Mashinasozlik materiallari




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana05.12.2023
Hajmi0,94 Mb.
#111548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Magniy va mis qotishmalari

Magniy qotishmalarini eritishda va quymalar olishda qotishma yonib ketmasligi 
uchun zarur choralar ko'rish kerak. Buning uchun qotishma temir qozon (tigel)da 
eritilib, eritma flyus (ko'pik) ostida bo'lishi kerak, quyish vaqtida esa oqib 
tushayotgan suyuqlik ustiga oltingugurt kukuni sepilsa, hosil bo'layotgan 
oltingugurt gazi uni yonishdan saqlaydi. Qum tuproqli qoliplarga quyilayotganda 


oksidlanishni kamaytirish uchun qum tuproq tarkibiga maxsus qo'shimcha, 
masalan alyuminiyning ftorli tuzi qo'shiladi. 
Deformatsiyalanadigan 
magniy 
qotishmalari. 
Deformatsiyalanadigan 
qotishmalarni jo'valashda, tunuka, shakldor buyumlar olishda, pokovka va 
shtamplashda issiqlayin plastik deformatsiyalanadi. Gap shundaki, magniy 
qotishmalarining kristall tuzilishi geksogonal panjaraga ega bo'lib, past haroratda 
mustahkamligi kam, chunki siljish faqat bazis tekisligidagi (0001) yuzalar bo'yicha 
bo'ladi. Agar qotishmalarni 200...300 
o
C ga qizdirib bosim ostida ishlansa, 
qo'shimcha ravishda siljish yuzalari (1011) va (1120) paydo bo'ladi, natijada 
plastiklik ortadi. Shu sababli qotishmalarni yuqori haroratda bosim ostida 
ishlanadi. Lekin deformatsiya tezligi qancha kam bo'lsa, magniy qotishmalarining 
texnologik plastikligi shuncha yuqori bo'ladi. Qotishma tarkibiga qarab, masalan 
presslashni 300...480 
o
C, jo'valashni esa 340...440 
o
C da boshlab 220...250 
o
C da 
tamomlash kerak. Shtamplash yopiq shtamplashlarda o'tkazilib, qotishmani 
280...480 
o
C ga qizdirish kerak. Lekin bunda mexanik xossalarning katta 
anizatropiyasiga ega bo'linadi. Sovuqlayin plastik deformatsiyalashda esa ko'plab 
oraliq rekristallizatsion yumshatish o'tkazishga to'g'ri keladi. 
Deformatsiyalanadigan magniy qotishmalari (8.1-jadval) ichida MA1 yuqori 
texnologik plastiklikka ega, yaxshi payvandlanadi va korroziyabardoshdir. Lekin 
mexanik xossalari bo'yicha mustahkamligi kam qotishmalar qatoriga kiradi. Bu 
qotishmaga qo'shimcha ravishda 0,2% Ge (MA8) qo'shilsa, mayda donadorlikka 
ega bo'ladi, mexanik xossalar ham oshadi, sovuq deformatsiyalash mumkin bo'ladi. 
MA2-1 qotishma Mg-Al-Zn turkumiga kirib yuqori mexanik xossalarga ega
yaxshi payvandlanadi. Lekin jo'valash va list shtamplash oson bo'lgan holda 
kuchlanish holatida korroziyalanishga moyilligi bor. 
MA14 qotishma ham yuqori mexanik xossaga ega bo'lib, 250
0
C dan pastda 
olovbardosh hisoblanadi va kuchlanish holatida korroziyaga moyilligi yo'q 
(korroziyabardosh). Lekin issiqlayin jo'valashda darzlar hosil bo'lishi mumkin. 
Qotishmani 160...170
0
C qizdirib eskirtirish (T5) orqali xossalarini yaxshilash 
mumkin. Birlamchi toblashni presslash haroratida havoda sovitish mumkin. 
Korroziyaga bardoshligi kam bo'lganligi uchun magniy qotishmalaridan 
tayyorlangan buyumlarning usti qismi oksid qatlami bilan qoplanadi. Oksidlangan 
qatlam yuzasi polimer bo'yoq bilan qoplanadi. 

Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish