• Amaliy ish №1 Mavzu: Mahsulot sifatini nazorat qilish usullarini o‘rganish Nazorat-mahsulotlarni sifatini oshirish vositasi sifatida.
  • Sinash – nazorat shaklini asosi sifatida
  • Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari




    Download 1,1 Mb.
    bet31/57
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #139259
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
    Bog'liq
    maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

    Akustik NK dan foydalanish:

    • uzilishlar kabi nuqsonlarni aniqlash (bo'shliqlar, teshiklar, metall bo'lmagan qo'shimchalar, turli xil turdagi yoriqlar, termoyadroviyning yo'qligi , lehimlanmaganligi , ko'p qatlamli tuzilmalardagi nuqsonlar va boshqalar);

    • mahsulotlarning geometrik o'lchamlarini (bir tomonlama kirish bilan quvurlar, novdalar, choyshablar va boshqalar qalinligi) nazorat qilish;

    • materialning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini aniqlash (mexanik xossalari, elastiklik moduli, don hajmi, termik va plastik ishlov berish sharoitidagi og'ishlar).

    Ba'zi akustik NDT asboblari: umumiy maqsadli impulsli nuqson detektorlari, ultratovushli impulsli qalinlik o'lchagichlari va boshqalar.
    Amaliy ish №1
    Mavzu: Mahsulot sifatini nazorat qilish usullarini o‘rganish
    Nazorat-mahsulotlarni sifatini oshirish vositasi sifatida. Mahsulot sifati deganda – iste’molchi tomonidan qo‘yilgan talablarni mahsulot tomonidan qondira olish xususiyatiga aytiladi. mahsulotlarni sifati konstruktiv, texnologik, ekonomik, ergonomistik va boshqa parametrlar sababi bo‘yicha kelib chiqadi. Sifat xususiyatlari mahsulotlarni tayyorlash va loyixalash jarayonida shakillantiriladi, sifat – mahsulotlarni ekspluatatsiya jarayonida baxolanadi. Lekin olingan ushbu ma’lumotlar: birinchidan etarli emas, chunki sifatini baxolash uchun mahsulotlarni barcha parametrlari ekspluatatsiya jarayonida aniqlana olinmaydi.; ikkinchidan, - kechikkan ma’lumotlar, chunki mahsulotlarni tayyorlash uchun katta mablag‘ sarflanib bo‘lgan. Ushbu muammo mahsulotlarni borgan sari mikrominiatyurizatsiyasi sababli murakkablashib ketadi, xozirda katta bloklar integral sxema (IS) ko‘rinishida bajarilmoqda, ular esa o‘z navbatida qayta ta’mirlana olinmaydi.
    Sifatini baxolashni manbasining biri sifatida nazariy xisob-kitoblar xizmat qiladi. Lekin xisob-kitob baxolanishi eksperimental tasdiqga ega bo‘lishi kerak, chnui natijaviy ma’lumotlar va modellar yaqinlashtirilgan ma’lumotlar xisoblanadi. Mikrominiatyurizatsiyasi rivojlanishi va mahsulotlarni murakkablashib ketishi bilan adekvat modellarni yaratish muammo bo‘lib bormoqda. Bundan kelib chiqib mahsulotlarni sifatini xaqiqatdan ma’lumotlarni katta qismi ularning parametrlarini nazorat qilish yo‘li bilan va barcha bosqichlarni sinash bilan olinadi, ya’ni normativ-texnologik xujjatlarni loyixalashdan boshlab va reklamatsiya taxlillari bilan tamomlanadi va tayyor mahsulot sifati xaqiqatdan xulosalar iste’molchilar tomonidan yakunlanadi.
    Mahsulotga qo‘yiladigan talabning kelib chiqish xolati bo‘yicha echiladi.
    1.1 - rasmda mahsulotlarni loyixalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi ketma-ketligi tasvirlangan bo‘lib, bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda nazorat va sinov operatsiyalarini o‘rni va axamiyatini ko‘rsatib beradi. 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, mahsulotni siftini nazorat qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin: loyixalash (mahsulotni barcha xususiyatlarini ko‘p tomonlama tadqiqi, mahsulot sifatini belgilab beradi); mahsulotlar tayyorlanishida texnologik operatsiyalarni bajarilishi, elektroradioelementlar kirish parametrlarini nazorati xam kiradi; tayyor mahsulotlarni sinash (mahsulotlarni talab qilinayotgan sifatga attestatsiyalanishi); ekspluatatsiya (mahsulotni NTX talablariga mos kelishi). mahsulotning “xayotiy”ssiklining u yoki bu bosqichida analiz va nazorat o‘tkazishsapvoli (loyixalash, ishlab chiqarishga kirgizish, tayyorlash, ekspluatatsiya, remont, eksportga chiqarish, import kirgizish va x.k.).
    Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, mahsulotlarni ishdan chiqishni katta qismi mahsulotni ishlab chiqarishda o‘zlashtirilishida ro‘y beradi. Katta xajmli ishlab chiqarishda va ekspluatatsiya jarayonida ishdan chiqish soni keskin kamayib ketadi. SHuning uchun mahsulotlarni loyixalanishidan boshlab ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash muxim bo‘lib bormoqda.
    1.1-rasm. Mahsulotlarni ekspluatatsiya va ishlab chiqarishni layixalash jarayonini
    ketma-ketligi
    Mahsulotlarni tayyorlash davrida quyidagi nazoratlar farqlanadi: tayyor mahsulotlarni yoki yarim fabrikantlarni nazorati va ularni tayyorlanishini texnologik jarayonini (TJ) nazorati. Mahsulot yoki yarim fabrikantlar nazorati – bu mahsulot yoki yarim fabrikantlarni tayyorlanish davridagi nuqsonlarini aniqlashga yo‘naltirilgan operatsiyalar yig‘indisi. TJlarni nazorati ostida texnologik operatsiya yakunlangandan so‘ng yoki bajarilish vaqtidagi jarayon yoki mahsulotni operatsion nazorati tushuniladi.
    Sinash – nazorat shaklini asosi sifatida mahsulotlarni sinash nazorat shaklini asosi sifatida deganda mahsulotni ishlab turgan vaqtidagi turli ta’sirlar ostida mahsulotni sonli va sifat xarakteristikalarini eksperimental aniqlash. Bunda sinalayotgan mahsulot, shuningdek ta’sirlar xam modellashtirilgan bo‘lishi xam mumkin. Sinash maqsadi mahsulotlarni tayyorlash va loyixalash etaplarida turlicha bo‘lishi mumkin. Barcha mahsulotlarning sinashning asosiy maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin: yangi mahsulotlarni yaratishda optimal konstruktiv texnologik echimni tanlash; mahsulotni kerakli sifat darajasiga etkazish; mahsulot sifatini ishlab chiarishga etkazilgan baxolash, shuning ishlab chiqarish jarayonida va texnologik xizmat ko‘rsatishda; xalqaro mahsulot almashinishda mahsulotning sifatini kafolatlash.
    Sinov - sifatini effektiv ravishda oshirish vositasi kabi xizmat qiladi, chunki u quyidagilarni aniqlashga yordam beradi: ekspluatatsiya sharoitida yuklatilgan funksiyalarni buzilishiga olib keluvchi mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasining va konstruksiyasining kamchiliklari; ishlab chiqarishga ruxsat etilgan konstruksiya yoki qabul qilingan texnologiyadan chetga chiqish; texnologik nazoratda mavjud bo‘lgan usullar yordamida aniqlab bo‘lmaydigan konstruksiya elementlarining elementlarning va materiallarining tasodifiy yashirilgan nuqsonlar; mahsulotni loyixalanayotgan konstruktiv-texnologik variantlarni ishnchliliygi va sifatini oshirish rezervlari. Ishlab chiqarishda mahsulotni sinashlarni natijalari bo‘yicha loyixalovchi shaxs sifatini sifatini payib ketish sababini o‘rnatadi. Agar ushbu sababini aniqlash imkoni bo‘lmasa, mahsulotni nazorat qilish vositalarini va usullarini va ularni tayyorlashning TJ takomillishtiriladi.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini oshirish uchun, ularning tayyorlanishini oxirgi TJ operatsiyasida dastlabki sinovlar o‘tkaziladi., ushbu yondashuv yashirilgan nuqsoni mavjud bo‘lgan mahsulotni aniqlashga yordam beradi. Ushbu sinovlarning rejimlari shunday tanlanadiki ichki nuqsoni mavjud bo‘lgan maxsuotlarni ishdan chiqishini ta’minlash kerak bo‘ladi va shu vaqtning o‘zida ichki nuqsoni bo‘lmagan mahsulotni ichki resurslarini ishdan chiqarmasligi kerak. Bundan dastlabki sinovlarni texnologik trenirovka (termotokli trenirovka, elektro trenirovka, termsikllar bilan trenirovka va x.k.) deyiladi.
    Sinov o‘tkazishning usul va programmasi mahsulotning konkret turi va qo‘llanilish maqsadi, shuningdek eksplutsatatsiya shartlari bo‘yicha aniqlanadi. Ularning natijalarini sinashda va baxolashda korxona, tashkilot va aloxida mansabdor shaxslar mahsulotni iste’molchisi, sinovchisi, tayyorlab beruchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ular orasida normal o‘zaro aloqalar quyidagilar ishlab chiqilgan bo‘lsa amalga oshishi mumkin: yagona texnik til (terminalogiya, sinov qurilmalari va usullarining sinflanishi); maxsus texnik xujjatlarni tarkibi va shakli (standartlar, usullar, dasturlar, grafiklar, xulosalar, protokollar va x.k.); sinash uchun qurilmalar va usullarga umumiy talablar; sinov o‘tkazish tartibi; korxonalarning majburiyati va xuquqlarining xolati.
    YUqorida sanab o‘tilgan barcha tashkiliy talablar standartlashtirish ob’ektlari xisoblanadi. Barcha mahsulotlarga tegishli bo‘lgan standart va uslubiyatlar yagona normativ – metodik xujjatlar majmuasini barpo qiladi. Ushbu xujjatlar eng avvalo tarmoqlar darajasidagi umum davlat miqiyosida loyixalanadi. Mavjud bo‘lgan korxona va sinov o‘tkazish texnologiyalari mavjud bo‘lgan quyidagilar standartlanishi kerak bo‘ladi: 1) mahsulot sinovlarining talablari; 2) sinov o‘tkazilish jarayoni; 3) sinov usullari va qurilmalari; 4) sinovni rejalashtirilishi.
    SHuni ta’kidlash kerakki, mahsulot tayyorlashni TJ va loyixalash jarayonini nazorat qilish effektivligini oshirish tayyor mahsulotni sinash axamiyatini kamaytirishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishni TJni yaxshi tashkillangan avtomatlashtirilgan nazorati tayyor mahsulotni sinash xajmini kamaytirida.
    Nazorat savollari:
    1. Mahsulot sifati deganda nimani tushinasiz?
    2. Sifat belgilari qanday parametrlardan kelib chiqib belgilanadi?
    3. Mahsulotlarni loyixalash, ishlab chiqari va ekspluatatsiya ketma – ketligini aytib bering.
    4. Normativ texnik xujjatlar nima?
    5. Mahsulotlarga qanday talablar qo‘yiladi?
    6. Mahsulotlarni ishdan chiqish sabablarini aytib bering.
    7. Texnolik jarayon nima?
    8. Standartlashtirish ob’ektlarini sanab bering.


    Download 1,1 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




    Download 1,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari

    Download 1,1 Mb.