Tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlari va imzolari:
«Tashuvchi» «Buyurtmachi»
Yuridik maslahatchi:
19-mavzu: Yo'Iovchi tashuvchi korxonalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirishlarni o'tkazish tartibi
Reja:
Yo'Iovchi tashuvchi korxonalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish.
O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida»gi Qonuni, uning mazmuni.
Ma'lumki, agar biron-bir muassasaning yoki tashkilotning faoliyati davlat tomonidan nazorat etilmas ekan, bunda birinchi galda iste'molchilar zarar ko'radi. Bu yerda shuni ham unutmaslik kerakki, ko'pgina hollarda iste'jnolchilaming huquqini himoya qilish niqobi ostida huquqni himoya qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda o'z xizmat vazifalarini suiiste'mol qilish, ayrim hollarda xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatidagi kamchihklarni ro'kach qilib, tamagirlik qilish hollari ham qayd etilishi mumkin. Tabiiyki, bunday holatlar tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarining buzilishiga, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ma'lum to'siqlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi va oxir-oqibat tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga bo'lgan qiziqishni yo'qqa chiqaradi.
Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yanada rivojlantirishga yordam berishi bilan bir paytda ularning faoliyatiga behuda aralashmasMklari darkor.
O'tgan davr ichida MCHJ faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishni takomillashtirish uchun zarur bo'lgan huquqiy-me'yoriy baza yaratildi. Bunday hujjatlarning eng asosiylaridan biri O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 8-maydagi «Xo'jalik yurituvchi sub-yektlarda tekshirishlar o'tkazish va tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobini yuritish tartibi to'g'risida»gi 55 MX-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Nizomdir.
Ushbu Qonun va Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan va ularga quyidagicha ta'riflar berilgan:
— nazorat qiluvchi organlar (nazorat organlari) — xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
— tekshirish — xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qo-nunlar hamda o'z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik nazorat;
— kompleks tekshiruv — bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshiruv;
— tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobi — rasmiy hujjat hisob-langan, nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o'tkazilgan xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan tekshirishlarni hisobga olish maxsus kitobi;
— taftish-moliya va soliq masalalari bo'yicha qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliq, davlat statistika organlariga hamda banklarga taqdim etiladigan hisobga olish va hisobot ishlarining to'g'riligi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo'jalik yurituvchi subyektlarning buxgalterlik, moliya va boshqa hujjatlarini tekshirish;
— muqobil tekshiruv — operatsiyalar birligi tufayli o'zaro bog'liq bo'lgan va turli xo'jalik yurituvchi subyektlarga yoki bir xo'jalik yurituvchi subyektning turli bo'limlaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
— nazorat tartibida tekshirish — xo'jalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda ko'rsatilgan qoidabuzarliklarni bar-taraf etish ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
|