• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.
  • Mashinasozlik materiallari




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/15
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,94 Mb.
    #111548
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Magniy va mis qotishmalari

    Antifriksion qotishmalar. Bu qotishmalar Sn, Fe, Cu, Al elementlari asosida 
    olinib, sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni val bilan ishqalanib 
    ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga antifriksion qotishmalar 
    deyiladi. Bu materiallar val sirtiga oson moslanuvchan, yetarli darajada yuqori 
    mexanik xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi, ishqalanish 
    koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, korroziya-bardoshligi va 
    suyuqlanish temperaturasi deyarli past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. 
    Bunday talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar, antifriksion 
    cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi. Shuni qayd etish lozimki, bunday 
    qotishmalarda puxta, nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini 
    o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos materiali tez yeyilib, 
    mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib, ularga moy o‘tib, yuzani moylab turadi
    yeyilish mahsulotlari esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan 
    almashtiriladi. Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat, shu boisdan ulardan 
    og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina foydalaniladi. Boshqa 
    hollarda qalay tejash uchun qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar 
    qo‘shiladi. 


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
    1. S.D. Nurmurodov, A.X. Rasulov, A.A. Allanazarov. Mashinasozlik 
    materiallari. - Toshkent.: 2020 
    2. Nurmurodov S.D., Rasulov A.X., Baxodirov Q.G‘. Materialshunoslik 
    va konstruksion materiallar texnologiyasi. Darslik. - Toshkent, «Fan va 
    texnologiya» nashriyoti, 2015 
      
    3.Nurmurodov S.D., Ziyamuxamedova U.A. Metallar texnologiyasi. 
    Darslik-Toshkent, 2017
    4.Ziyamuxamedova U.A., Nurmurodov S.D., Rasulov A.X. 
    Metallshunoslik. Darslik. - Toshkent, «Fan va texnologiya» nashriyoti, 
    2018 
    5. Norxudjaev F.R. Materialshunoslik. Darslik. - Toshkent.: Fan va 
    texnologiyalar. 2014. 

    Download 0,94 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish