boshlab esa Mg—Zn—Zr Mg — noyob metall — Zr (yoki Mn), Mg—Th
tizimidagi qotishmalar,
shuningdek, Mg—Li tizimidagi juda yengil qotishmalar
ishlatila boshladi. Oxirgi yillarda Magniyli qotishmalar mustaqkamligini, ayniqsa,
yuqori temperaturada oshirish uchun oz miqdordagi Th, Nd, La,
Y va boshqa
elementlar bilan legirlanadi.
Magniyli qotishmalar quyma va deformatsiyalanadigan guruhlarga boʻlinadi.
Quyma Magniyli qotishmalar shakldor quymalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Mg—Al—Zn, Mg—Zn—Zr, Mg— Nd—Zr tizimidagi Magniyli qotishmalar koʻp
qoʻllanadi.Deformatsiyalanadigan
Magniyli
qotishmalar presslash, prokatlash, bolgʻalash va shtamplash yoʻli bilan yarim
fabrikatlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Magniyli qotishmalarning xona
haroratida plastikligi nisbatan oz boʻlganligi uchun ularga bosim ostida 250°
haroratda ishlov beriladi. Magniyli qotishmalar
suyultirilganda juda kuchli
oksidlanish va yonish xususiyatiga ega. Oksidlanish va yonishdan himoyalash
uchun su-yuqlanma saqlanayotgan idish flyus bilan yopiladi.
Magniyli
qotishmalarning
termik
kengayish
koeffitsiyenti
alyuminiy
qotishmalarnikidan oʻrtacha 10—15% katta.
Past temperaturada Magniyli qotishmalarning elastiklik moduli,
oquvchanlik va
mustahkam chegarasi ortadi, nisbiy uzayishi va zarbiy krvushokligi kamayadi,
plastikligi esa keskin kamayadi. Magniyli qotishmalarning kamchiligi ular chuchuk
va dengiz suvi korroziyasiga chidamsizligidir. Magniyli
qotishmalar organik va
mineral kislotalarda (xromat va ftorid kislotalar bundan mustasno) hamda tuzlarda
korroziyalanadi (yemiriladi). Xlor ionlari Magniyli qotishmalar korroziyasini
suvda kuchaytiradi. Sutoltirilgan ishkrrlarda kucheiz korroziyalanadi. Magniyli
qotishmalarning asosiy afzalligi — ular zichligining pastligi. Magniyli qotishmalar
yaxshi bolgʻalanadi, ularni kesish, shliflash va silliklash jarayonlari yengil oʻtadi.
Magniyli
qotishmalar avtomobil, traktor sanoatida (dvigatellarning kraterlari,
uzatmalar qutisi, gʻildirak barabani va boshqa tayyorlashda), elektrotexnika,
radiotexnika,
optikada, toʻqimachilik sano-atida, aviatsiya,
raketa texnikasida va
boshqa koʻp tarmoqlarda ishlatiladi.