. Boshqacha anglaganda mahsulotning raqobatbardoshligi uni boshqasidan farqlovchi xarakteristikalari bilan aniqlanmay, uning xaridga yo‘naltirilgan istemolchi uchun jalb etuvchanligi asosida aniqlanadi. YA’ni iste’molchining qarori proporsional tarzda yuzaga kelsa ham bu holat iste’molchining suverenligini taqoza etadi.
    Biznes tarixida ekspertlar tomonidan yuqori baholangan mahsulotlarga iste’molchilar beparvo munosabatda bo‘lish hollari ko‘p uchragan.
    Ta’kidlash joizki, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini tavsiflovchi xossalar jamlanmasi mahsulotning hayotiylik davrining turli bosqichlarida turlicha talqin etiladi. YA’ni, loyihalash va ishlab chiqarish bosqichida (soxasida) mahsulotning sifati uni iste’mol qilish bosqichida (cohasida) aniq bo‘ladi. Mahsulotning raqobatbardoshligi esa uni sotish, ya’ni ayirboshlash sohasida ayon bo‘ladi. SHunga ko‘ra «sifat» va «raqobatbardoshlik» kategoriyalari turli sohalarga mansub va ular turlicha kattaliklar orqali aniqlanadi.
    SHunday qilib, raqobatbardoshlik – bu muhim bozor kategoriyasi bo‘lib, bozorning raqobat xossasini e’tirof etadi. Buyumning sifat belgilari doimiy bo‘lganda uning raqobatbardoshligi ob’ektning raqobat muhitining turli omillariga nisbatan kichik doirada o‘zgaradi.
    SHunga ko‘ra, raqobatbardoshlik kompleks muammo hisoblanib, u ikkita fanning emperik va nazariy tadqiqotlari asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bular: texnikaviy fan bo‘lgan –kvalimetriya hamda iqtisodiy fan hisoblangan marketing fanlaridir.
    SHunga muvofiq mahsulotning raqobatbardoshligini tahlil qilish va baholash muammolarini hal etish ushbu ikkala fanlarning ilmiy metodologik konsepsiyalariga tayangan holda amalga oshirilishi zarur. Raqobatbardoshlikni tahlil qilish va baholash metodologik konsepsiyasining shakllanishi quyidagi muammolarni hal etish bilan o‘zviy bog‘liqdir:
    - mahsulotning potensial haridorlarining talab va istaklarini o‘rganish;
    - raqib mahsulotni sotish sharoitlari bo‘yicha informatsiya yig‘ish maqsadida bozor monitoringini tashkil etish;
    - ishlab chiqaruvchi va iste’molchi uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining yagona tizimini ishlab chiqish;
    - raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar to‘plamini shakllantirish va ularning o‘zaro aloqadorligini aniqlash bo‘yicha hamda tadqiqot muammolarining umumlashgan modelini yaratish.
    - mahsulot raqobatbardoshligini baholashda umumiy miqdoriy yondoshuvni shakllantirish, shuningdek, mazkur muammoga taalluqli bo‘lgan masalalar echimining algoritmini va protseduralari bo‘yicha xususiy usullarini ishlab chiqish;
    - mahsulot raqobatbardoshligi va uni aniqlovchi omillar dinamikasini tahlil qilish va prognozlash;
    - bozor ulushi va belgilangan foyda hajmini ta’minlovchi mahsulot raqobatbardoshlik darajasini aniqlash.

    Download 1,1 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




    Download 1,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari

    Download 1,1 Mb.