Bronza. Deformatsiyalanadigan va quyma bronzalar, ularning  markalanishi, xossalari va qo‘llanilishi. Bronzalar




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana05.12.2023
Hajmi0,94 Mb.
#111548
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Magniy va mis qotishmalari

Bronza.
Deformatsiyalanadigan va quyma bronzalar, ularning 
markalanishi, xossalari va qo‘llanilishi.
Bronzalar. Asosiy ta'sir qiluvchi legirlovchi elementga qarab bronzalar shartli 
ravishda quyidagi turlarga bo'linadi: qalayli, alyuminiyli, berilliyli, qo'rg'oshinli va 
hokazo bronzalar. Lekin ularni ikki asosiy sinfga, ya'ni qalayli va maxsus 
(qalaysiz) bronzalarga bo'lish ancha qulaylikka ega. 
Qalayli bronzalar juda yaxshi antifriksion xususiyatga ega, ishqalanish natijasida 
qizib ketmaydi, sovuqqa ham yaxshi chidaydi. Quyma zagotovkalarning 
kristallanishida g'ovaklar, mayda teshikchalarning hosil bo'lishi bronzalarning 
muhim kamchiligi hisoblanadi. Ularning suyuq holdagi oquvchanligi ham emas
likvidus va solidus chiziqlarining harorat oraligi juda kichik bo'lgani uchun suyuq 
massa tezda qotib qoladi. 
Mis-qalay tizimi holat diagrammasida qalayning misdan qattiq eritmasi (α  - faza) 
va bir qator oraliq fazalar hosil bo'ladi. Real sharoitda bronza strukturasi (α - qattiq 
eritma) bilan (Si
21
Sn
8
) oraliq fazadan iborat bo'ladi. Texnika amaliyotida 
qo'llaniladigan bronzalarning tarkibidagi qalay miqdori 10...12% dan oshmaydi. 
Chunki qalayning miqdori bundan oshsa, bronza juda mo'rt bo'lib qoladi. Bronzalar 
tez sovitilganda uning strukturasi yirik, qo'pol 
dendritlardan
iborat bo'ladi. 
Qalayli bronzalar qo'shimcha ravishda rux, qo'rg'oshin, nikel, fosfor bilan 
legirlanadi (БpOTCCH 3-7-5-1, БpOФ6,5-1,5 va hokazo). Bu elementlar 
bronzaning qo'shimcha ravishda mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi. 
Masalan, nikel ularning korroziyabardoshliligini oshiradi
fosfor esa 
kristallanish jarayoniga ta'sir etishdan tashqari antifriksion xossalarini 
yaxshilaydi. Qo'rg'oshin bronzaning mexanik xossalarini biroz kamaytiradi, 
zichligini oshiradi, antifriksion xossalarini yaxshilaydi, kesib ishlashni 
osonlashtiradi. Rux ham bronzalarning texnologik xossalarini yaxshilaydi. Qayta 
ishlash texnologiyasiga ko'ra bronzalar deformatsiyalanadigan va quyma 

Download 0,94 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bronza. Deformatsiyalanadigan va quyma bronzalar, ularning  markalanishi, xossalari va qo‘llanilishi. Bronzalar

Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish