• Temirchilik shakli
  • 8.2 Asosiy temirchilik jarayoni
  • ma’ruza: Metallarni erkin bolg‘alash Qo‘l bilan bolg‘alash haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana17.01.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #139740
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    8-ma\'ruza MBOIB
    «Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math, 12-mavzu
    Tekislagichlar (8.7-rasm) yassi yuzalarni tekislash va pardozlash uchun ishlatiladi. 
    Tekislagichlarni yuzi yassi tig‘li (8.7-rasm, a) bo‘lib, o‘tkir va yumaloq qirrali qilib yasaladi. 
    Oddatda, zagotovka podboyka bilan cho‘zilgandan so‘ng, uning yuzi silliqlanadi. 
    Tekislagichlar bilan yuzalar tekislaganda ularga zarb bilan urmaslik kerak, chunki bunda metallni 
    deformatsiyalash emas, balki notekis joylarini tekislash va pokovkani berilgan o‘lchamlarga 
    to‘g‘rilash zarurdir. Tekislagichlarda ishchi yuzasida yog‘och dastak kiritish uchun teshiklar 
    bo‘ladi.
    8.8-rasm. Gvozdilni. a- oddiy,
    b-maxsus ko‘p qatorli
    8.9-rasm.Temirchilik shaklli.
    Gvozdilni–metall plastinka (8.8-rasm) bo‘lib, 45 markdagi po‘latdan bolg‘alash usuli bilan 
    tayyorlanadi. Ular golovkasi boltlar, parchinlash va mixchalar bilan mahkamlash uchun teshiklar 
    (8.8-rasm, b) mavjud.
    Temirchilik shakli. po‘lat 35 yoki 40L markadagi po‘latlardan tayyorlanib, og‘irligi 50 kg 
    gacha, ochiq teshiklar va chetki yuzasi shaldor keskichlarga ega.
    Temirchilik shaklida (8.9-rasm) pokovkalarga teshiklar ochish, teshiklarni uyish va profillarni 
    egish ishlari bajariladi. 
    8.2 Asosiy temirchilik jarayoni 
     
    Metallarni bolg‘alash bosim bilan ishlov berishning bir usuli hisoblanadi. Metallarni bosim 
    bilan ishlov berishning xoxlagan turi berilgan zagotovkani shaklini o‘zgartirish bilan 
    asoslanadi,shuning uchun bolg‘alash ham bosim bilan ishlov berishning bir turidir. Bolg‘alash 


    jarayonida shakl o‘zgarishi zagotovkaga perpendikulyar yo‘nalgan deformatsiyalovchi kuch–
    boyka bolg‘asining kuchi ta’sirida metallning bir tomonga oqishi hisobiga amalga oshadi. Ushbu 
    oqish kontakt yuzalarda hosil bo‘ladigan urinma kuchlanish  bilan (8.10-rasm) chegaralanadi. 
    8.10-rasm. Bolg‘alash sxemasi: 1-yuqori yassi boyok; 2-ostki yassi boyok; 3-zagotovka.
    Bolg‘alash bilan keyinchalik mexanik ishlov berish usuli bilan ishlovi tugatiladigan turli hil 
    zagotovkalar olinadi. Ushbu zagotovkalar pokovkalar deb ataladi. Pokovkalar o‘lchamlari va 
    shakllari turli tuman bo‘ladi. Yirik quymalarni og‘irligi 200 tonna va undan yuqori, bu 
    pokovkalarga gidroturbina vallari, yuqori bosimli kotyol barabanlari, suv kemalari 
    dvigatellarining tirsakli vallari, prokat stanlari vallari va yirik shtamplash kubiklarini kiritish 
    mumkin. O‘rtacha turlarga kiradigan pokovkalarni og‘irligi 50-400kg, mayda pokovkalar asosan 
    ta’mirlash ishlari uchun detallar tayyorlanib, og‘irligi 50 kg gacha bo‘lgan pokovkalar kiritiladi.
    Bolg‘alash jarayoni turlariga metallarni cho‘ktirish, cho‘zish, egish, burash va temirchilik 
    payvandlash operatsiyalari kiradi. Bolg‘alash jarayonida temirchilik operatsiyalari bilan ishlov 
    berilayotgan metall shakli o‘zgaradi, ushbu shakl o‘zgartirishda yordamchi va bezash 
    opratsiyalaridan ham foydalaniladi. Ushbu operatsiyalar bolg‘alash jarayonidan oldin va keyingi 
    operatsiyalar turiga kiritiladi. Bolg‘alash asosan donali va kichik donali ishlab chiqarishda 
    foydalaniladi. Bolg‘alashda shtamplash yo‘li bilan olinishi mumkin bulmagan yirik zagotovkalar 
    ishlab chikariladi. Bolg‘alash operatsiyalari mehnat unumdorligi past bo‘lib, metalldan 
    foydalanish kursatkichi yuqori hisoblanadi. Bolg‘alash ikkiga: qo‘l bilan va mashinalarda 
    (stanoklarlarda) bolg‘alash jarayoniga bo‘linadi. 
    Qo‘l bilan bolg‘alash bosqon va sandonlardan foydalanib olib boriladi. Mashinalarda 
    bolg‘alashda jihoz sifatida pnevmatik, bug‘- havo va gidravlik press bolg‘alardan foydalaniladi. 
    Og‘irligi 0.5-20 kg bo‘lgan kichik pokovkalarni bolg‘alash uchun pnevmatik bolg‘alardan 
    foydalaniladi. Pnevmatik bolg‘alarni bolg‘asini tushish og‘irligi 50-1000 kg bo‘lib, zarb energiyasi 
    kattaligi 0.8-30 kJ tashkil etadi. Kichik va o‘rtacha pokovkalar og‘irligi 20-50 kg gacha bo‘lgan 
    pokovkalarni ishlab chiqarish uchun bug‘-xavoli bir va ikki stoykali bolg‘alash jihozlaridan 
    foydalaniladi. Bug‘-xavoli bolg‘alash jihozi tushish qismi og‘irligi 1000-8000 kg ni tashkil etadi. 
    Gidravlik bolg‘alash presslari polzunining yurish yo‘li 900 -4000 mm ga teng bo‘lib, og‘irligi 
    62 tonnagacha bo‘lgan pokovkalarni bolg‘alashda foydalaniladi. 
    Ishlab chiqarishda bolg‘alash jarayoni orqali pokovkalar ishlab chiqarishni mahsulot ishlab 
    chiqarishning boshqa usullaridan quyidagi farq va afzaliklarga ega: 
    1. Bolg‘alash orqali yuqori sifatli va meyoriy bo‘lgan pokovkalar tayyorlanadi; 
    2. Og‘irligi bir-necha tonnani va uzun pokovkalar tayyorlanadi. Gabarit o‘lchami kattaligidan 
    mahsulotlar ishlab chiqarishni boshqa usullaridan foydalanish imkoni yukligi; 
    3. Gabariti katta bo‘lgan bunday pakovkalarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishda boshqa 
    jihozlar va ularni o‘rnatish maydoni cheklanganligi bilan
    4. Pokovkalarni ishlab chiqarishda jihozlar va kesuvchi asboblarni universal turidan foydalanish 
    cheklanganligi, pokovkalarni kesuvchi asboblar yordamida kesib ishlashda metall sarfi 
    bo‘lmasligi bilan. 
    Yuqoridagilardan tashqari bolg‘alash bilan pokovkalar olishni qo‘yidagi kamchiliklari 
    mavjud: 
    1. Mehnat unumdorligi pastligi. 


    2. Pokovkalarni tayyorlangandan so‘ng kesib ishlash orqali mahsulot tayyorlanishi; 
    3. Pokovkalarni tayyorlashda qo‘yim va dopusklarni kattaligi bilan
    4. Pokovkalarga kesib ishlov berishda dopusk va pripusklari kesib tashlanishi. 

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ma’ruza: Metallarni erkin bolg‘alash Qo‘l bilan bolg‘alash haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish