-mavzu: MCHJ faoliyatini tekshiruvchi organlar va ular mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari




Download 394 Kb.
bet28/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
20-mavzu: MCHJ faoliyatini tekshiruvchi organlar va ular mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Reja:

  1. MCHJ faoliyatini tekshiruvchi organlar.

2. Mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan, taftish o'tkazish maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo'linmasi tomonidan berilgan, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni o'tkazishning muvofiqlash-tiruvchi rejasidan ko'chirma yoki buyruq asosida va ko'pi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin. Agar xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati har yili ijobiy auditorlik xulosalarini olib borayotgan bo'lsa, u holda ularning nazorat organlari tomonidan rejali tekshiruv oxirgi tekshiruvdan ikki yildan kam bo'lmagan muddatda o'tkazilishi mumkin. Muqobil tekshiruvlarni o'tkazish faqatgina ularning tekshirilayotgan obyekt bilan o'zaro muno-sabatlari (jinoiy ish materiallari, ashyoviy dalillar) qismida yo'l qo'yiladi. Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun qo'zg'atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo'ladi, shu bilan birga, bunday tekshirishlar ko'rsatilgan jinoiy ish bilan bog'liq faoliyatning qismi bilan cheklangan bo'lishi kerak. Tekshirish muddati 30 kundan oshadigan bo'lsa, uni faqat maxsus vakolati bor organgina cho'za oladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish rejali va rejadan tashqari tekshirishlarga bo'linadi. Rejadan tashqari tekshirishlar quyidagi holatlarda: hu-kumat qarori bilan,qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida ma'lu-mot tushganda hamda ba'zi bir tabiiy ofatlar kutilayotganida uning oldini olish uchun o'tkaziladi.

Tekshiruvda xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining be-vosita tekshiruv (huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo'zg'atilgan jinoiy ish doirasida o'tkaziladigan tekshiruvlardan tashqari) o'tkazilgan yildan awal kelgan faqat uch taqvim yili qamrab olinishi mumkin. Bunda awal tekshirilgan masalalar bo'yicha tekshiruv o'tkazish taqiqlanadi. Kengash yoki viloyat komiss'yasining qarori yoxud huquqni muhofaza qilish organi tegishli mansabdor shaxsning qarorida ko'rsatilgan tekshiruv pred-meti bilan bog'liq bo'lmagan materiallar va axborotlarni talab qilish taqiqlanadi.

Xo'jalik yurituvchi subyekt Kengash yoki viloyat komissiyalari ishchi organlaridan uning faoliyatini tekshirishga aloqador ma'lu-motlarni olish huquqiga ega. Masalan, tekshirishning boshlanish sanasi, rejalashtirilgan tekshiruv turi, nazorat qiluvchi organ nomi va hokazolar.

Tekshirishlarni o'tkazish shartlari, tekshiriladigan xo'jalik yurituvchi subyektlar, tekshiruvchi organlar va mansabdor shaxs-larning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi bilan bog'liq bo'lgan masalalar nizomda to'liq bayon etilgan.

Nizomga ko'ra, tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchi organ vakillaridan o'z faoliyatining tekshirilishi to'g'ri-sidagi axborotga oldindan ega bo'lishi, nazorat organlarining tek­shiruvchi mansabdor shaxslaridan Kengash va viloyat komissiya-larining qarorini, qo'zg'atilgan jinoiy ish bilan bog'liq tekshiruv o'tkazish to'g'risidagi qarorni va tekshirish o'tkazish uchun asos bo'lib hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruv-chining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar biian tanishish, tekshirish o'tkazish uchun asosga ega bo'lmagan shaxslarning tekshirish o'tkazishiga yo'l qo'ymaslik, nazorat organlarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshiruv predmetiga taalluqli bo'lmagan materiallar bilan ularni tanish-tirmaslik, tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshiruv tu-gaganidan so'ng 10 kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjattaining nusxasini olish, qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.

Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning bel­gilangan tartibga rioya etilishi bo'yicha jinoiy javobgarlikkacha bo'lgan shaxsan javobgarlik tekshiruv organlarining rahbarlari va vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatiladi.



Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Download 394 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: MCHJ faoliyatini tekshiruvchi organlar va ular mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari

Download 394 Kb.