ma’ruza: Metallarni erkin bolg‘alash Qo‘l bilan bolg‘alash haqida umumiy ma’lumotlar




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana17.01.2024
Hajmi0.71 Mb.
#139740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-ma\'ruza MBOIB
«Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math, 12-mavzu


8-ma’ruza: Metallarni erkin bolg‘alash
 
8.1 Qo‘l bilan bolg‘alash haqida umumiy ma’lumotlar 
Temirchilik asboblari bolg‘alash turiga ko‘ra dastaki va mashinali turlarga bo‘linadi. 
Vazifasiga ko‘ra temirchilik asboblari: asosiy texnologik, yordamchi va o‘lchov teshiruv 
asboblariga bo‘linadi. Ishlatilish vazifasiga ko‘ra universal va maxsus turlarga bo‘linadi. 
Asosiy texnologik asbob deb pokovkaga chizmada belgilangan o‘lcham va shakl beruvchi
jarayonida foydalaniladigan va metallni deformatsiyaga olib keluvchi asbobga aytiladi. 
Yordamchi asbob sifatida zagotovkani mahkamlash, aylantirish, qisish jaryonida 
qatnashuvchi bolg‘alash asboblariga aytiladi. Bolg‘alash jarayonida yuqorida keltirilgan 
asboblardan tashqari turli hil moslamalar, pokovkaga sifat beruvchi, temirchini mehnatini 
osonlashtiruvchi asboblardan foydalaniladi.
8.1-rasm. Sandonlarni turlari. a) shoxsiz. b) bir shoxli. v) ikki shoxli. g) shperak
Sandonni yuqori qismi, yuz qismi 30-40 mm qalinlikda po‘lat plastinka bilan qoplanadi va 
bu qoplama deb yuritiladi. Termik ishlov berilgandan so‘ng qoplama qattiqligi HRC 40-45 ni 
tashkil etadi. 
Sandonlar ot ko‘rinishidagi shoxga (8.1-rasm, b) ega. Shox pokovkalarni egib bolg‘alash 
uchun xizmat qiladi. Rasmdan ko‘rinadiki, sandonlar uchta turga bo‘linadi-shoxsiz (8.1-rasm, a) 
(GOST 11396), bir shoxli (8.1-rasm, b) (GOST 11397) va ikki shoxli (8.1-rasm, v) (GOST11398) 
bo‘linadi. 
Sandonni to‘g‘ri burchakli orqa qismi dum deb yuritiladi va zagotovkalarni burchak ostida 
egish uchun xizmat qiladi. Sandonni ushbu qismida ikkita berk teshik bo‘lib, birinchisi doira
ikkinchisi kvadrat ko‘rinishida ega bo‘ladi. Doirasimon teshik zagotovkani teshish uchun, kvadrat 
ko‘rinishidagi asbobni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Sandonni tag qismida to‘rtta panja 
bo‘lib, ushbu panjalar xomutlar yordamida stolga mahkamlanadi. Temirchilikda sandon chuqurligi 
1-1.5m chuqurlikda erga ko‘mib mahkamlanadi. Bunda sandonni yuz qismi poldan 750-800 mm 
baland bo‘lishi kerak.

Download 0.71 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ma’ruza: Metallarni erkin bolg‘alash Qo‘l bilan bolg‘alash haqida umumiy ma’lumotlar

Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish