• Bir fazali α-latun (a) va ikki fazali α + γ -latun (b)larning mikrotuzilishi. Bir fazali α -latunlar
  • Legirlovchi elementlar
  • Jez (latun)lar va ularning xossalari




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/15
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,94 Mb.
    #111548
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
    Bog'liq
    Magniy va mis qotishmalari

    Jez (latun)lar va ularning xossalari. Jezlar yuqori mexanik va texnologik 
    xususiyatlarga ega bo'lgan muhim mashinasozlik materialidir. Jezlarning 
    struktura tuzilishlarini Cu-Zn diagrammada ko'rish mumkin (8.1-rasm). 
    8.1-rasm. 
    Mis-rux tizimining holat diagrammasi. 


    Rux misda 39% gacha erib, bir xil tarkibli α-qattiq eritmani hosil qiladi. Demak, 
    jezlar qattiq eritma bo'lib, yaxshi plastiklikka ega. 
    Mis rux bilan α - qattiq eritmadan tashqari bir qator β-, γ  -kabi fazalarni hosil 
    qiladi. Lekin amaliyotda qo'llaniladigan jez strukturasi ko'pincha bir fazali α 
    qattiq eritmadan yoki ( a + β) fazadan iborat bo'ladi (8.1-rasm). 
    Yuqori haroratda β-faza (CuZn) ning elementar kristall panjarasida Zn atomlari 
    tartibsiz joylashgan bo'ladi. 454...468
    0
    C dan kichik haroratda atomlarning 
    joylashish tartibi o'zgaradi, ya'ni CuZn kristall panjara asosida tartibli singdirish 
    qattiq eritmasi hosil bo'ladi, natijada plastiklik kamayadi. Bunday faza β’ deb 
    belgilanadi. Qattiq eritma yuqorida ko'rsatilgan haroratdan boshlab sovitilsa, 
    ruxning misda erishi ham kamayadi. 
    β- faza paydo bo'lishi bilan plastiklik kamayadi va qotishmadagi ruxning miqdori 
    45% ga yetgunga mustahhkamlik oshib boraveradi. Rux miqdori undan oshsa, 
    qotishmaning mo'rtligi oshib, mustahkamligi keskin kamayadi. Shuning uchun 
    texnikada qo'llaniladigan jezlarda ruxning miqdori 45...50% dan oshmaydi. 
    8.2-rasm. 
    Bir fazali 
    α-latun (a) va 
    ikki fazali 
    α + γ -latun (b)larning 
    mikrotuzilishi. 
    Bir fazali α  -latunlar issiq va sovuq holda plastik deformasiyalanadi. Ikki 
    fazali ( a + β ’ )  jezlar sovuq holda uncha plastik emas, ular issiq holda plastik 
    deformasiyalanadi, buning uchun qotishmani qizdirish harorati ( a + β )  -faza 
    hosil bo'lguncha oshirilishi kerak. ( a + β )  jezlarning mustahkamligi α  -


    jeznikidan katta, ishqalanib yemirilishga esa chidamli, plastikligi kamdir. 
    Ikki fazali jezlarning xossalarini yanada yaxshilash uchun ular qo'shimcha Al, Fe, 
    Ni, Sn, Mn, Pb va boshqa elementlar bilan legirlanadi. Bunday jezlar maxsus yoki 
    murakkab tarkibli materiallar hisoblanadi. Jezlarga qo'shimcha legirlovchi 
    elementlar qo'shilsa (bundan nikel mustasno), ruxning misda erishi kamayadi 
    hamda β-fazaning vujudga kelishi osonlashadi. Nikel ruxning misda erishi 
    ko'paytiradi. Agar nikel qotishmada yetarli darajada bo'lsa, strukturada ( α+ β ) 
    o'rniga bir tarkibli qattiq eritma hosil bo'ladi. Legirlovchi elementlar 
    mustahkamlikni oshiradi, lekin plastiklikni kamaytiradi(qo'rg'oshin bundan 
    mustasno). 
    Qo'rg'oshin jezlarni kesib ishlashni osonlashtiradi, ularning antifriksion xossalarini 
    yaxshilaydi. Qo'rg'oshinni bir fazali yoki fazali jezlarga ham qo'shish mumkin. 
    Lekin qo'rg'oshin α→ β  

    Download 0,94 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish